O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
27.04.2017

PARLAMENT KOMISSIYASINING AXBOROTI ESHITILDI

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qo‘shma majlisi bolib otdi.

Yigilishda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qollab-quvvatlash jamoat fondi mablaglarini boshqarish boyicha Parlament komissiyasining 2016 yildagi faoliyati togrisidagi axboroti eshitildi.

Qayd etildiki, otgan yilda Parlament komissiyasining Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qollab-quvvatlash jamoat fondining, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi Ijtimoiy sheriklik boyicha jamoat komissiyalarining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazasi takomillashtirildi.

Davlat byudjetidan 11 milliard som miqdorida nodavlat notijorat tashkilotlari, mustaqil ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining 279 dastur va loyihalari, davlat grantlari, davlat ijtimoiy buyurtmalari va davlat subsidiyalari shaklida qollab-quvvatlangan. Yil davomida davlat grantlari tarzida umumiy qiymati 6 milliard 222,9 million somlik 254 ijtimoiy ahamiyatli loyihalarni, 2,47 milliard somlik davlat ijtimoiy buyurtmalari shaklida 15 loyihalarni qollab-quvvatlash amalga oshirilgan. Ajratilgan umumiy mablaglarning 68 foizi tanlovlar asosida davlat granti va davlat ijtimoiy buyurtmasi shaklida berilgan.

Xususan, «Soglom ona va bola yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida bir qator nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ehtiyojmand oilalarning 40 nafar tugma yurak xastaligi bilan tugilgan bolalarida tibbiy jarrohlik amaliyoti otkazildi.

Majlisda, shuningdek, fond faoliyatidagi kamchiliklarga ham e’tibor qaratildi. Jumladan, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qollab-quvvatlash jamoat fondining faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish boyicha takliflar oz vaqtida ishlab chiqilmagan, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi Ijtimoiy sheriklik boyicha jamoat komissiyalari faoliyati samaradorligini oshirishga yetarlicha uslubiy yordam korsatilmagani takidlandi.

Tadbirda palatalar kengashlari azolari tomonidan ?017–2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi hamda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokini qollab-quvvatlashga keng etibor qaratish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhokamalar yakunida jamoat fondi mablaglarini boshqarish boyicha Parlament komissiyasining 2016 yilda bajargan ishlari togrisidagi axboroti malumot uchun qabul qilindi.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.