O'zb  
 
18.09.2018

OLIY MAJLIS SENATIDA UCHRASHUV

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi orinbosari Sodiq Safoyev «Hindiston — Markaziy Osiyo» muloqotining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Hindiston tashqi ishlar davlat vaziri Mubashir Javed Akbar bilan uchrashdi.

Muloqot chogida ikki tomonlama munosabatlarning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil oktabr oyida Hindistonga amalga oshiradigan davlat tashrifi doirasidagi tadbirlarni tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ozbekiston bilan Hindiston ortasidagi dostlik va strategik hamkorlik munosabatlari izchil rivojlanib bormoqda. Xalqlarimiz ortasida qaror topgan kop asrlik dostlik, madaniy va savdo-iqtisodiy aloqalar istiqbolli sheriklikning bugungi holatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish imkonini bermoqda.

Mamlakatlarimiz turli tuzilmalari ortasida muloqot va uchrashuvlarni tashkil qilish muntazamlik kasb etgan. Xususan, Hindiston Markaziy Osiyo muloqoti kop tomonlama iqtisodiy, siyosiy maslahatlashuvlarni amalga oshirishning qulay vositasiga aylandi. Transport-logistika va investitsiya sohalarida istiqbolli kelishuvlarni ishlab chiqish, barqaror taraqqiyotga xavf soluvchi turli tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish masalalarini muhokama qilish uchun oziga xos muloqot maydoni bolib xizmat qilmoqda.

Uchrashuvda Hindiston tashqi ishlar davlat vaziri Mubashir Javed Akbar Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan ijobiy ozgarishlar hamkor va dost sifatida Hindiston tomonini ham birdek quvontirishini alohida ta’kidladi. Davlat va jamiyatni isloh qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, fuqarolik jamiyatini qaror toptirish borasidagi aloqalarni mustahkamlashda parlamentlararo hamkorlik, jumladan, dostlik guruhlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.

Muzokaralar yakuni boyicha tomonlar Ozbekiston Hindiston qoshma tadbirlarini muvaffaqiyatli otkazish yolida barcha say-harakatlarini birlashtirishga kelishib oldi.

Ulugbek SHONAZAROV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.