O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
01.09.2019

TALIM TOGRISIDAGI

qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilinmoqda

Ta’lim tizimiga har bir davlat, har qaysi mamlakatda eng muhim va ustuvor masala sifatida qaraladi. Aslida ham, qachonki fuqarolar marifatli, manaviyatli va mustahkam soglikka, bilimga ega bolsa, osha davlat qudratli boladi. Vaqt, taraqqiyot talim tizimida ham yangiliklar yaratishni taqazo etadi. Shundan kelib chiqib, yangi tahrirda tayyorlangan talim togrisidagi qonun loyihasi parlament fraksiyalari va qomitalar yigilishlarida atroflicha muhokama qilinmoqda. Ozbekiston XDP fraksiyasi azolari ham mazkur loyihasini keng muhokama qildi.

Takidlandiki, ushbu loyiha maorif tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etishga xizmat qilishi lozim. Sohani tubdan takomillashtirish va talimni xalqaro hamjamiyat bilan uygunlashgan holda olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratish nazarda tutilgan.

— Loyihaga katta yoshdagilar talimi, maxsus talim, inklyuziv talim, yakka taribda pedagogik faoliyat bilan shugullanish masalalari bilan bogliq moddalar kiritilmoqda, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Abdugaffor Qirgizboyev. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik, investitsiya kiritish, davlat nazoratini taminlash, muassasalarning ozini ozi baholashi ham nazarda tutilmoqda. Asosiysi, talim ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, sohada eksperimental va innovatsion faoliyat hamda shu kabi boshqa yangi asosiy moddalar orin olmoqda.

Yangi tahrirdagi loyihada talim oluvchilarni oqishi yoki pedagog kadrlarni oz faoliyati bilan bogliq bolmagan boshqa ishlarga jalb etishning taqiqlanishi nazarda tutilgan. Bunday holatlarga yol qoyilsa, muassasa rahbari javobgar etib belgilanmoqda. Sohadagi davlat boshqaruv organlarining vakolatlari va talim muassasalarining faoliyati erkinligini kengaytirish ham loyiha moddalarida aks ettirilgan.

Umuman olganda, mazkur loyiha uzoq oylangan, aholining talab va takliflari, fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda qayta tayyorlandi. Oqituvchilar hamda oquvchilarning manfaatlari kengaytirilib, huquqlari yanada mustahkamlanmoqda. Ulardan talab qilinadigani faqatgina puxta bilim berish.

Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, talim tizimini tubdan isloh qilish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Shuhrat Tursunboyev. Ammo bu borada hayot talabidan kelib chiqayotgan masalalar, yechimini kutayotgan muammolar ham oz emas. Masalan, oqituvchiga bolgan munosabat, darslik va oquv qollanmalarining mazmun-mohiyati, sifati, ota-onaning bola tarbiyasidagi masuliyati bilan bogliq masalalar ham borki, ular millat taqdiriga befarq bolmagan har qanday kishini oylantiradi.

Bugun mamlakatimiz aholisi 33,5 million nafardan ortiq. Uning 60 foizdan koprogi 30 yoshgacha bolgan yoshlarni tashkil etadi. Farzandlarimizni asrash, ularga togri talim-tarbiya berish esa har birimizning ham ota-ona, ham mutaxassis, oqituvchi sifatidagi burchimizdir. Shuning uchun Prezidentimiz mazkur masalani davlatning eng muhim vazifasi darajasida kormoqda. Oqituvchi va murabbiylar, tarbiyachilar mehnatini qadrlashga etibor kuchaydi. Ularning oylik maoshi bir necha barobarga oshirildi, moddiy va manaviy ragbatlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Demak, oqituvchi oz maqomini qayta tikladi. Endilikda, ularga qoyiladigan talab halol va vijdonan ishlash, ogil-qizlarimizga togri va munosib bilim berishdan iborat.

Mana shular inobatga olingan holda yangi tahrirdagi qonun loyihasi tayyorlandi. U songgi ikki yarim yil ichida sohadagi ijobiy ozgarishlarni qamrab olishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. Loyihada talim sohasida kop qollaniladigan «talim tashkiloti», davlat akkreditatsiyasi, inklyuziv talim, talim kampusi, ikki tomonlama diplom (Double diploma) kabi asosiy tushunchalarga izoh berilmoqda. 11 yillik umumiy orta talimning joriy etilishi, kasb-hunar kollejlarining isloh qilinishi natijasida uzluksiz talim turlaridagi ozgarishlar oz aksini topmoqda.

Qonun loyihasiga oiladagi talim va mustaqil ravishda talim olish, talim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish bilan bir qatorda, talim oluvchilar va ota-onalarning (qonuniy vakillarning) huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini belgilashga oid meyorlar kiritilgan.

Etiborli jihatlaridan yana biri, talimga oid tashkilotlarning huquqiy maqomi, ularni tuzish, qayta tashkil etish va tugatishga oid yangi meyorlar orin olmoqda.

Respublikamiz talim sohasida nodavlat talim xizmatlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgani bois, nodavlat talim muassasalarini tashkil etish va faoliyatini litsenziyalashga oid tartiblar belgilab qoyilmoqda. Xorijda oqish, chet el davlatlarida talim olganlik togrisidagi hujjatlarning tan olinishi masalalari alohida moddalarda korsatilmoqda. Qonun loyihasida ilk bor mamlakatimizda butun umr talim konsepsiyasi ilgari surilmoqda. Xulosa qilib aytganda, yangi qonun loyihasi bugungi davrga xalqaro standartlarga har tomonlama mos va xos ravishda ishlab chiqilgan. Tabiiyki, qonun ayrim juziy kamchiliklar, tahrirdagi xatolardan ham xoli emas. Biroq mazmunan va mohiyatan takomillishtirilgan loyihani fraksiyamiz azolari qollab-quvvatladi.

Yigilishda mazkur qonun loyihasining naqadar muhim va zarurligini etiborga olgan holda, uni umumxalq muhokamasiga kiritish lozimligi takidlandi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: