O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
07.08.2018

OLIY SUDNING SAYYOR QABULIDA

muammolarga qonuniy yechim topilmoqda, fuqarolarda odil sudlovga ishonch mustahkamlanmoqda

Alijon ota nafaqasi to‘gri hisoblanganiga shubhalanib, pensiya jamgarmasiga murojaat qildi. Aniqlanishicha, bir necha yil qoshni davlatda ishlaganligi, jamgarmaga qilgan tolovlari inobatga olinmagan. Tortishuvlardan natija chiqmay noumid bolib yurgan, Alijon ota Ozbekiston Oliy Sudi raisining Fargona tumanidagi sayyor qabuliga bordi.

Avvaliga odamlardan eshitgan xabarga ishonmadim. Kim-kim, Oliy Sud raisi qishlogimizga biz bilan uchrashgani kelsa-ya?! Gumonimning sababi, shu yoshga kiribmanki, bironta sud idorasi rahbari, tuman yoki qishloqlarga kelib, xalq bilan muloqot qilganini eshitmagandim, deydi Alijon ota. Aytilgan kuni uchrashuv joyiga borsam, oddiygina, ochiq chehra, xushmuomala, xullas, ozimizga oxshagan bir insonni Oliy sud raisi, deb tanishtirishdi. Bir ishonib, bir ishonmay, navbat kutib turdim. U kishi har bir murojaatni sabr bilan tinglar, keyin qonunchilik asosida muammo yechimini tushuntirar edi. Baraka topsin, ba’zilar hissiyotga berilib ovozini kotarib gapirsa ham kulib turib javob berardi.

Mening masalam ham sud orqali hal bolishini aytdi rais. Shundan song arizam tegishli tartibda korib chiqilib, huquqim, haqqim tiklandi. Biz bildik, Oliy sud raisi qishloqlarimizga Prezidentimiz topshirigi bilan kelgan ekan. Bu etibordan nihoyatda mamnun boldik...

Mamlakatimizda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish boyicha tarixiy islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, sudyalarni tanlash va joy-joyiga qoyish tartibi takomillashtirildi. Ozbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tuzildi, sud hokimiyatining yagona oliy organi Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi, mamuriy sudlar tashkil etildi, shuningdek, sudyalik lavozimiga muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibi joriy etildi. Barcha toifadagi sud ishlarini sayyor sud majlislarida korib chiqish amaliyotiga otildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 iyuldagi «Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoni qabul qilingani bu sohadagi islohotlarning uzviy davomi boldi. Bu islohotlardan kozlangan maqsad bitta sudlar mustaqilligi va ochiqligi, adolat ustuvorligini taminlash.

Malumotlarga qaraganda, shu yilning otgan olti oyida 411 fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan. Jamoat tashkilotlari kafilligida 50 nafardan ziyod ayol va yoshlar sud zalidan ozod etilib, ularga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bolmagan jazo tayinlangan. Sud ishlarining sayyor sud majlislarida korib chiqilishi esa nafaqat sud faoliyati oshkoraligini taminlamoqda, ayni chogda odamlar adolatli hukmlarning guvohi bolmoqda. Buning tarbiyaviy ahamiyati beqiyos.

Bir hafta davomida Ozbekiston Oliy Sudi rahbarlari viloyatning deyarli barcha shahar va tumanlarida sayyor qabul va uchrashuvlar otkazdilar. Yuzlab odamlar ozlarini qiynab kelayotgan muammolarga yechim, savollariga haqli javob topdilar.

Eng muhimi, odamlarda odil sudlov tizimiga ishonch mustahkamlanmoqda.



Muhammadjon OBIDOV,

jurnalist.



DB query error.
Please try later.