O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 1 2 3 4
30.05.2017

PARLAMENT IXTISOSLASHTIRILGAN TIBBIYOT MARKAZLARI FAOLIYATINI TANQIDIY KORIB CHIQDI

Sog‘liqni saqlash davlatimiz rahbari katta e’tibor berayotganligi tufayli bugungi kunda uzluksiz rivojlanib borayotgan sohadir. Ishlarning haqiqiy ahvolini chuqur bilishga asoslangan tashabbuslar tibbiyot muassasalari faoliyatidagi tizimli kamchiliklarning sabablari va asoslarini izchil bartaraf etishga xizmat qiladi. Parlament nazorati doirasida ushbu jarayonlarda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi bevosita ishtirok etmoqda. Parlament quyi palatasida aholiga tibbiy xizmatlar korsatish va dori vositalari bilan taminlashni yanada yaxshilash, ushbu sohadagi amaliyotda qonun hujjatlarining samarali qollanilishiga komaklashish boyicha ishlarni muvofiqlashtirish uchun maxsus tashkil etilgan respublika komissiyasi ish olib bormoqda.

Parlament nazoratining shakllaridan biri sifatida deputatlar tomonidan tibbiyot muassasalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish amaliyotidan faol foydalanilmoqda.

Chunonchi, 2017 yil 29 may kuni respublika tibbiyot markazlari rahbarlarining axborotlarini eshitishga doir ana shunday oltinchi eshituv tashkil etildi. Bu safar Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbarlari oz faoliyati haqida axborot taqdim etdilar.

Majlisda shu narsa alohida takidlandiki, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida ushbu respublika tibbiyot markazlarining mutaxassislari tomonidan insonning eng asosiy huquqlaridan biri — malakali tibbiy xizmat korsatilishiga bolgan huquqini taminlashga qaratilgan keng kolamli ishlar olib borilmoqda. Masalan, Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan har yili 5 ming nafardan ziyod bemorga statsionar yordam korsatilmoqda. Markazning konsultativ poliklinikasida esa 2016 yilda 18 ming nafarga yaqin bemorga konsultativ va ambulator yordami korsatildi.

Bunda mintaqa darajasida ishlarni tashkil etishga alohida etibor qaratilmoqda. Joriy yilda joylarga 86 marta chiqish tashkil etilib, ular doirasida 2,4 ming nafardan ziyod bemorga tibbiy yordam korsatildi va maslahat berildi. Markaz mutaxassislari tomonidan 53 ta jarrohlik amaliyoti otkazildi, shundan 48 tasi yuqori texnologiyalar asosida bajarildi. Kasallarga tashxis qoyish va davolashning zamonaviy usullaridan foydalanish qamrovini kengaytirish maqsadida markaz mutaxassislari tomonidan malaka oshirish boyicha treninglar va leksiya mashgulotlari otkazildi, ularda ushbu sohaning 1,7 ming nafarga yaqin mutaxassisi ishtirok etdi.

Takidlab otilganidek, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ham zamonaviy tibbiy texnologiyalardan faol foydalanilmoqda. Ushbu markazda har yili 10 ming nafardan ziyod bemorga statsionar yordam korsatilmoqda. Markazning konsultativ poliklinikasida 58 ming nafardan ziyod bemorga konsultativ va ambulator yordami korsatildi.

Joriy yilda joylarga 39 marta chiqish tashkil etilib, ular doirasida 1,7 ming nafardan ziyod bemorga tibbiy yordam korsatildi va maslahatlar berildi. Markaz mutaxassislari tomonidan 76 ta jarrohlik amaliyoti bajarildi, shuningdek, malaka oshirish boyicha treninglar va leksiya mashgulotlari ham otkazilib, ularda mazkur sohaning 1,9 ming nafarga yaqin shifokori oz malakasini oshirdi.

Shu bilan birga, deputatlar yuqorida korsatilgan markazlar ishidagi ayrim kamchiliklarga ham toxtalib otdilar, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar va tavsiyalar bildirdilar. Chunonchi, takidlandiki, ftiziatriya kasalliklariga chalingan bemorlarning epidemiya korsatkichlarini, shuningdek, laboratoriya sharoitlarida tashxis qoyish va dori menejmenti boyicha malumotlarni kuzatib borishning yagona elektron bazasini tashkil etish zarur. Sil kasalligi infeksiyasining ijtimoiy xavfini hisobga olgan holda tegishli preparatlar bilan taminlash tizimini yaxshilash talab etiladi, bu esa xavf guruhidagi bolalarni sil infeksiyasini yuqtirganlikning ilk bosqichlarida tezlik bilan aniqlash imkonini bergan bolar edi. Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi viloyat sil kasalliklari dispanserlarida, shuningdek, Namangan viloyatidagi kattalar uchun moljallangan ikkita respublika sil kasalliklari sanatoriylarida infeksiyaviy nazoratni va sanitariya-epidemiologiya rejimini yanada takomillashtirish zarurligi takidlandi.

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tizimida hozirgi vaqtda bor-yogi 4 ta gamma-terapevtik qurilma ishlab turibdi. Joriy yilda 11 ta gamma-terapevtik qurilma hamda 7 ta braxiterapevtik qurilma sotib olish rejalashtirilgan, biroq hanuzgacha bunday xarid amalga oshirilmagan. Sogliqni saqlash tizimining boshlangich boginlarida onkologiya sohasi mutaxassislari yetishmasligi muammosi mavjud.

Ikkita respublika markazi faoliyati togrisidagi axborotlarni eshitish yakunlariga kora, boshqa masalalar bilan bir qatorda mahalliy korxonalar tomonidan sil kasalliklariga qarshi preparatlar ishlab chiqarishni yolga qoyish, shuningdek, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning kimyoterapiyaga va target dori vositalariga bolgan ehtiyojini qondirish uchun ajratilayotgan moliyaviy mablaglar hajmini kopaytirish zarurligi takidlab otildi, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sattor Rahmatov. Mazkur masalalar parlament nazoratiga olindi.

Tibbiyot markazlarining rahbarlari tomonidan oz faoliyati togrisida Qonunchilik palatasida axborot taqdim etishi, shak-shubhasiz, aholiga korsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi, deb takidlaydi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining aholiga tibbiy xizmatlar korsatish boyicha mutaxassisi Olim Imomov. Bugungi tadbir davomida yutuqlar bilan bir qatorda dolzarb muammolar ham har tomonlama muhokama etildi, aniq takliflar bildirildi. Parlamentning quyi palatasi bilan birgalikda olib boriladigan ishlar bizga qonunchilik darajasida koplab amaliy masalalarni hal etish imkonini beradi.

Majlis jarayonida muhokama etilgan barcha masalalar, shuningdek, ushbu markazlar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar va tavsiyalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qabul qilingan qaroriga kiritildi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: