O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
05.07.2018

BELGILANGAN VAZIFALAR IJROSI TAMINLANADI

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 29 iyun kuni Toshkent shahri va poytaxt tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida Olmazor tumanida o‘tkazilgan yigilishda qator dolzarb masalalar boyicha aniq vazifalar belgilab, tegishli topshiriq va korsatmalar bergan edi.

Olmazor tumani hokimligida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, hokimlik mutasaddilari, faollar, mahalla oqsoqollari, imom-xatiblar, ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida yigilish otkazilib, davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalarning ijrosi yuzasidan harakatlar rejasi ishlab chiqildi, mahallalar faoliyatini organish boyicha ishchi guruhlar tuzildi. Ularga mahalla ahli bilan muloqotga kirishish, ijobiy tajribani organish, mavjud muammolarni aniqlash vazifalari topshirildi.

Senatorlar tomonidan tuman Kengashi bilan aloqalarni mustahkamlash, deputatlarning siyosiy va huquqiy bilimlarini yanada yuksaltirish, deputatlik nazoratini amalga oshirish boyicha amaliy konikmalarni mustahkamlashga qaratilgan bevosita muloqotlar olib borilmoqda.

Mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, yangilarini tashkil etish, tadbirkorlik va xizmat korsatish sohasini rivojlantirish hisobidan yangi ish orinlari yaratish, jumladan, investitsiya va texnologiyalar jalb qilish, tuman hududida 15 ming aholi bandligini taminlash boyicha 4 ta sektor kesimidagi dasturlarni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, Olmazor tumanining iqtisodiy imkoniyatlari batafsil organilib, ishga solinmagan zaxiralar, xususan, bosh turgan binolar inventarizatsiyadan otkazilmoqda, ulardan nima sababdan foydalanilmayotgani aniqlanmoqda.

Mahallalardagi ekologik vaziyat, hudud tozaligi va mavjud suv tarmoqlarining holati bilan ham yaqindan tanishib borilmoqda. Bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boyicha mutasaddi tuzilmalar hamda aholiga zarur korsatma, taklif va tavsiyalar berilmoqda.

Olmazor tumanining yangi markazi — «Olmazor city»ni barpo etish masalasi ham xalq vakillarining diqqat markazidadir.

Bir soz bilan aytganda, Olmazor tumanida Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalarning ijrosini taminlash uchun keng jamoatchilik, deputatlar, senatorlar bir yoqadan bosh chiqarib amaliy ishlarni boshlab yubordi.

Tolibjon MADUMAROV,

Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat

vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga

komaklashuvchi komissiyasi raisi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: