O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
13.12.2016

OLIY MAJLIS SENATIDA

«Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘grisida»gi qonun korib chiqiladi

Hech kimga sir emaski, bugungi kunda jahon miqyosida hal etilishi lozim bolgan asosiy masalalardan biri korrupsiya muammosidir. Negaki, ushbu illat taraqqiyot yoliga jiddiy tosiq bolib, jamiyat rivoji, sohalar yuksalishiga bevosita tahdid tugdiradi. Shu bois mamlakatimizda unga qarshi kurash choralarini kuchaytirish, bu illatni tag-tomiri bilan yoqotish, bu boradagi huquqiy asoslarni yanada mustahkamlashga jiddiy e’tibor qaratilyapti.

Xabaringiz bor, bugun Oliy Majlis Senatining sakkizinchi yalpi majlisi bolib otadi. Unda mamlakat siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha sohalarini bosqichma-bosqich isloh qilishga hamda erkinlashtirishga qaratilgan bir qator qonunlar, xususan, Korrupsiyaga qarshi kurashish togrisidagi qonun korib chiqiladi.

Ushbu qonun loyihasi dastlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasida soha mutaxassislari, ekspertlar va siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda deputatlar guruhi ishtirokida qizgin muhokama qilindi, ularning pozitsiyalari shakllantirildi. Qonunni qabul qilish jarayonida ular har tomonlama hisobga olindi.

Xosh, qonunning mazmun-mohiyati nimadan iborat

Dilmurod Sadullaev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi:

— Avvalo, takidlash kerakki, mazkur qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni toliq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini taminlashga qaratilgan.

Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari belgilangan. Uning ahamiyatli tomonlaridan yana biri shundaki, korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha idoralararo komissiyalarning huquqiy kafolatlari belgilangan.

Ushbu komissiyalar korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun tashkil etiladi. Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning faoliyat tartibi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Qoraqalpogiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida hududiy idoralararo komissiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.

Komissiyaning asosiy vazifalariga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini taminlash kiradi. Shuningdek, u aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, komissiya yana qator vakolatlarga ega.

Bunyod Eshonqulov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi:

2008 yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. 2010 yilda esa Korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha Istanbul harakat rejasiga qoshilgan. Shu bois bu boradagi huquqiy asoslarni yanada takomillashtirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish togrisidagi qonun qabul qilindi.

Aytish kerakki, qonunda jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya holatlariga toliq barham berish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, korrupsiya jinoyatlarining oldini olishga etibor qaratilgan.

Masalan, qonunda belgilanganidek, davlat organlari va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish boyicha zarur choralar koradi.

Yana bir muhim tomoni, qonunda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik ham belgilangan. Unga asosan huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar sudning qaroriga kora, muayyan huquqlardan, shu jumladan, muayyan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum etilishi mumkin. Yuridik shaxslar ham korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bolishi belgilangan.

Qonunning qabul qilinishi korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat va jamiyat rivojiga tosiq bolayotgan muammolarni bartaraf etishga keng yol ochadi, deb oylayman.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.