O'zb  
 
15.02.2018

INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARI KAFOLATLARINI TAMINLASHGA DOIR QONUN LOYIHALARI KORIB CHIQILDI

2018 yil 14 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bolib otdi. Deputatlar davlatimiz rahbari tashabbusiga binoan parlament quyi palatasiga kiritilgan qonun loyihasini korib chiqdilar, shuningdek, Inson huquqlari boyicha vakilning 2017 yildagi faoliyati yakunlari togrisidagi axborotni eshitdilar.

Majlisda ta’kidlandiki, qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish 2017 — 2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yonalishlaridan biri bolib hisoblanadi.

Otgan yildagi bu sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish jarayonini tahlil etish shundan dalolat beradiki, inson huquq va erkinliklarini taminlashga sozda emas, balki amalda etibor berilmoqda, shu jumladan, bu sohaga sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tubdan isloh qilish yoli bilan ham etibor qaratilmoqda.

Ushbu sohadagi ilgor goyalar amalda royobga chiqayotganini odamlar oz hayotida his etib ulgurdi. Masalan, faqat 2017 yilning ozida sudlar tomonidan 228 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi, holbuki otgan besh yil mobaynida bor-yogi 7 nafar shaxs oqlangan edi. Dastlabki tergov organlari tomonidan 3,8 mingta jinoyat ishi tugatildi.

Deputatlarning takidlashicha, davlatimiz rahbari tashabbusiga binoan kiritilgan «Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boyicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida»gi qonun loyihasi inson huquq va erkinliklarini taminlash yolidagi tub islohotlarning mantiqiy davomidir.

Qonun loyihasi ilgor xorijiy tajribani hisobga olgan holda sud-tergov faoliyati jarayonida fuqarolar huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bolib, Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Prokuratura togrisidagi qonunga ozgartish va qoshimchalar kiritishni nazarda tutadi.

Bu hujjat Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrda qabul qilingan Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi farmonida belgilangan vazifalarni royobga chiqarishning mantiqiy davomidir.

Deputatlar qonun loyihasini ikkinchi oqishda korib chiqdilar va qabul qildilar. Qonun parlament yuqori palatasiga maqullash uchun yuboriladigan boldi.

Shundan song deputatlar Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakili (Ombudsman) U.N.Muhammadiyevning Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boyicha vakili (Ombudsman)ning 2017 yildagi faoliyati togrisidagi axborotini eshitdilar.

2017 yilda Ombudsman idorasiga 9074 ta murojaat kelib tushdi, shundan 1774 ta murojaat shaxsiy qabullar va shaxsiy safarlar chogida tushgan. Ularni korib chiqish natijalari boyicha vakolatli organlar tomonidan 25 ta jinoyat ishi, 27 ta mamuriy va 44 ta intizomiy ish qozgatildi, ichki ishlar organlarining 24 nafar xodimi, ijtimoiy va boshqa sohalarning 35 nafar xodimi javobgarlikka tortildi, jinoyat ishi qozgatishni rad etish togrisidagi 24 ta qaror bekor qilindi, sudlarga 10 ta protest va davo kiritildi, 34 nafar fuqaro ishga joylashtirildi va ishiga qayta tiklandi, 53 ta oilaga turlicha moddiy yordam, 39 nafar fuqaroga tibbiy yordam korsatildi, davlat daromadiga 2 319 million som, murojaat qiluvchilar foydasiga 263 million som undirildi, biznesni rivojlantirish uchun 133 million som miqdorida kreditlar berildi va hokazo.

Hisobotda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari xalq bilan bevosita muloqotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotganligi takidlandi. Mazkur qabulxonalar inson huquq va erkinliklarini, mamlakatimiz fuqarolarining qonuniy manfaatlarini taminlashdagi mavjud kamchiliklarni aniqlash, aholining aniq ehtiyojlariga, davlat va jamiyatni rivojlantirishning bugungi kundagi maqsadlariga javob bera oluvchi tashkiliy-huquqiy qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish imkonini berdi.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining Mintaqalarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni taminlashga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar togrisidagi qaroriga asosan kam taminlangan oilalarni, keksa yoshdagi fuqarolarni va nogironligi bolgan shaxslarni har tomonlama qollab-quvvatlash borasida mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda faol ish olib borilmoqda. 2017 yilda 411 ta oila va fuqarolar bilan ish olib borildi.

Umuman olganda, Ombudsmanning otgan yildagi faoliyati yakunlarini muhokama qilish ancha tanqidiy ruhda otdi. Deputatlar Ombudsmanning inson huquqlarini, xususan, aholining ijtimoiy jihatdan kam taminlangan guruhlari, shuningdek, mahbuslar huquqlarini himoya qilish boyicha faoliyati mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb ekanligini takidladi.

Majlisda deputatlar Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalarni ham muhokama qildilar.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining

Axborot xizmati.



DB query error.
Please try later.