O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
10.12.2016

MUHIM QONUN LOYIHALARI QABUL QILINDI

6 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib otdi. Unda jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolarning, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonun loyihalari qabul qilindi.

Parlament quyi palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalar avvalroq tegishli tartibda Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yigilishida ham vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Fraksiya a’zolari dastlab «Ozbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash togrisida»gi qonun loyihasini atroflicha korib chiqishdi. Takidlanganidek, prokuratura organlari xodimlarining kasb bayramini belgilash prokuratura organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, xizmat vazifalarining vijdonan bajarilishini ragbatlantirishga xizmat qiladi.

Shundan song deputatlar Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun loyihasini muhokama etdi.

Yurtimizda xususiy mulk daxlsizligini himoya qilishning ishonchli tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yaratilmoqda. Xususiy mulkni himoya qilish, ishbilarmonlik muhiti va biznes yuritish shart-sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi va ular samarali amalga oshirilmoqda.

Joriy yil 5 oktabr kuni qabul qilingan tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bu yonalishdagi izchil islohotlarning mantiqiy davomi boldi.

— Mazkur farmonni amalga oshirishga qaratilgan qonun loyihasi tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashuvlar, jinoyat ishlari boyicha taftishlar otkazishni aniq tartibga solishni nazarda tutadi, deydi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Shuhrat Mamajonov. Unda moliyaviy-xojalik faoliyatini amalga oshirish chogida zararning orni qoplangan va huquqbuzarlik oqibatlari ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan taqdirda, birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkorlik subyektlari, xodimlari, shuningdek, davlat royxatidan otkazmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan shaxslarni yetkazilgan javobgarlikning barcha turlaridan ozod etish masalalari nazarda tutilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanish huquqidan mahrum etish tarzidagi jinoiy jazoni qollashga taqiq belgilanyapti.

Mazkur hujjatda nazarda tutilayotgan meyorlar xususiy mulk va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Natijada aholi bandligini taminlash, ularning turmush sharoitini yanada yaxshilash imkoniyati ortadi. Bu, albatta, partiyamiz elektorati manfaatlariga toliq mos keladi.

Deputatlar Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga moljallangan asosiy yonalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun loyihasini ham qollab-quvvatlashdi.

Qonun loyihasiga kora, Fuqarolarning davlat pensiya taminoti togrisidagi, Lizing togrisidagi, Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari togrisidagi qonunlarga, shuningdek, Soliq kodeksiga ozgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda, deydi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Qahramon Mirzayev. Mazkur ozgartishlar kelgusi yilga moljallangan soliq va byudjet siyosatining tasdiqlangan konsepsiyalarini amalga oshirish, qonun hujjatlaridagi ayrim meyorlarning aniqlashtirilishi va bir xil qollanilishini taminlash boyicha huquqiy shart-sharoitlar yaratish bilan bogliqdir.

Ushbu qonunlar parlament Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuboriladigan boldi.

Deputatlar, shuningdek, birinchi oqishda muhokama etilgan Intellektual mulk togrisidagi qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga qoshimcha va ozgartishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi yuzasidan oz taklif-mulohazalarini bildirishdi.

Ushbu hujjat loyihasida tovar bozorlarida noqonuniy raqobatga qarshi yanada samarali kurashish masalalari nazarda tutilgan, deydi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Ahad Ahmedov. Gap shundaki, ayrim hollarda intellektual mulk egalarining mahsulot belgilaridan noqonuniy foydalanish holatlari uchrab turadi. Mazkur qonun loyihasida ularning huquqlarini yanada ishonchli himoya qilishga qaratilgan meyorlar belgilanmoqda. Ularning amaliyotga joriy etilishi tadbirkorlik subyektlariga royxatga olingan tovar belgilari togrisidagi axborotlardan bemalol foydalanish, tegishli sud qarorlarining yanada aniq va bir xilda ifodalanishini taminlash imkonini beradi.

Qizgin mulohazalarga boy tarzda otgan yigilishda boshqa huquqiy hujjatlar ham elektorat manfaatlaridan kelib chiqib, muhokama etildi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: