O'zb  
 
05.08.2020

HUJJATLARNI RAQAMLAShTIRISh VAQT VA MABLAG TEJASh IMKONIYaTIDIR

Kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bolib otdi. Videomuloqot shaklida otkazilgan yigilishda qator qonun loyihalari korib chiqildi.

Dastlab Arxiv ishi togrisidagi qonunga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan qizgin muhokama qilindi.

Oybarchin ABDULLAYeVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi a’zosi:

— Qonun loyihasiga kora, davlat ixtisoslashtirilgan arxivi tushunchalari qoshimcha tarzda kiritilmoqda. Tugatilgan tashkilotlar arxiv hujjatlarini tegishli arxivlarga, shu jumladan, nodavlat arxivlarini ham istisno qilmagan holda topshirish bilan ozgartirilmoqda. Shuningdek, qonun loyihasi bilan davlat arxivlari binolarini arxivlar tasarrufidan chiqarish normasi qatiylashtirilmoqda. Bundan tashqari, Ozbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlash huquqi berilgan ayrim vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlarda davlat ixtisoslashtirilgan arxivlarini tashkil etish mumkinligi nazarda tutilyapti. Davlat arxivlariga topshirilayotgan Milliy arxiv fondi hujjatlarining elektron bazalarini yaratish va ulardan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida tashkilotlar tomonidan hujjatlar davlat arxivlariga elektron nusxalari bilan birga topshirish belgilanmoqda.

Hozirgi zamonda arxiv hujjatlarini raqamlashtirish juda dolzarb masala. Shunday ekan davlat arxivlari bilan birga nodavlat arxiv tashkilotlari faoliyati rivojlanishi uchun huquqiy sharoit yaratish alohida ahamiyatga ega. Taklif etilayotgan loyihada tomonlar imkoniyatlari teng bolishi, professional yondashuv masalalari ham qamrab olinsa, yaxshi boladi.

Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartirish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun loyihasi fraksiya azolari diqqat markazida boldi.

Orol OROZBOYeV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Ushbu qonun loyiha Ozbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik tosiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari togrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Yol xaritasiga muvofiq ishlab chiqilgan. Qarorga kora, 2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 5 ta vakolatini bekor qilish, yana 11 ta vakolatini davlat boshqaruvi organlari hududiy bolinmalariga otkazish belgilangan. 28 turdagi hujjatlarni fuqarolardan talab etish bekor qilingan.

Byurokratik tosiqlar kamayishi ehtiyojmand aholi qatlami uchun, ayniqsa, muhim masala hisoblanadi. Chunki bunday fuqarolar turli suniy tosiqlar tufayli huquq va manfaatlariga erishishga qiynalishadi.

Masalan, Mehnat kodeksining 80-moddasiga asosan ishga kirayotgan shaxsdan talab qilinadigan hujjatlar royxatidan turar-joydan malumotnoma sorash talabi bekor qilinmoqda. Buning natijasida mehnat shartnomalarini tuzishda ortiqcha sansalorliklar kamayadi.

Muhimi, qogozbozlik natijasida sarflanayotgan mablaglar, vaqt tejab qolinadi. Mayda kamchiliklardan bezor bolib, hujjat masalasini chetga surib qoyayotgan aholi vakillari uchun qoshimcha qulayliklar yuzaga keladi.

Yelena BABENKO, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Bugun biz qator loyihalarni korib chiqdik. Ularning har birida partiyamiz elektorati manfaatlarini ifodalashga harakat qildik. Masalan, «Ozbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida»gi qonun loyihasiga ham fraksiyadoshlarimiz tomonidan turli takliflar, firk-mulohazalar bildirildi.

Aytish kerakki, Shaharsozlik kodeksi hozirgi zamon qonunchiligi va munosabatlarini hisobga olgan holda tubdan takomillashtirilmoqda. Xususan, hayot va amaliyot bilan bevosita bogliq bolmagan umumiy mazmundagi tushuncha va meyorlar chiqarib tashlanib, yangilariga aniqlik kiritilmoqda. Boblar va moddalarda ham bir qator ozgartirish hamda qoshimchalar orin olgan. Kodeksning aniq va mukammal bolishi shaharsozlik faoliyatida jiddiy, qopol qonun buzilish holatlarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Fraksiya azolari Jamoat xavfsizligini taminlash choralari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun loyihasini ham keng muhokama etishdi. Loyihaga kora, Jinoyat kodeksiga badanga qasddan qurol va qurol sifatida foydalanish mumkin bolgan boshqa narsalarni ishlatib, ogir yoki orta ogir darajada shikast yetkazish ham javobgarlikka asos bolishi belgilanmoqda. Kodeks sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bolgan ashyolarni olib yurish, ulardan foydalanishni taqiqlovchi yangi moddalar bilan toldirilmoqda.

Keyingi vaqtlarda tanaga turli darajada jarohat yetkazish bilan bogliq kongilsiz holatlar tez-tez uchramoqda. Fraksiya azolari ularning oldini olish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taminlashda javobgarlikni belgilash muhim masala ekanini takidlashdi.

Shu bilan birga, deputatlar qonun loyihasining ayrim meyorlari boyicha qatiy savollar qoyishdi. Jumladan, Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksga sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bolgan ashyolarni kasbiy faoliyat, sport faoliyati yoki xojalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bogliq holda jamoat joylarida, shu jumladan, barcha turdagi jamoat transportlarida ochiq holda (gilofsiz) olib yurish javobgarlikka sabab bolishi haqida kiritilayotgan meyor etiroz keltirib chiqardi.

Bu meyor kodeksga kiritilishi kongilsizliklarning oldini olish bilan birga, turli anglashilmovchiliklarni keltirib chiqarishi, orinsiz jarimalar belgilanishiga olib kelishi mumkin. Masalan, huquq-tartibot idorasi xodimi fuqaroni qanday qilib bolsa-da javobgarlikka, jarimaga tortish uchungina bu moddadan foydalanishi ham mumkin. Hayotda bunday holatlar kuzatilmayapti deyishga asoslar yoq. Qonun-qoidalardan uzoqroq yuradigan fuqaro ozi bilmagan holda javobgarlik obyektiga aylanib qolishiga yol qoyib bolmaydi. Fraksiya azosi Maqsuda Vorisova qonun loyihasini qollab-quvvatlamasligini bildirdi.

Oz muxbirimiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: