O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
18.03.2017

QONUN IJODKORLIGI VA NAZORAT-TAHLIL FAOLIYATI DEPUTATLAR DIQQAT MARKAZIDA

17 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bolib otdi.

Deputatlar koplab masalalarni korib chiqdilar. Xususan, sifat jihatidan yangi darajaga kotarilgan va yagona yaxlit hujjat — 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan qonun loyihalari muhokama qilindi.

Parlament quyi palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalar siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ozbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining, Qonunchilik palatasi qomitalarining majlislarida vazirliklar va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirokida dastlabki tarzda har tomonlama organib chiqilgan edi.

Majlis davomida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini kafolatlash masalalariga qaratilayotgan katta etibor alohida takidlab otildi. Bunga esa, birinchi navbatda, qonuniylikni, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va sudlar faoliyatida qonun ustuvorligini taminlash orqali erishish mumkin. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun muayyan choralar korilmoqda. Xususan, songgi oylarda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari togrisida»gi, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari togrisidagi farmonlari qabul qilindi.

Amaliy muloqot chogida parlament quyi palatasi azolari Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida amaldagi qonun hujjatlarining takomillashtirilishi fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taminlash mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilganligini qayd etib otdilar. Hozirning ozidayoq mazkur qarorlar xalq tomonidan kotarinki ruh bilan qabul qilinib, bu haqda mamlakatimizning turli hududlariga bolgan tashriflar chogida deputatlar muloqot qilgan minglab fuqarolarimizning fikrlari guvohlik bermoqda.

Shu sababli deputatlar qonun loyihalarini hududlarda mavjud bolgan muammolarni hal etish, odamlarning turmush sifatini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarining erkin faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishni kozlab muhokama qildilar. Buning uchun, birinchi navbatda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari barcha institutlarining samarali faoliyatini taminlashda hakam ornini tutuvchi sud tizimining ishi aniq, bir maromda borishi zarur.

Parlament azolari takidlaganlaridek, sud tizimi benuqson ishlashi kerak. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Sudlar togrisidagi qonunga va bir qator protsessual kodekslarga kiritilayotgan, yangidan tashkil etilayotgan mamuriy va iqtisodiy sudlarning tegishli huquqiy bazasini yaratishi va, shu bilan birga, qabul qilingan sud hujjatlarini qayta korib chiqishga doir bir-birini takrorlovchi instansiyalarni chiqarib tashlagan holda ishlarni korib chiqish tartibini soddalashtirishi lozim bolgan ozgartish va qoshimchalar aynan shunga qaratilgan. Shuningdek, deputatlar tomonidan Ozbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi togrisidagi qonun qabul qilindi. Bugungi kunga qadar Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlariga tavsiya etish boyicha oliy malaka komissiyasi sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taminlash siyosatini amalga oshirayotgan, sud kadrlarini tanlash va joylashtirish uchun masul organ deb hisoblanar edi. Bunda Komissiya, aniq huquqiy maqomga ega bolmagan holda, oz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshirardi, sudyalarga nisbatan intizomiy javobgarlik togrisidagi ishlarni qozgatish, sudyalarni ragbatlantirish chora-tadbirlari tashabbusi bilan chiqish yuzasidan vakolatlarga ega bolmagan. Mazkur qonun ushbu kamchiliklarning ornini toldirishga va konstitutsiyaviy organ maqomi ham berilib, tashkil etilgan Ozbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining faoliyatini tartibga solishga qaratilgan.

Umuman olganda, majlis davomida takidlanganidek, ozgartish va qoshimchalar kiritilganidan song yagona oliy organ – Oliy sud rahbarligida sudlar faoliyatining, mamuriy sud ish yurituvi hamda xojalik ish yurituvining orniga iqtisodiy ish yurituvining mustahkam huquqiy asoslari yaratiladi.

Muhokama qiziqarli bahs tarzida otgan bolib, bu kun tartibiga kiritilgan qonun loyihalarini har tomonlama korib chiqish imkonini berdi.

Songra, deputatlar konstitutsiyaviy vakolatlariga muvofiq siyosiy partiyalarning 2016 yilda oz faoliyatini moliyalashtirish manbalari togrisidagi hisobotlarini eshitdilar. Ushbu masala boyicha barcha siyosiy partiyalar rahbarlari sozga chiqdilar. Takidlanganidek, songgi yillarda eng muhim davlat masalalarini hal etishda siyosiy partiyalarning roli va tasiri, shuningdek, ularning parlamentdagi faoliyati sezilarli darajada kuchaydi. Bunga siyosiy partiyalarni rivojlantirish, ular faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan yaratilgan mustahkam huquqiy baza imkon berdi. Deputatlar siyosiy partiyalarning moddiy-moliyaviy, tashkiliy-kadrlar, boshqa imkoniyatlari oz dasturiy maqsadlari va vazifalarini amalda ijro etishda katta ahamiyatga ega ekanligini qayd etib otdilar, shuning uchun ularni hamma bilishi va ularning ochiq bolishi juda muhimdir.

Muhokama davomida bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda deputatlar siyosiy partiyalarning 2016 yilda oz faoliyatini moliyalashtirish manbalari togrisidagi hisobotlarini malumot uchun qabul qildilar.

Majlis davomida deputatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalarni ham korib chiqdilar.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasining Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: