O'zb  
 
17.11.2016

OCHIQLIK INDEKSI SAMARADORLIKNI OSHIRISHGA XIZMAT QILADI

Toshkent shahrida parlament quyi palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boyicha Jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda seminar otkazdi.

«Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi monitoringini olib borish va uni baholash tizimini amalga oshirish tartiblari hamda mexanizmlari» mavzusidagi seminarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari va axborot xizmati xodimlariga uslubiy tavsiyalar berildi. Axborot sohasida ochiqlikni taminlashda namuna bolayotgan yetakchi davlat organlari faoliyati bilan doimiy ravishda tanishtirib borish masalasiga alohida etibor qaratildi.

Ishtirokchilar Jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi monitoringini olib borish va uni baholash metodikasi bilan tanishishdi.

Ushbu metodika asosida joriy yildan boshlab davlat organlarining ochiqlik boyicha qonun va qoidalarni amalga oshirish sifatini aks ettiruvchi ochiqlik indeksining umumiy korsatkichi elon qilib borilishi takidlandi. Albatta, bunday tartib davlat idoralarining zamonaviy demokratik tamoyillar asosida yanada samarali faoliyat korsatishida, fuqarolarimizning axborot sohasidagi huquqlari taminlanishida dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Oz muxbirimiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: