O'zb  
 
21.01.2017

PARLAMENT KOMISSIYASI YIGILISHI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qollab-quvvatlash jamoat fondi mablaglarini boshqarish boyicha Parlament komissiyasi yigilishi bolib otdi. Unda komissiya a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Parlament komissiyasi raisi A.Saidov va boshqalar mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari, manfaatlari himoya qilinadigan kuchli fuqarolik jamiyati rivojlanayotganini takidladi. Jamiyatda roy berayotgan ijobiy ozgarishlar va erishilayotgan yutuqlarda fuqarolik jamiyati institutlarining munosib hissasi bor.

Yigilishda Parlament komissiyasi va jamoat fondining 2016 yildagi faoliyatiga oid hisoboti loyihalari hamda 2017 yilda amalga oshirishi zarur bolgan ustuvor vazifalari muhokama etildi.

Parlament huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qollab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 2016 yilda NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qollab-quvvatlash, ularning turli ijtimoiy loyihalarini amalga oshirish maqsadlari uchun davlat byudjetidan 11 milliard som ajratilgan.

Aytib otish kerakki, 2016 yilda turli yonalishlarni qamrab olgan 7 tanlovga davlat granti ajratilgan. Ularda 1 ming 428 loyiha, jumladan, 1 ming 264 NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari qatnashgan. Shundan 254 ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha va dasturga 6 milliard somdan ziyod mablag yonaltirilgan.

«Soglom ona va bola yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy sherikligini taminlashga alohida etibor qaratilgan. Bu borada davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida 13 loyiha uchun 2,3 milliard som ajratilgan. NNTlarni davlat subsidiyasi shaklida qollab-quvvatlash maqsadida 3,5 milliard somga yaqin mablag ajratilgan.

Umuman, NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 275 loyiha va dasturlarini davlat granti, ijtimoiy buyurtma va subsidiya shaklida qollab-quvvatlashga ajratilgan mablaglar 12,2 milliard somga yetgan.

Yigilishda amalga oshirilayotgan ishlar mohiyatini ochib berish, ularni xalqqa tolaqonli yetkazish zarurligiga etibor qaratildi. Yol qoyilayotgan kamchiliklar aytilib, ularni bartaraf etish choralari belgilandi.

N.ABDURAIMOVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: