O'zb  
 
25.02.2017

DEPUTATLAR QONUN LOYIHALARINI KORIB CHIQDILAR

24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bolib otdi.

Deputatlar fuqarolar, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini korib chiqdilar.

Parlament quyi palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalar siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ozbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining, Qonunchilik palatasi qomitalarining majlislarida vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirokida dastlabki tarzda muhokama qilingan edi.

Deputatlar oz ishlarini Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida»gi farmonini ijro etish maqsadida hamda 2017 yilga moljallangan Soliq va byudjet siyosati konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun loyihasini birinchi oqishda muhokama qilishdan boshladilar.

Takidlanganidek, bugungi kunda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini isloh qilish jarayoni sifat jihatidan yangi bosqichga kotarildi hamda yagona kompleks hujjat — 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi asosida otkazilmoqda. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish alohida yonalish sifatida belgilangan. Rivojlangan iqtisodiyot barcha boshqa sohalarni takomillashtirishning muhim omili sifatida korib chiqilmoqda. Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish zarur ekanligi qayd etib otildi, bunga esa moliyaviy va soliqqa doir masalalarni samarali hal etish orqali erishiladi.

Shu sababli qonun loyihasida tolovga oid tartib-intizomni, soliqqa oid maslahatlar berish sohasida korsatiladigan xizmatlar sifatini, xorijiy investitsiyalarga ega bolgan korxonalarning huquqlari va ular faoliyatining kafolatlarini taminlash nazarda tutilmoqda. Qonun loyihasini tayyorlash chogida amalda mavjud bolgan muammolar tahlil etildi, Avstriya, Germaniya, Italiya kabi davlatlarning hamda MDHdagi bir qator mamlakatlarning tajribasi organilib, bu pirovardida hujjatning sifatini yaxshilash imkonini berdi.

Ushbu qonunning qabul qilinishi tadbirkorlik sohasini jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga, soliqqa oid maslahatlar berish masalalarini huquqiy jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taminlashga doir qoshimcha chora-tadbirlarning qabul qilinishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun loyihasi birinchi oqishda korib chiqildi. Qayd etib otilganidek, ushbu qonunning qabul qilinishi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktabrdagi Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari togrisidagi farmonida mavjud bolgan normalarning amaliyotga tatbiq etilishini taminlaydi.

Qonun loyihasida Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik- protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslariga va Sudlar togrisidagi hamda Prokuratura togrisidagi qonunlarga Xabeas korpus institutini qollash sohasini yanada kengaytirishga, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirishga qaratilgan ozgartish va qoshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Korib chiqilayotgan qonun loyihasining qabul qilinishi sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, qonun ustuvorligini taminlash bilan bir qatorda sud, huquqni muhofaza qiluvchi hamda nazorat qiluvchi organlar faoliyatining samaradorligi va eng muhimi, aholining odil sudlovga bolgan ishonchi ortishiga xizmat qiladi. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taminlash, jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash borasida aynan ana shu mezon asosiy hisoblanadi.

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, sud-huquq tizimini yanada isloh qilishni taminlash mamlakatimiz Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yonalishi hisoblanadi, deydi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qomitasi azosi, OzXDP fraksiyasi azosi Shuhrat Mamajonov. Kiritilayotgan ozgartish va qoshimchalarga muvofiq jinoiy jazolar tizimiga majburiy jamoat ishlarining kiritilishi munosabati bilan qamoq tariqasidagi jinoiy jazo bekor qilinadi. Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlab turish, qamoqqa olish va uy qamogi tarzidagi ehtiyot choralarini qollash, dastlabki tergov, shuningdek, fuqarolik ishi boyicha sud qarorini nazorat tartibida qayta korib chiqish muddatlari qisqartirilmoqda.

Mazkur huquqiy hujjatlarni muhokama qilish chogida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ozbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi vakillari sozga chiqdilar va qonun loyihalari birinchi oqishda qabul qilindi.

Songra deputatlar Bankrotlik togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuniga kreditorlar va qarzdorlarning sud orqali himoya qilinishga bolgan huquqini taminlashga qaratilgan ozgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ikkinchi oqishda korib chiqdilar. Bundan buyon bankrotlik togrisidagi ishda kelishmovchiliklarni korib chiqish natijalari yuzasidan sudning apellatsiya instansiyasi chiqargan qarorlar qayta korib chiqilishi lozim, yani yuqori turuvchi instansiyalarga sudlarning qarori ustidan shikoyat qilinishi mumkin.

Umuman olganda, bugungi kunda parlament quyi palatasidagi qonun ijodkorligi faoliyati jarayoni nazorat-tahlil tadbirlarining, deputatlar tomonidan ishlarning haqiqiy ahvoli va aholi ehtiyojlarini joylarga chiqib shaxsan organish natijalarini hisobga olgan holda tashkil etilayotgani, bu esa Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida, ayniqsa, dolzarb ekanligi takidlandi.

Majlis davomida deputatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalarni ham korib chiqdilar.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasining Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: