O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
03.05.2018

HUKUMAT SOATI: PARLAMENT NAZORATINING SAMARALI MEXANIZMLARI AMALDA

Joriy yilning 1 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti togrisida»gi va Parlament nazorati togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Hukumat soati otkazildi. Ta’kidlash joiz, mazkur amaliyot milliy parlament tarixida ilk bor tashkil etildi.

Deputatlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvoli yuzasidan olib borgan organishlari hamda odamlardan kelayotgan murojaatlardan kelib chiqib, siyosiy partiyalarning quyi palatadagi fraksiyalari takliflariga kora Hukumat soatiga Respublika aholisining toza ichimlik suvi bilan taminlanishida hamda ichimlik suvini tejamkorlik bilan ishlatishda olib borilayotgan ishlar, shuningdek, Aholini va tibbiyot muassasalarini arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan taminlash, ayniqsa, joylarda ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish holatlari togrisidagi masalalar kiritildi.

Ushbu masalalar yuzasidan deputatlarga axborot va ularning savollariga atroflicha javob berish uchun Uy-joy kommunal xizmat korsatish hamda Sogliqni saqlash vazirliklari mutasaddi rahbarlari taklif etildi.

Tadbir davomida hukumat vakillari deputatlar tomonidan qoyilgan masalalar yuzasidan malumot berib, ularning qoshimcha savollariga batafsil javob qaytarishdi.

— Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 12 iyulda Hukumat soati institutini joriy etish haqida oz tavsiyalarini bergan edi, deydi ekspert Ixtiyor Bekov. Qonunchilik palatasida Hukumat soatining otkazilishi Harakatlar strategiyasida belgilangan jamiyatda parlamentning rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaldagi ifodasi hisoblanadi. Tadbirning ahamiyatidan kelib chiqib, uning samarali otganini takidlash lozim. Mazkur institut birinchidan, hukumatning parlament bilan munosabatlardagi masuliyatini oshirsa, ikkinchidan, joylarda toplanib qolgan, aholini oylantirayotgan masalalarni hal etishga xizmat qiladi.

Takidlash joiz, Hukumat soati Harakatlar strategiyasida korsatib otilgan davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish yonalishida ham muhim ahamiyatga ega, deydi ekspert Shohruhbek Sobirov. Ushbu institut nafaqat Oliy Majlisning ijro hokimiyati ustidan parlament nazoratini taminlashda rolini oshirishga, balki bolib otgan bugungi tadbirdagi kabi saylovchilarni qiynayotgan muammolarni hal etishda muhim omil boladi.

Tadbir songgida Qonunchilik palatasi qomitalariga sohaga aloqador amaldagi qonun hujjatlarini va huquqni qollash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish tavsiya etildi, shu bilan birga, mazkur yonalishdagi ishlar yuzasidan samarali parlament nazoratini taminlashga kelishib olindi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: