O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
18.02.2020

OMBUDSMAN AXBOROT BERDI

Kecha parlament quyi palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining navbatdagi yigilishi bolib otdi. Unda fraksiya a’zolari, vazirlik, tashkilotlar vakillari, ekspertlar, mahalliy Kengash deputatlari, partiya masullari ishtirok etdi.

Yigilishda Oliy Majlisning Inson huquqlari boyicha vakilining (ombudsmanning) 2019 yildagi faoliyati togrisidagi hisoboti eshitildi va qizgin bahs-munozara, tanqidlarga boy boldi. Ulugbek Muhammadiyev inson huquqlari sohasidagi qonunlar va tashkiliy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, mamlakat qonunlari hamda xalqaro shartnomalar ijrosi ustidan monitoring yonalishlarida amalga oshirilgan ishlar haqida atroflicha axborot berdi.

Qayd etildiki, 2019 yilda qamoqda saqlanayotgan shaxslardan 1314 ta murojaat kelib tushgan bolib, biz 2018 yilga nisbatan 1,4 baravar kop degani. Jazoni ijro etish muassasalaridan Ombudsmanga ishonch telefoni orqali 103 ta ogzaki murojaat kelib tushgan.

Davlat idoralari, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyatda gumon qilinuvchilar va mahkumlarga nisbatan noqonuniy tasir choralari korilgani togrisidagi shikoyatlar Ombudsmanning alohida nazoratida bolgan. 2019 yil davomida Ombudsman bu borada 138 ta shikoyatni qayd etgan.

Malumki, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 aprelda qabul qilingan 309-sonli qarori bilan Ichki ishlar organlarining Muayyan yashash joyiga ega bolmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari tashkil etilgan. Ombudsman tomonidan qonunga muvofiq oz vakolatlari doirasida hududlardagi 963 oringa moljallangan 12 ta reabilitatsiya markazida inson huquqlari va erkinliklarini taminlashga doir qonunlar ijrosi yuzasidan monitoring olib borilgan.

Reabilitatsiya markazlarida yaratilgan sharoitlar u yerda saqlanayotgan shaxslarning shani va qadr-qimmatini kamsitadi, bu esa “Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bolmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari togrisida”gi nizom talablariga ziddir, deb xulosa beriladi Ombudsman hisobotida.

Aytish kerakki, har bir yonalish boyicha hisobotlar tahlil qilinib, parlament azolari etiboriga havoli qilindi. Bajarilgan ishlar, yol qoyilgan kamchiliklar muhokama etildi. Deputatlar Ombudsman hududlardagi vakillari faolyatini kuchaytirish, avvalo ularga ishlash uchun sharoit yaratib berish togrisida takliflarini bildirishdi.

Fraksiya azolari Ombudsman institutining bugungi islohotlar davrida yanada dolzarb ahamiyat kasb etayotganini takidlashdi. Fuqarolarning murojaatlarini organib chiqish va uzil-kesil hal qilish boyicha amaliy ishlarni kopaytirish lozimligiga etibor qaratishdi. Lekin shunga qaramay, ayrim yonalishlardagi murojaatlarga yechim topish korsatkichi foizlarga hisoblanganda ham natijalar qoniqarli emasligi qayd etildi.

Ombudsman inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlari hamda tegishli amaliyotni yanada takomillashtirish boyicha tavsiya va takliflarini ham berdi. Xususan, prokuratura, ichki ishlar va davlat xavfsizlik xizmati tizimidagi tergov idoralarini birlashtirish hamda yagona tergov organini tashkil etish, jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini tubdan isloh qilish va uni Ichki ishlar vazirligidan Adliya vazirligi tasarrufiga otkazish yoki alohida muvofiqlashtiruvchi organ tashkil etish boyicha takliflar bildirildi.

Fraksiya azolari ombudsman jamiyatini kuchaytirish bilan bogliq bazi masalalarni organib chiqib, takliflar tayyorlash kerak degan xulosaga kelindi.

Yigilishda deputatlar tomonidan bir qator qonun loyihalari ham muhokama qilindi.

Xususan, «Bola huquqlari kafolatlarining yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida»gi qonuni loyihasi ikkinchi oqishda korib chiqildi. Fraksiya azolari Xalq demokratik partiyasi goyalari va Saylovoldi dasturidan kelib chiqib, birinchi oqish jarayonida bildirgan tahririy taklif inobatga olingani takidlab otildi.

Ozbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqidagi (yangi tahrir) qonun loyihasi bahs-munozaralarga sabab boldi. Ayniqsa, deputatlar yurtimizdagi jadal qurilish jarayonlarida shaharsozlik qoidalariga rioya qilish, bu jarayonda jamoatchilik nazorati yolga qoyilishiga huquqiy sharoit yaratish masalalariga etibor qaratdi. Shaharlarda qurilish ishlarini amalga oshirishda tadbirkorlar manfaatlarinigina emas, shaharning yaxlit qiyofasi, hamma uchun qulayligi masalalariga etibor berish kerakligi takidlandi.

Shu bilan birga, deputatlar Shaharsozlik kodeksiga yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning orni qoplanishini nazarda tutadigan meyor kiritilayotganini qollab-quvvatlashlarini bildirdi.

Yigilish yakunida kun tartibiga kiritilgan qonun loyihalari boyicha fraksiya pozitsiyasi belgilandi va shu asosda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Oz muxbirimiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: