O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
06.01.2018

MAMLAKATIMIZDA OTKAZILAYOTGAN ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISHGA QARATILGAN QONUN LOYIHALARI MUHOKAMA QILINDI

2018 yilning 5 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bolib otdi. Unda deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qator qonun loyihalarini korib chiqdilar.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida parlamentimiz turli sohalarni tubdan yaxshilashga qaratilgan samarali qonunlarni ishlab chiqishi zarurligini alohida ta’kidlab otdi. Shu boisdan ham deputatlar qonun loyihalarini muhokama qilish chogida davlatimiz rahbari tomondan belgilab berilgan vazifalarni amalda royobga chiqarishga alohida etibor qaratdilar.

Majlis «Mediatsiya togrisida»gi qonun loyihasini birinchi oqishda korib chiqishdan boshlandi. Mazkur qonun loyihasi mamlakatimizda nizolarni mustaqil shaxslar — mediatorlar ishtirokida bartaraf etishning muqobil usullarini rivojlantirish hamda sudlar zimmasidagi yukni yengillashtirish uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

Shu manoda deputatlar mamlakatimizda mahalla oqsoqollari azal-azaldan qoshnilar, oila azolari, er-xotin va hokazolar ortasidagi mojarolarni hal etish vazifasini bajarib kelganligini takidlab otdilar. Bunday amaliyot Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori qabul qilinganidan song huquqiy asosga ega boldi. Ushbu qaror fuqarolarning mahalliy ozini ozi boshqarish organlari huzurida tashkil etilgan yarashuv komissiyalarining faoliyatini tartibga soldi. Bunda, deputatlar takidlab otishganidek, mazkur tartib-taomillar mediatsiya atamasi bilan nomlanmaydi. Mediatsiya deganda mojaroni xolis, adolatli, ushbu mojarodan manfaatdor bolmagan uchinchi tomon mediator ishtirokida hal etishning muqobil shakli tushuniladi. Mediator tomonlarga nizo yuzasidan muayyan bitim tuzishga yordam beradi. Mediatsiyada tomonlar nizoni bartaraf etishga hamda uni hal etish shart-sharoitlariga doir qaror qabul qilish jarayonini toliq nazorat qila oladilar.

Deputatlarning takidlashicha, nizolarni hal etishda mediatsiyani qollash vaqtni tejash va nizolashuvchi tomonlarning fuqarolar, tashkilotlarning, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarining sud xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi. Ular ozlari ortasida yuzaga kelgan nizolarni sudgacha olib bormasdan, advokatlarni jalb etmasdan va sud muhokamasi bilan bogliq davlat boji va xarajatlarni tolamasdan ozaro manfaatli shartlar asosida ozlari uchun qulay joy va vaqtda tez hamda arzon hal etish imkoniyatiga ega boladilar. Shunday qilib, tomonlarda yuzaga kelgan nizoni tez hal qilish imkoniyati paydo boladi.

Shu bilan birga, Mediatsiya togrisidagi qonunning qabul qilinishi nizolarni sudga qadar bartaraf etish sohasida yuzaga keluvchi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning tizimliligi va keng kolamliligini taminlashini, nizolarni sudga qadar bartaraf etishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratishini alohida takidlab otdilar.

Shundan song deputatlar Davlat xaridlari togrisidagi qonun loyihasini birinchi oqishda muhokama qildilar.

Deputatlar davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarga muvofiq togridan-togri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilishning muhimligini alohida takidladilar. Shu tufayli ham korib chiqilayotgan qonun loyihasi muhim ahamiyatga molikdir.

Bundan tashqari, dunyoning ayrim mamlakatlari xalqaro tajribasini organish shuni korsatadiki, AQSh, Chili, Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Qozogiston singari mamlakatlar davlat xaridlarining eng samarali tizimiga ega bolib, ularda xaridning butun jarayoni yagona hujjat qonun bilan tartibga solinadi.

Majlisda takidlab otilganidek, qonun loyihasi davlat xaridlari sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, amaliyotdagi mavjud qarama-qarshiliklar va eskirgan normalarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan. Deputatlar qonunning qabul qilinishi davlat xaridlari tizimining ochiqligi va shaffofligini oshirishini alohida takidladilar. Chunonchi, qonun loyihasida davlat xaridlarining maxsus axborot portalini ochish nazarda tutilmoqda.

Shunday qilib, mamlakatimizda davlat xaridlarining aniq tizimi yolga qoyiladi, u byudjet mablaglari va boshqa moliyaviy mablaglardan yuqori darajada samarali va oqilona foydalanishni taminlaydi. Oz navbatida, bu chora-tadbirlar ushbu sohadagi soglom raqobatni mustahkamlashga va korrupsiya holatlarini istisno etishga xizmat qiladi.

Shundan keyin deputatlar Ozbekiston Respublikasi, Qozogiston Respublikasi va Turkmaniston ortasida uch davlatning Davlat chegaralari tutashgan nuqtasi hududi togrisidagi Shartnomani (Samaraqand, 2017 yil 10 noyabr) ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini korib chiqdilar.

Shartnomada Ozbekiston, Qozogiston va Turkmanistonning davlat chegaralari tutashgan nuqtasining hududi joylashgan yer hamda tutashgan nuqta hududidagi davlat chegaralari liniyalari otadigan joy belgilab qoyilgan, shuningdek, tegishli tavsif tuzilgan.

Mazkur huquqiy hujjatlarni muhokama qilish siyosiy partiyalar fraksiyalarining nuqtai nazarini inobatga olgan holda ozaro manfaatli munozara shaklida otdi. Muhokama etilgan qonun loyihalarini maqullash hamda ikkinchi oqishda korib chiqish uchun tayyorlash togrisida qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, majlisda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham korib chiqildi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasi Axborot xizmati



DB query error.
Please try later.