O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
31 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
30.03.2017

XALQIMIZNING FIDOYI FARZANDIGA EHTIROM

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning 100 yilligini nishonlash togrisidagi qarorini chuqur hayajon bilan kutib oldik.

Yuksak ma’naviyatli xalq oz tarixiy xotirasini asrab-avaylaydi. Ajdodlari haqidagi haqiqatlarni keyingi avlodlariga bekamu kost yetib borishi uchun kurashadi.

Atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov bilan birga ishlash, u kishining nazariga tushish baxtiga men ham muyassar bolganman. Sharof aka inson qalbiga yol topishga alohida etibor berar edi.

Qalbga yol marifatdan boshlanadi. Manaviyatli inson kimga, nima haqda, qachon, qayerda, qanday aytishni biladi va amal qiladi, shu asnoda obro qozonadi, etiborga tushadi. Sharof akada sozlash, tinglash, anglash manaviyati yuksak darajada edi.

Sharof Rashidov ajdodlarimiz merosini yaxshi bilar va manaviy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga harakat qilardi. Mahalliy yoshlarga ozgacha mehr korsatar edi. Yosh bolishimga qaramay Qashqadaryo viloyatining togli Dehqonobod tumaniga birinchi rahbar qilib yuborgan edi. Esimda, bir yili Dehqonobod tumaniga kelib, yigilish qildi. Undan keyin meni ham ozi bilan birga Guzor va Qamashi tumanlariga olib borib, u yerdagi rahbarlar bilan uchrashuvlar otkazdi. Shundan song u kishi tushundingizmi, deb savol berdi. Hozir anglashimcha, bu savol insonlar bilan muloqot va odob-axloq togrisida ekan. U kishining respublikamizga rahbarlik davrida juda katta bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlari olib borildi. Vatanimiz poytaxti Toshkent shahrida metro qurildi. Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy nomi bilan ataladigan viloyat tashkil etildi. Adabiyot sohasida ham u kishi samarali ijod qildi. Bir qator iqtidorli yoshlarning yetishib chiqishiga munosib hissa qoshdi. Bularga misol sifatida Ozbekiston Qahramonlari, xalq shoirlari Abdulla Oripov va Erkin Vohidovlarni korsatish mumkin. Abdulla Oripov kasal bolib qolganida u kishi Moskvaga taniqli shifokor, akademik Chazovga shaxsan telefon qilib yordam berishini soragan ekan. Oshanda taniqli shifokor shoirga Sharof Rashidov sizning qarindoshingiz boladimi, deb savol bergan ekan.

Xulosa qilib aytganda, mazkur qaror yoshlarimizning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy manaviyatimizni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Yanvar INOYATOV,

«Nuroniy» jamgarmasi Qashqadaryo viloyat bolimi raisi, viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi.



DB query error.
Please try later.