O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
03.12.2016

OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASIDA UCHRASHUV

O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish jarayonini kuzatish uchun mamlakatimizga kelgan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati bilan tanishdi.

Parlament quyi palatasi deputatlarining Qozogiston Respublikasi Parlamenti Majlisi (quyi palata) deputatlari Kudaybergen Yerjan, Faxriddin Karatayev, Germaniya Bundestagi xalqaro hamkorlik boyicha yetakchi eksperti Andreas Yan, Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisining orinbosari Ilyas Umaxanov, Belgiya faxriy senatori Dominik Tilmans xonim va Belgiya parlamenti vakillar palatasi a’zosi Veli Yuksel bilan uchrashuvlari bolib otdi.

Uchrashuvlarda mehmonlarga Ozbekistonning ikki palatali parlamenti faoliyati togrisida batafsil malumot berildi. Parlamentlararo hamkorlikka doir masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Xalqaro kuzatuvchilar Ozbekistonda saylovga yuksak darajada tayyorgarlik korilgani, Markaziy, okrug, uchastka saylov komissiyalari samarali faoliyat korsatayotganiga guvoh bolayotganini takidladi. Aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va birinchi marta ovoz berayotgan yoshlar keng qamrab olingani etiborga sazovor.

Mehmonlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni qollab-quvvatlashini, ozaro hamkorlikni yanada rivojlantirishda manfaatdor ekanliklarini qayd etdi. Ozbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik xalqimizning eng katta yutugi bolib, bunday mamlakatda taraqqiyot, demokratiya bardavom rivoj topaveradi, deb takidladi mehmonlar.

S.SHOYEVA,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.