O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2021   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
03.12.2020

DAVLAT BYuDJETIDA OChIQLIKNI TAMINLASh KERAK

Xalq demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining yig‘ilishi bolib otdi. Unda deputatlar ?021 yil uchun Ozbekiston Respublikasining Davlat byudjeti togrisida»gi qonun loyihasini ikkinchi oqishda muhokamadan otkazdi.

Dastlabki muhokamada aholi turmush darajasini oshirish, yangi ish orinlari yaratish, aholi bandligi va daromadlari osishini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qilish 2021 yilda davlat siyosatining asosiy yonalishlari sifatida belgilanayotgani hisobga olinib, fraksiya azolari bunday siyosatni qollab-quvvatlashlarini malum qilgan edi.

Buning uchun aniq, shu bilan birga, partiya elektorati manfaatlariga xizmat qiladigan asoslar, raqamlar bor. Xususan, 2021 yilda Davlat byudjetining ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qollab-quvvatlash xarajatlariga jami 86 trln. 379 mlrd. som, 2020 yilgi tasdiqlangan parametrlarga nisbatan 15 foiz kop rejalashtirilmoqda. Fraksiya azolari bu pandemiya davrida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan, daromadidan vaqtincha ayrilgan oilalarni ijtimoiy tang ahvolga tushib qolishdan himoyalashda dolzarb ahamiyat kasb etishini alohida takidlashdi.

Fraksiya azolari xalq talimi, dori-darmon xarajatlarini aniq korsatish, byudjet ijrosi shaffofligini taminlash boyicha bergan takliflarning aksariyati hisobga olingani qayd etildi.

Shu bilan birga, deputatlar mamlakatda ijtimoiy barqarorlikni taminlash uchun katta mablaglar yonaltirilayotgan paytda byudjet intizomini qatiylashtirish, ochiqlikni taminlash tartibiga amal qilish zarurligini takidlashdi.

Chunki, Davlat byudjeti ijrosi haqidagi malumotlar ochiqlanmasa, vazirlik, hokimliklarning rasmiy saytlariga joylashtirilmasa, jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish qiyin boladi. Shaffoflik tartibiga amal qilmasdan, byudjet mablaglari togri va samarali sarflanishini taminlash mumkin emas. Bu masalada dunyo yurgan yoldan yurishimiz kerak, deyishdi deputatlar.

Ammo hukumat byudjet ijrosi boyicha shaffoflikni taminlab bera olmayapti. Joriy yilda 58 vazirlik va idoralardan 33 tasi byudjet ijrosi boyicha hisobotlarni oz saytlariga umuman joylashtirmay, 2020 yil uchun Ozbekiston Respublikasining Davlat byudjeti togrisidagi qonun bilan belgilangan talabni bajarmagan. 200 ga yaqin tuman-shahar hokimiyat organlaridan esa hech biri 2020 yil byudjet ijrosi boyicha hisobotlarni veb-saytlariga joylashtirmagan.

Fraksiya azolari bunday holat bilan umuman murosa qilib bolmasligini, byudjet shaffofligi boyicha mansabdorlarga jazo choralarini kuchaytirish shart, degan qatiy fikr bildirishdi.

Shu asosda “Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida”gi qonuni loyihasiga fraksiya taklifi tayyorlandi.

Hukumat kiritgan mazkur qonun loyihasiga kora, Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksga (1757-modda) byudjet jarayonining ochiqligini taminlash tartibini buzgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorda jarima solishga sabab bolishi belgilanmoqda.

OzXDP fraksiyasi azolari gap Davlat byudjeti ijrosi, millionlab fuqarolar huquqlari haqida ketganda, bunday jarima mansabdorlarga juda yengil jazo boladi, degan qatiy fikrni bildirishdi. Bu esa byudjet mablaglari ishlatilishida shaffoflik va ochiqlikni taminlashga xizmat qilmaydi, aksincha, byudjet mablaglarining ishlatilishi ustidan jamoatchilik nazoratini ornatish imkoniyatlarini yoqqa chiqaradi. Natijada byudjet ijrosida kamchiliklar, suiistemolchilik va korrupsiya holatlariga yol ochiq bolib qolaveradi.

Shuning uchun OzXDP fraksiyasi azolari byudjet jarayonining ochiqligini taminlash tartibini buzayotgan mansabdorlarga jazoni ogirlashtirishni taklif etishdi.

Xususan, Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksga byudjet jarayonining ochiqligini taminlash tartibini buzgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan on baravarigacha miqdorda jarima belgilash, xuddi shunday huquqbuzarlik mamuriy jazo chorasi qollanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bolsa, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining on baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima qollash taklif qilindi.

Yigilishda boshqa bir qator qonun loyihalari partiya dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, muhokama etildi va tegishli takliflar bildirildi.

Ozbekiston XDP

Markaziy Kengashi Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: