O'zb  
 
23.03.2017

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi togrisida axborot

2017-yil 22-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bolib otdi.

Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi N.Yoldoshev boshqardi.

Kengash Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining toqqizinchi yalpi majlisini shu yilning 28-29-mart kunlari Toshkent shahrida chaqirish togrisida qaror qabul qildi.

Senatning toqqizinchi yalpi majlisi kun tartibiga mamlakat ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotining barcha sohalarini bosqichma-bosqich isloh qilishga hamda erkinlashtirishga, 2017-2021-yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini royobga chiqarishga doir Davlat dasturini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida ijro etishga qaratilgan Ozbekiston Respublikasining bir qator qonunlari kiritilmoqda.

“Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ozgartishlar va qoshimcha kiritish togrisida”gi, Ozbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi togrisidagi, Ozbekiston Respublikasining Sudlar togrisidagi qonuniga, "Ozbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xojalik protsessual kodekslariga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi, Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qoshimcha chora-tadbirlar korilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi, Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonunlar shular jumlasidandir.

Shu bilan bir qatorda yalpi majlisda senatorlar Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boyicha vakilining (Ombudsmanning), Ozbekiston Respublikasi Hisob palatasining, Ozbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Ozbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining, Ozbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi raisining hisobotlarini eshitadilar.

Yalpi majlisda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham muhokama etiladi.

Toqqizinchi yalpi majlisga tayyorgarlik korish va uni otkazish yuzasidan Oliy Majlis Senati qomitalari va devoni faoliyatini muvofiqlashtirish uchun tegishli ishchi guruh tashkil etildi.

Ozbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: