O'zb  
 
28.01.2017

GOLIBLAR TAQDIRLANDI

Oliy Majlis Senati, Qonunchilik palatasi hamda Adliya vazirligi tomonidan jamiyatda huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish boyicha belgilangan kompleks chora-tadbirlar rejasi hamda tegishli idoralararo kengashning qarori asosida Oliy sud tomonidan «Sud-huquq islohotlari — jurnalist nigohida» korik-tanlovi e’lon qilingan edi.

Kuni kecha tanlov goliblari taqdirlandi. Aytish kerakki, mazkur korik-tanlov sudlar faoliyatining ochiqligi hamda shaffofligini taminlash, ommaviy axborot vositalarida sud-huquq sohasidagi islohotlarni, qabul qilingan qonun hujjatlarini keng targib qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega.

Tanlov nizomiga muvofiq, hakamlar hayati tomonidan ijodiy ishlar tanlangan mavzuga taalluqliligi, mahorat bilan bayon etilganligi, aniq va ishonchli dalillar bilan ochib berilganligi, sud-huquq sohasidagi islohotlar yoritilganligi, materiallarda tahlil, taqqoslash va xulosalarning mavjudligi kabi talablar asosida baholandi. Shu asosda Eng yaxshi maqola, Eng yaxshi telekorsatuv, Eng yaxshi radioeshittirish, Eng yaxshi internet material nominatsiyalari boyicha goliblar aniqlanib, maxsus diplom va qimmatbaho sovgalar bilan taqdirlandi.

Ravshan SHODIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.