O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 1
21.01.2020

OLIY MAJLIS QONUNChILIK PALATASIDA

O‘zbekiston XDP fraksiyasi tuzildi

Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlarning dastlabki tashkiliy yigilishi bolib otdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida OzXDP partiyasining fraksiyasini tuzish, shu bilan birga, fraksiya rahbarini saylash togrisidagi masalalar korib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala boyicha Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Ulugbek Inoyatov sozga chiqib, saylovda erishilgan natijalar haqida axborot berdi.

Xalq demokratik partiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 22 deputatlik orniga, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida 201 ta, tuman, shahar Kengashlarida 1384 ta deputatlik ornini egalladi.

Partiyadan saylangan deputatlarning 5 nafari ilmiy darajaga ega bolib, mutaxassisligi boyicha 6 nafari iqtisodchi, 6 nafari pedagog va 3 nafari shifokor, 7 nafari boshqa kasb egalari. Deputatlarning teng yarmi, ya’ni 11 nafari ayollardir.

Yigilishda qonunchilikka muvofiq, siyosiy partiya manfaatlarini parlamentning Quyi palatasida ifodalash maqsadida Xalq demokratik partiyasining 22 nafar azodan iborat fraksiyasini tuzish hamda Qonunchilik palatasida royxatga olishni sorash togrisida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, Xalq demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi azolaridan fraksiya rahbarini saylash togrisidagi masala muhokama etildi. Bu vazifaga Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ulugbek Inoyatov saylandi.

Yigilishda sozga chiqqanlar saylov milliy qonunchiligimiz va xalqaro meyorlarga mos ravishda, talabchan ruhda otgani, xalqimiz yangi parlamentdan, jumladan, Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan katta natijalar kutayotgani, saylovchilarning yuksak ishonchini oqlash uchun yanada jonkuyar, qatiyatli va fidokorona mehnat qilish kerakligi alohida takidlandi.

Ulugbek VAFOYeV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati:

— Faoliyat davomida Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, partiyamizning 2020-2024 yillarga moljallangan amaliy Harakat dasturi qabul qilinadi. Ushbu dasturga muvofiq partiya fraksiyasi faoliyati asosiy uch yonalishda olib boriladi.

Birinchi yonalish – qonun ijodkorligi bolib, partiya fraksiyasi elektorat manfaatlari himoyasiga xizmat qiladigan bir qator qonunchilik tashabbuslari bilan chiqishi rejalashtirilgan.

Ikkinchi yonalish fraksiyaning deputatlik va parlament nazoratini amalga oshirish, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida parlament eshituvlari tashkil etish boyicha ishlarni izchil yolga qoyishdan iborat boladi.

Uchinchi yonalish saylovchilar va elektorat vakillari bilan doimiy muloqotni amalga oshirish. Bu yonalishda deputatlar saylov okruglarida bevosita muloqot orqali faol ish olib boradi. Aholi orasida siyosiy-huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy faollikni kuchaytirish boyicha aniq vazifalar belgilanadi.

Maqsuda VORISOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati:

Xabaringiz bor, saylov kampaniyasi davrida takidlaganimizdek, XDP oz oldiga qoygan maqsadlarini 12 qadam asosida bosqichma-bosqich hamda tizimli ravishda olib boradi. Biz asosan quyidagi muammolarni chuqur organish, tahlil qilish va ularning yechimi yuzasidan qonunchilikka takliflarimizni kiritishni maqsad qilganmiz. Bunda ijro masalasi ustidan kuchli deputatlik va parlament nazoratini ornatish ham muhim masala hisoblanadi. Demak, ilk tashabbusimiz ham bevosita Saylovoldi dasturimizda belgilangan vazifalar bilan boshlanadi. Yani, Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yashash minimumi va istemol savatchasi haqida qonun qabul qilish taklifini birinchi qonunchilik tashabbusi sifatida ilgari surishi moljallangan.

Bu tashabbus Konstitutsiyamizda nazarda tutilgan, lekin yillar davomida royobga chiqmasdan qolayotgan “tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor”ni belgilashda dolzarb va prinsipial ahamiyatga ega. Bu meyor qonunan belgilansa, pensiya, stipendiya, nafaqalarning miqdori oshishiga sezilarli ijobiy tasir korsatadi.

Bundan tashqari, partiya Saylovoldi dasturida Davlat minimal ijtimoiy standartlari togrisida qonun qabul qilish tashabbusini ilgari surish ham kozda tutilgan. Ushbu qonun ishlab chiqilib, qabul qilinishi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, kam daromadli yurtdoshlarimizning hayot darajasi va sifatini oshirishga huquqiy asos yaratadi.

Sherzod RAHMONOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar ichida eng yosh deputat ekanimni eshitganimda juda xursand boldim. Menga bunday sharafni avvalo saylovchilar taqdim etdi, shuning uchun birinchi galda ularga minnatdorlik bildiraman. Va albatta yosh, hayotiy tajribam kam bolishiga qaramay, menga ishonch bildirib, nomzodimni korsatgani uchun Xalq demokratik partiyasiga ham rahmat aytaman.

Bugun muhtasham Oliy Majlis binosiga kirganimda masuliyatim ikki marta oshdi. Togrisi, xursandchilik ustiga hayajon ham qoshildi. Chunki jamoatchilikning, parlament azolarining etiborida bolish masuliyati katta.

Yurtimizdagi qancha yoshlar, qancha tengdoshlarimiz parlament azosi bolishni orzu qiladi, deputatlikni sharaf deb biladi. Shuni anglagan holda, yoshlar vakili sifatida faol bolishga, tajribali deputatlardan organib, bilim va tajribamni oshirishga, meni qollab-quvvatlagan insonlarning ishonchini oqlashga vada berdim, oldimga katta vazifa qoydim.

Albatta, parlamentda qonunlar qabul qilish jarayonida, dolzarb masalalar muhokama etilayotganida yoshlarning manfaatlari hisobga olinishi uchun fikrlarim va takliflarim bilan ishtirok etaman, degan niyatdaman. Shuni oylab, saylangan hududimga borib, yoshlar, tengdoshlarimiz bilan doimiy gaplashib, amaliy muloqot qilib turishni ozimga reja qildim.

Zulayho AKRAMOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati:

Otgan chaqiriqda ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan edim. Katta ishonch bilan yaqinda bolib otgan saylovda ham parlament deputatligiga oz nomzodimni qoydim. Lekin takroriy ovoz berishda deputat bolib saylandim. Bundan angladimki, bugun xalqimizning oz vakillari deputatlar oldiga qoyayotgan talablari ortib bormoqda. Bu deputatlikka nomzodlar bilan uchrashuvlarda, saylovchilar bilan muloqotlarda yaqqol namoyon boldi.

Otgan 5 yildagi faoliyatimiz tahlili shuni korsatmoqdaki, ishimizda ijobiy ozgarishlar bilan birga, xato va kamchiliklarga ham yol qoyildi. Odamlarga foydasi tegadigan takliflar berishda qatiyat va talabchanlik har doim ham yetishmadi. Lekin bundan keyin sustkashlikning badali ogir boladi. Hozirgi zamon, odamlarning talab va istaklari bunga yol qoymaydi.

Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, fraksiyamiz faoliyatini uch yonalishda tashkil etishni belgilab olganimiz yaxshi boldi.

Sababi, avvalo, biz qonun ijodkorligi va qonunchilik sifatini oshirishni maqsad qilganmiz. Elektorat manfaatlari bilan bogliq qonun loyihalarida qatiy pozitsiya korsatishimiz kerak.

Ikkinchi goyat muhim vazifamiz bu qabul qilingan qonunlarning joylarda qanday ijro etilayotgani ustidan qatiy parlament nazoratini, qolaversa, deputatlik nazoratini ornatishdan iboratdir. Biz qonun loyihalarini muhokama qilish jarayonida takliflarni ilgari surish bilan cheklanib qolmasdan, ularning ijrosini ham izchil organamiz.

Uchinchi muhim vazifamiz, bu saylovchilar bilan ishlashni tubdan yaxshilashdir. Biz muloqotlar jarayonida saylovchilarni oylantirayotgan muammolarni aniqlab, ularni hal qilish uchun kurashishimiz, shu bilan birga, odamlarni siyosiy-huquqiy faollikka undashimiz zarur, deb oylayman. Buning uchun samimiy muloqot bilan ularning yuragiga yetib borishimiz zarur. Jamoatchilikdan, xalqimizdan fikr va kuch olmagan deputatning sozi otkir bolmaydi.

Albatta, mazkur vazifalarni bajarish, biz, deputatlar zimmasiga katta masuliyat yuklaydi. Fraksiyamiz faoliyatini mutlaqo yangicha asosda tashkil etish uchun barcha kuch va imkoniyatlarni ishga solamiz.

Yelena BABENKO,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati:

Togrisini aytsam, bugungi tashkiliy yigilish, bu binoda otirish, oldinda turgan vazifalar, qizgin jarayonlar bularning barchasi hayajonli va noodatiy voqelik men uchun. Otgan bir necha oyga kelsak, saylov kampaniyasi va ovoz berish oziga xos mashaqqat va mehnat talab etdi. Chunki saylovoldi uchrashuvlar, targibot tadbirlari, umuman, har bir jarayonda katta raqobat sezilib turdi.

Andijon shahrining Eski shahar hududidan nomzodim korsatildi. 89 foiz saylovchilar ovozi bilan saylandim. Endilikda men anglagan asosiy masala shuki, berilgan vadalar, qoyilgan maqsadlarni amalga oshirishda bor imkoniyat va vakolatlarimdan foydalanaman. Odamlarning ishonchini oqlash, saylovchilar oldida masul ekanimizni unutmasligimiz kerak.

Xalq demokratik partiyasi deputatlari partiya Saylovoldi dasturida rejalashtirilgan vazifalar ijrosiga chuqur javobgarlik va masuliyat hissi bilan yondashishlarini alohida takidlashdi.

Fraksiyaning tasis yigilishida boshqa tashkiliy masalalar ham korib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Zilola UBAYDULLAYeVA,

Tolqin TORAXONOV.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: