O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
11.10.2018

PARLAMENT QOMITASI: DARSLIKLAR TAMINOTI YAXSHI EMAS

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi respublikamizdagi umumiy orta va orta maxsus talim muassasalarining yangi avlod darsliklari hamda oquv adabiyotlari bilan taminlanganlik darajasini nazorat-tahlil tartibida organdi. Uning natijalari muhokamasiga bagishlangan qomitaning maxsus yigilishi otkazildi.

Deputatlar bilan birga tegishli talim muassasalari, Respublika maqsadli kitob jamgarmasi, «Oquv talim-taminot» davlat unitar korxonasi rahbarlari, Xorazm, Samarqand viloyati va Toshkent shahri xalq talimi, kasb-hunar talimi boshqarmalari boshliqlari qatnashgan yigilish tanqidiy-tahliliy ruhda otdi.

Albatta, avvalo izchil islohotlar jarayonida talim sohasidagi qator muammolar hal etilayotgani, oqituvchi-pedagoglarning qadri va oylik ish haqi oshirilgani muhim ozgarishlar sifatida alohida qayd etildi.

Biroq tizimda hozirgacha saqlanib qolayotgan, yechimini kutayotgan muammolar ham talaygina, deyildi qomitaning tegishli axborotida. Bu hududlardagi haqiqiy holat nazorat-tahlil tartibida organilganda yaqqol namoyon bolgani takidlandi.

Xususan, organilgan tumanlarda umumiy orta va orta maxsus talim muassasalarida oquvchilarning darsliklar bilan taminlanganlik darajasi pastligi aniqlandi. Masalan, 2018 yil 18 yanvar holatiga, Fargona viloyati Yozyovon tumanidagi barcha 36 umumtalim maktabida 10-sinf boyicha 896 dona huquq fani darsligi umuman mavjud emas, 8 umumtalim maktabida 5-10-sinflar boyicha jami 200 donaga yaqin darslik oquvchilarga umuman yetkazib berilmagan. Aksariyat oquvchilarga faqat eski darsliklar tarqatilgan.

Yigilishda deputatlar bu kabi kamchiliklar joriy oquv yilida ham kuzatilayotganini achinarli holat sifatida tanqid qildi. Jumladan, Samarqand viloyat xalq talimi boshqarmasi tasarrufidagi talim muassasalarida darsliklar taminotida muammolar kuzatilgan. Xorazm viloyatidagi holat yanada yomonroq ekani takidlandi.

Har ikki viloyatda joriy oquv yili boyicha umumtalim maktablari uchun buyurtmalar shakllantirilgan bolsa-da, joriy yilning 2 oktabr holatiga kora, ayrim darsliklar hali yetib kelmagan. Umuman olganda, yangi oquv yilining ikkinchi oyi boshlanganiga qaramasdan, respublikadagi umumtalim maktablari boyicha tillar va sinflar kesimida yetishmaydigan darsliklarni Xalq talimi vazirligi tomonidan qayta taqsimot qilish ishlari haligacha nihoyasiga yetkazilmagan.

Shuningdek, yigilishda organilgan orta maxsus talim muassasalarida ham darslik va oquv adabiyotlar, jumladan, umumtalim fanlari, umumkasbiy va maxsus fanlar boyicha yangi avlod darsliklari, oquv adabiyotlari bilan taminlanganlik holati talab darajasida emasligi takidlandi.

Muammo boyicha deputatlar va turli soha vakillari takliflar berishdi. Ularga kora, adabiyotlar tanqisligini yoqotilgan va yaroqsiz holga kelgan darsliklar uchun tolangan jarimalar hisobidan qoplab borish, qayta nashr ishlarini tashkil etish zarur.

Yigilishda darsliklarning umumtalim maktablariga oz vaqtida yetkazib berilishi, foydalanish muddati tugagan darsliklarni talim muassasalaridan olib chiqib ketish va utilizatsiya qilishning qatiy nazorat tizimini yaratish, shuningdek, sohaga oid huquqiy bazani zamon talablari asosida takomillashtirish masalalari chuqur muhokama etildi.

Qomitaning organishlar yakuni boyicha qabul qilingan qarorida muhim takliflar joy olgan.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: