O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
23.09.2020

Qizilgul QOSIMOVA: Qonun ijodkorligi katta masuliyat hamda majburiyatdir

Gazetamizda mazkur rukn ostida suhbatlar berar ekanmiz, gazetxonlar bilan birga o‘zimiz ham Qonunchilik palatasi deputatlarining bizga notanish jihatlarini kashf etib boryapmiz. Qizilgul QOSIMOVAni avvaldan kopchilik yaxshi taniydi. Mahalliy Kengash deputati sifatida faoliyat yuritgan kezlaridanoq tashabbuskorligi, faolligi bilan kozga tashlangan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatida ham ozining fikr-mulohazalari, takliflari bilan e’tibor qozonib kelmoqda. Uning aytishicha, qonun ijodkori bolish juda masuliyatli vazifa. Doim oqish, organishni talab etadi.

— Keling, shifokor Qizilgul Qosimovani deputatlik faoliyatiga yonaltirgan sabablar bilan suhbatimizni boshlaymiz.

Tortinchi sinfdaligimdanoq bolalar shifokori bolaman, deb niyat qilganman. Bunga sabab buvim doya bolgani, deb oylayman. U mening dunyoga kelishimda ham doyalik qilgan va men uyda tugilgan ekanman. Ota-onam ishlagani sababli, koproq buvimning yonida yurganman. Buvim chaqaloqlarni qoliga olib erkalaganlarini kop korganman. Shundanmi, bolalar shifokori bolishni oylaganman. Lekin oilamizda hamma pedagog edi. Taqdir taqazosi bilan akusherlikka oqidim.

2000 yilgacha tashkilotchilik borasida deyarli hech qanday maqtanishga arzigulik ishim bolmagan. Lekin bosqichma-bosqich yetib kelgan ornim, rahbarlik lavozimida ishlaganimdan keyin butunlay boshqacha gayrat bilan faoliyatimni davom ettirishga togri keldi. Natijada istaysizmi, yoqmi, qonunchilikdagi har bir ozgarish, meyoriy-huquqiy hujjatlarni organish, yangiliklardan xabardor bolib borish talab etiladi. Yaxshi tomoni shundaki, bu jarayon bevosita siyosat olamiga meni yetakladi.

Tan olib aytish kerakki, viloyat Kengashi deputati sifatida avvaliga u qadar etibor bilan ishlamadim. Chunki shifokor bolib, bir necha insonning hayotini asrab qolishga, sogligini tiklashga yordam berish mumkin. Keyinchalik hayotiy, zarur va togri qonunlar ishlab chiqilish bilan esa butun bir jamiyat hayotiga tasir qilish mumkinligini tushundim. Ana shunda vrachlar siyosatdan uzoq boladi, degan qarashim xato ekanini anglab yetdim. Chunki har bir soha borki, bevosita siyosat bilan aloqador. Biror bir tashkilot ishini yuritishda ham oziga xos siyosat kerak. Hatto har bir oilaning oz tartib-qoidasi, meyorlari belgilangan. Bu ham siyosatning bir korinishi. Demak, jamiyatda hech kim siyosatdan ayro emas.

Insonlar salomatligiga doir kop muammolarni samarali hal etish uchun yaxshi siyosatchi bolishim kerakligini tushundim. Qarabsizki, oz-ozidan maqsadlarim qamrovi kengaydi. Aholi salomatligining bor yogi 15 foizigina sogliqni saqlash tizimiga bogliq boladi. Qolgani ijtimoiy omillar, yashash muhitiga bogliq. Bu jihatlarni organish jarayonida siyosatning ichiga qanday kirib ketganimni bilmay qoldim. Muhimi, odamlarning salomatligini asrash bilan bogliq qayta-qayta tushuntirishlardan kora, qonunan belgilangan meyorlar samaraliroq ekanini kordim. Natijada deputat sifatida atrofdagilarga koproq naf keltirishim mumkin, degan toxtamga keldim.

Shu orinda savol tugiladi: nega nomzodingiz ozingiz yashaydigan hududdan emas, boshqa joydan korsatildi?

Bilasizmi, 30 yildan koproq vaqt Olmaliqda ishlaganman. Viloyat deputati sifatida faoliyat olib borganimda ham u yerning pastu balandi, muammolari va kamchiliklarini yaxshiroq bilganim uchun ularni hal qilish oson kechgan. Shu sababli oz hududimdan nomzodim korsatiladi, deb oylagan edim. Bostonliq okrugidan nomzodim qoyilganini eshitib, togrisi, qorqib ketganman. Viloyat partiya kengashi raisiga Bostonilqda meni hech kim tanimasligini, ishlarimdan bexabar ekanini, kurashish besamarligini aytganimda tanbeh eshitdim. Anchadan buyon viloyat miqyosida ishlayotganimni, tashabbus va takliflarimni boricha korsatishim kerakligini takidladi.

Saylovoldi uchrashuvlarida aholi vakillari bilan gaplashdik. Oz dasturimizni ularga tanishtirish bilan birga, hamyurtlarimizni qiziqtirgan savollarga javob berdik. Men bilganimcha, lekin samimiy javob berishga harakat qildim. masalalarni ham organdik. Kutmagandim, desam ishonmassiz, lekin bu rost. Endi ishonchni oqlashim kerak.

Parlament deputati bolish tasavvuringizda qanday edi? Bugun qanday fikrdasiz?

Ochiqchasiga gaplashaylik, deganingiz uchun togrisini aytaman. Avvallari shu tepada otirganlar nima ish qilar ekan, deb oylardim. Xop, Senatdagilar malum bir joyda ishlaydi. Lekin Quyi palatadagilar kun boyi nimalar qilisharkin, degan savol bolardi. Biroq mana, endi bilyapmanki, Qonunchilik palatasi deputatining ishi son-sanoqsiz ekan. Qonun loyihasi ustida ishlash degani aytishga oson. Qanchalab hujjatlarni oqib, solishtirib chiqishga togri keladi. Hayotdagi turli muammolarni hisobga olishga togri keladi. Buning uchun esa hayotning ozini organish kerak boladi.

Qonunchilik palatasida turli soha mutaxassislari jamlangan. Har bir yigilishda, majlislarda takliflar aytiladi, fikrlar bildiriladi. Ana oshalardan albatta nimadir organaman. Xulosa chiqaraman. Lekin ozim hali biror narsani qotirib qoyganim yoq. Qonun ishlab chiqqanim yoq. Hattoki, fikrlar bildirishda ham yetti olchab bir kesishga amal qilyapman.

Boisi qonun yaratish, qonun ijodkori bolish shu qadar ogir masuliyatki, buni zimmaga olish juda ham murakkabligini tushunib yetyapman. Sababi birgina soz, jumla yoki gap butun bir xalqning taqdiriga daxl qiladi. Jamiyat hayotini u yoki bu jihatdan ozgartirib yuborish kuchiga ega. Shu bois ayni paytda alohida qonun bilan ishlash borasida tavakkal qilmadim. Koproq etiborim, vaqtimni saylovchilar murojaatlari bilan ishlashga sarflayapman. Mukammal, puxta takliflar bilan aholi manfaatiga xizmat qiluvchi qonun ustida ishlash uchun biroz vaqt talab etiladi.

Har bir deputatning qalbida tugib qoygan niyati boladi. Siz qanday tashabbus va takliflarni ilgari surmoqchisiz? Nimalarni ozgartirishni istardingiz?

Aslida imkoniyat berildi, deb ayta olaman. Lekin biror bir masala yuzasidan toliq, atroflicha fikr bildirish imkonim bolmadi. Tan olaman, hali ozim bunga tayyor emasman. Chunki aytadigan sozimning yuki, zalvori, orni va arzirli ahamiyati bolishi zarur. Shunchaki gapirib qoyish bilan natijaga erishib bolmaydi.

Kasbimdan kelib chiqib, aholi salomatligini asrash chora-tadbirlarini yana mustahkamlashga hissa qoshishi ozimga majburiyat, deb bilaman. Ayniqsa, nogironlikning, erta tuguruqning oldini olish, ona va bola salomatligini asrash, umuman sogliqni saqlash sohasidagi meyorlar qatiylashishini istardim. Eng muhim masala har bir insonda salomatligi togrisida oz qaygurish konikmasini hosil qilish. Chunki tajribam davomida amin bolganmanki, agar inson oz salomatligi oziga, oilasiga, jamiyatga kerakligini anglab yetmasa, ming jon kuydiring, tushuntiring foydasi bolmaydi.

Shuning uchun ham bir masalani takror aytaman. Maktab darsliklariga inson tanasini, organizmini orgatuvchi fanlarni koproq kiritish kerak. Bolalik, osmirlik, yoshlik kabi otish davridagi ozgarishlar, yangi hayotga qadam qoyganda, nimalarga etibor berish kerak, er-xotin ortasidagi munosabatlar va boshqa masalalarda oqitishimiz zarur. Oshanda kishi ozini nimalardan va qanday himoya qilishni biladi. Bu esa koplab muammolarning oldini olishga xizmat qiladi. Chunki hamma narsaning profilaktikasi inson uchun ham, davlat uchun ham arzon tushadi.

Togri, ixtisoslashgan markazlar ham kerak. Ayniqsa, hozirgi murakkab sharoitda juda ham zarur. Lekin insonlar kasal bolmasligining, ozini himoya qilishining tarafdoriman. Qachonki, birlamchi zveno, yani poliklinikalar va ulargacha bolgan oraliq, odamlardagi tibbiy madaniyat masalalariga asosiy etibor qaratilmas ekan, muammo ildiz otib ketaveradi. Bu kabi masalalar hal bolmas ekan, shifoxonalarga, kadrlarga yuklama ortaveradi. Bemorlar kopayaveradi. Natijada joy, dori-darmon, eng yomoni, kadrlar taqchilligi yuzaga keladi. Norozilik ortadi.

Profilaktikani kuchaytirish, asosiy etiborni birlamchi boginga qaratish zarur. Asossiz ravishda QVPlar qisqartirilib, oilaviy poliklinikalar tashkil etildi. Bu esa qoshni qishloqdagi aholiga noqulayliklar tugdirdi. QVPlarni qayta tiklash, umumiy amaliyot shifokorlari sonini kopaytirish, kamida 10-15 yil tajribaga ega mutaxassislarni ushbu lavozimlarga qoyish lozim. Agar umumiy amaliyot shifokori bemorning har qanday savoliga javob bera oladigan, uni togri yonaltirish tajribasiga ega bolganida, kop narsada yutardik. Davlatning mablagi tejaladi, aholining vaqti ham, puli ham, sogligi ham himoyalangan bolardi. Ana shunda muammo kattalashmasdan, eng quyi bogindayoq yechim topa boshlaydi. Biz bunga hali tayyor emasmiz. Duragay kadrlarimiz kam. Vaziyatni izga solish uchun vaqt talab etiladi. Lekin ushbu jarayonga qanchalik erta kirishilsa, shuncha yaxshi, deb hisoblayman.

Kadrlar yetishmovchiligini bartaraf qilish bilan bogliq qanday takliflaringiz bor?

Oliy oquv yurtini bitirganlar, ayniqsa, tolov-kontrakt asosida oqiganlar istagan joyimda ishlayman deydi.Kopchiligi qishloqqa, tumanga borib ishlashni istamaydi. Bularni hal qilish uchun avval har bir hudud oziga kerakli kadrlar uchun kvotalar belgilanishi va shu asosda talabalarni yonaltirish lozim. Shuningdek, shartnoma yoki grant asosida oqishidan qatiy nazar ularga kamida uch yillik ishlab berish majburiyati yuklatilishi kerak. Ushbu choralar qishloq joylarda kadrlar yetishmovchiligini biroz bolsa-da kamaytiradi. Faqat ishlash uchun yetarli sharoitni yaratib berish zarur. Aks holda, hamma qochib ketaveradi.

Zamonaviy texnika, oddiy internet masalasi ham qishloqlarda muammo bolib turgan bir vaqtda tabiiyki, oqishni bitirgan yoshlar u joyga borib ishlashni istamaydi. Mana shu masalalar hal qilinsa, kadrlarga talab qoyish oson boladi.

Yana bir gap. Hududlarni organgan holda, tajriba almashish, ustoz-shogird ananasida faoliyat olib borishni yola qoyish zarur. Masalan, tajribali vrach oz hududidan boshqa bir hududga mehnat safari yoki boshqa bir qonuniy usulda 6 oy, bir yoki ikki yilga ishga jalb qilinishi yaxshi samara beradi. Hududlar ortasidagi nomutanosiblikni bartaraf etishga turtki boladi.

Dilingizga tugib qoygan gaplaringiz, fikrlaringiz bolsa, marhamat...

Bugungi kunning eng dolzarb mavzusi koronavirus haqida gapirmoqchiman. Aholi orasida har xil qarashlar, behuda vahimaga berilish yoki aksincha ortiqcha beparvolik yuzaga kelgan. Maktablarda, umuman talim tizimida onlayn oqitishga tarafdor emasman. Barcha sanitar talablarga amal qilgan holda, nazoratni kuchaytirib, oqishni davom ettirish kerak, deb oylayman.

Bir narsaga konikishimiz kerak. Bu virus odamlar orasida huddi gripp kabi yashab qolish ehtimoli yuqori. Shuning uchun odamlar ozini asragan holda yashashga konikishi zarur.

“Ozbeksiton ovozi” muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: