O'zb  
 
14.03.2017

IXTISOSLASHTIRILGAN TIBBIYOT MARKAZLARINING FAOLIYATI PARLAMENT NAZORATIDA

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, fuqarolarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishlarini ta’minlash masalalari davlat siyosatining ustuvor yonalishlaridan biri sifatida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning doimiy diqqat-etiborida bolib kelmoqda.

Mazkur masalaning muhimligi va dolzarbligini hisobga olgan holda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari sogliqni saqlash tizimi holatini, xususan, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini sifat jihatidan yaxshilash ustidan tasirchan parlament nazoratini ornatish jarayonlariga faol kirishdi.

2017 yilning 13 mart kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi yigilishi bolib otdi. Deputatlar akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya va Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazlarining faoliyatini muhokama qildi.

Takidlash lozim, yigilishdan avval parlament azolari joylarda haqiqiy holatni chuqur organdi. Deputatlar yuqorida korsatilgan tibbiyot muassasalari faoliyatining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq kelishi, xususan, fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga bolgan huquqining amalga oshirilishini tahlil qildi.

Deputatlar oz chiqishlarida tibbiyot muassasalari tomonidan qonun hujjatlari talablari yetarli darajada ijro etilmayotganligi, Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalar sust bajarilayotganligi kabi qator masalalarga etibor qaratdi. Ushbu sohada fuqarolarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini taminlash, tibbiy xizmatlarning qimmatligi hamda hududlarda muassasalar filiallarining mavjud emasligi bois xizmatlardan foydalanish imkoni yoqligi bilan bogliq bir qator masalalar kotarildi. Har bir ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi respublikamiz hududlarida oz filiallarini rivojlantirishga doir dasturlariga ega bolishi, jahon miqyosidagi yetakchi tibbiyot markazlari bilan mustahkam aloqalar ornatishi, markazlarning ixtisoslashuvi yonalishlari boyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishi lozimligi qayd etildi.

Majlisda deputatlar ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini sifat jihatidan yaxshilash, qonun hujjatlari va unga doir huquqni qollash amaliyotini takomillashtirish muhimligini takidlab otishdi.

Majlis yakuniga kora, Qonunchilik palatasi tibbiyot sohasini rivojlantirish borasidagi dolzarb vazifalar batafsil belgilangan tegishli qaror qabul qildi. Ushbu vazifalarning ijro etilishi ustidan deputatlar tomonidan samarali parlament nazorati taminlanadi.

Ozbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: