O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
13.12.2018

BIR KUNDA OZGARGAN QONUN LOYIHASI

Tanqiddan so‘ng xalq vakillari qat’iy pozitsiya korsata boshladimi?..

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 10 dekabr kuni otkazilgan majlisida ?019 yilga byudjet-soliq siyosati Konsepsiyasi va 2020-2021 yillarga prognoz moljallari qabul qilinishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida»gi qonun loyihasi muhokama etilgan, deputatlarning etirozlaridan song muhokamani kechiktirish, loyihani takomillashtirib, keyingi yalpi majlisga kiritish haqida qaror qabul qilingan edi.

Aytish kerakki, qonun loyihasi Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yigilishida ham korib chiqilgan hamda qizgin bahs-munozaralarga sabab bolgandi. Xususan, fraksiyaning ayrim azolari korib chiqish uchun berilgan vaqt loyihani chuqur organish, takliflar tayyorlashga yetarli bolmaganini takidlashdi.

Aliya YUNUSOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

— Ancha avvalroq berilishi kerak bolgan loyiha 10 dekabr kuni qolimizga yetib keldi va eng qizigi shu kunning ozida fraksiyamiz yigilishida muhokamaga qoyildi. Aslida mazkur loyiha palata qomitalari hamda fraksiyalarida keng muhokama etilishi, qabul qilingach, 10 kun ichida Senatga yuborilishi kerak edi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan ota murakkab va muhim bolgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kechiktirib kiritildi.

Mamlakat byudjeti va soliq siyosatiga aloqador bolgan mazkur loyiha ustida jiddiy va puxta oylash, mulohaza yuritish, ekspertlar xulosalarini jamlash kerak edi. Ana shu asosda oz fikr-mulohazalarimizni bildirishimiz lozim edi. Asosiysi, saylovchilarning fikrlarini organish, takliflarini inobatga olish talab etiladi. Qonun loyihasining kech topshirilgani, hali uning mazmun-mohiyatini toliq tushunib, organib olmasimizdan muhokamaga qoyilishi xato, deb hisoblaymiz.

Loyihada bahsli savollar, tushunarsiz meyorlar kop. Deputat sifatida masalani jiddiy yondashgan holda organishimiz uchun vaqt berilmadi. Loyiha yuzasidan berilgan savollarga ham aniq javob ololmadik. Demak, muzokara va muhokama talab darajasida bolmadi. Stavkalar, soliq siyosati, pensiya taminoti bilan bogliq va yana boshqa koplab savollarimiz ochiq qolib ketdi. Vaholanki, mazkur loyiha aholining turmush darajasini yaxshilash, mamlakat taraqqiyoti uchun xizmat qilishi zarur.

Fraksiyamiz azolari tezkorlik bilan yigilishlar otkazish va qonun loyihalari bu zaylda zudlik bilan korib chiqilishiga mutlaqo qarshi. Zotan parlamentga kiritilayotgan har bir loyiha malum tartib-qoidaga asoslangan bolishi zarur. Masalani atroflicha organish, mutaxassislar, kerak bolsa, aholi vakillari bilan muhokamalardan keyin qonun loyihasi qomita va fraksiya yigilishlariga kiritilishi tarafdorimiz. Ana shunda qonunlar samara beradi, togridan-togri ishlaydi, taraqqiyotga, rivojlanishga xizmat qiladi. Aks holda, yuzaki qonunlar yaratilishi davom etaveradi. Umid qilamizki, qonun loyihalarini tayyorlayotgan masullar mana shu jihatlarni hisobga olib, deputatlarga organish, muhokama qilish, lozim bolsa, takliflar ishlab chiqish uchun imkon qoldiradi.

Feruza ESHMATOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Mazkur qonun loyihasi 2019 yilgi byudjet va soliq siyosatining asosiy yonalishlari Konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan. U Byudjet, Soliq kodekslari, «Fuqarolarning davlat pensiya taminoti togrisidagi qonuniga ozgartish va qoshimchalar kiritilishini nazarda tutadi. Loyiha Konsepsiya va 2020-2021 yillar prognoz moljallarini amalga oshirish maqsadida qonunchilikdagi tegishli meyorlarning aniq qollanilishi, byudjetlararo munosabatlar va soliqqa tortish sohasidagi alohida masalalarni tartibga solish boyicha huquqiy sharoit yaratishi kerak edi. Biroq ushbu loyiha dastlabki holatda fraksiyamiz azolarida koplab savol va etirozlarni keltirib chiqardi.

Chunki qonun loyihasidagi ozgartirish va qoshimchalar nima sababdan, nimaga asoslangan holda kiritilayotgani haqida aniq faktlar yoq edi. Tahlillar, organishlar natijalari boyicha ham misollar keltirilmagan. Holbuki, jamiyat taqdiri bilan bevosita bogliq bolgan loyihalar har tomonlama pishiq-puxta ishlanishi shart.

Soliqqa tortishda nega endi yirik tadbirkorlar va kichik biznes egalari uchun bir xil tartib joriy qilinmoqda? Ushbu savol ham ochiq qolib ketdi. Axir katta tadbirkorlikdan shunga yarasha daromad qoladi, kichik biznes esa kichik daromadlardan iborat boladi. Shu jihatdan nomutanosiblik yuzaga kelgan. Buning ustiga mavsumiy tushumlar organilib, ana shu asosda soliq va imtiyozlar belgilanishi zarur.

Ertaga hayotda ishlamaydigan havola meyorlarni tasdiqlashga haqqimiz yoq. Qonun togridan-togri ishlashi kerak. Prezident ham, xalqimiz ham shuni kutyapti. Byudjet, soliq masalalari juda jiddiy bolgani bois keng jamoatchilik muhokamasiga qoyish zarurati ham bor.

Birinchi kungi yigilishda vazir orinbosarlari qatnashgandi. Shuning uchun kop savollar javobsiz qoldi. Deputatlar talabi bilan keyingi (11 dekabrda bolib otgan) majlisda moliya vazirining ozi ishtirok etdi. Qonun loyihasi soliq tolovchilar manfaatlaridan kelib chiqib, qayta muhokama etildi hamda vazir parlament azolarining fikr-mulohazalarini tingladi, orinli etirozlarni maqulladi...

Darhaqiqat, 2018 yil 11 dekabr kuni (yani, kechiktirilgan kunning ertasiga) parlament quyi palatasi majlisida qonun loyihasi qayta korib chiqildi. Masul qomitaning qonun loyihasi ustida olib borilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi.

Malum bolishicha, eng avvalo, qonun loyihasining nomi uning mazmuniga moslashtirilgan, yani Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga moljallangan asosiy yonalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida, deb ozgartirilgan. Bir qator meyorlar soliq tolovchilar manfaatlaridan kelib chiqib, qayta korib chiqilgan va ozgartirilgan.

Jumladan, Soliq kodeksining 681-moddasi Soliq tolovchilarni pasportlashtirish tartibi soddalashtirilgan. Pasportlashtirish jarayonining davriyligi belgilab qoyilgan, yani, uni har yili emas, balki uch yilda bir marotaba otkazish belgilangan. Shuningdek, soliq tolovchilarni pasportlashtirish natijasida tuzilgan dalolatnoma soliqlar va boshqa majburiy tolovlarni hisoblashga asos bolishiga doir meyor, shuningdek, bu jarayonga huquqni muhofaza qilish idoralarini jalb etishga oid meyor ham chiqarib tashlangan.

Soliq kodeksida belgilanayotgan Mavzuli ekspress organishlar, Xronometraj kozdan kechirish, taftish otkazish, tekshirish singari soliq nazoratining shakllari qaytadan korib chiqilib, yanada takomillashtirilgan. Ularning aniq subektlari korsatib otilgan va Kodeksning togridan-togri amal qilish ustuvorligi taminlangan.

...Xullas, dastlabki holatida 107 moddadan iborat bolgan qonun loyihasi deputatlar, mutasaddi vazirlik-idora vakillari say-harakati bilan bir kun ichida ozgartirilgan, togrirogi, takomillashtirilgan holda qabul qilingan.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: