O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
11.06.2019

OZBOSHIMCHALIK BILAN KOVLANGAN YOLLAR UCHUN JAZO BELGILANADIMI?

Faol investitsiya va ijtimoiy rivojlanish yili Davlat dasturida yo‘l, transport sohasini jadal rivojlantirish, sohadagi boshqaruvni takomillashtirish hamda malakali kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratilgan.

Joriy yilning fevral oyida transport sohasida davlat boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi hamda Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish togrisidagi Prezident farmoni va qarori qabul qilindi. Kop otmay transport sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Transport vazirligi tashkil etildi va tizimda Yol-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining huquqiy asoslari yaratildi.

Takidlash joizki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qomitasi tomonidan avtomobil yollari togrisidagi qonunning Jizzax viloyatidagi ijrosi nazorat-tahlil tartibida organildi. Deputatlar aholi bilan ochiq muloqot otkazdi. Shu jarayonda eng kop kotarilgan masalalardan biri ichki avtomobil yollari nosozligi, tamirtalabligi bilan bogliq boldi. Joylarda ichki avtomobil yollarini ozboshimchalik bilan qazish, uni qayta tiklamasdan buzish holatlari kuzatilayotgani qayd etildi.

Yaqinda Ozbekiston XDP fraksiyasi tashabbusi bilan Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yollari qomitasi rahbarining hisoboti eshitilgandi. Unda xojaliklararo qishloq avtomobil yollari hamda shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar kochalari tarmoqlarining bugungi holati, ularni yaxshilash yuzasidan korilayotgan chora-tadbirlar xususida soz bordi. Muloqot jarayonida mazkur masalaning naqadar dolzarbligiga yana bir bor amin boldik. Deputatlar oldida hal etilishi lozim bolgan muammolar kopligi alohida takidlandi. Shuni inobatga olgan holda, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qomitasi azolari tomonidan Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqida qonun loyihasi tayyorlandi. Loyiha deputatlar, Vazirlar Mahkamasi vakillari, vazirliklar, mutasaddi tashkilotlarning masul xodimlari, sohaning mutaxassislari va ekspertlari ishtirokida muhokama qilindi. Loyihaga kora, Transport vazirligi huzuridagi inspeksiya yol-qurilish ishlari sifatini nazorat qiladi. Shuningdek, muhandislik tarmoqlarini qurish, tamirlashda shahar kochalari va boshqa aholi punktlarining yol qoplamasini demontaj qilish, tiklash boyicha ishlar ham inspeksiyaning doimiy etiborida boladi. Yollar bilan bogliq ishlar sifatini buzganlik va ularni tegishli ruxsatlarsiz bajarganlik uchun mamuriy javobgarlik belgilanadi.

Shuningdek, qonun loyihasini tayyorlash jarayonida dunyoning bir qator davlatlari yol xojaligini boshqarish tizimi borasidagi meyoriy-huquqiy hujjatlari organildi.

Avtomobil yollari togrisidagi qonunda belgilangan meyor talablaridan kelib chiqib, Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 147 va 245-moddalariga tegishli qoshimchalar kiritish taklifi ham berildi. Unga kora, avtomobil yollarini ozboshimchalik bilan qazish, ularda suniy notekisliklar va tosiqlar yaratish, yollar bilan bogliq ishlar olib borish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik hamda saqlash qoidalarini buzganlik uchun nafaqat mansabdor shaxslarga, balki fuqarolarga ham jarima belgilash taklif etilmoqda.

Aytish kerakki, yol-qurilish ishlarining sifati ustidan nazorat olib boradigan inspeksiya normativ hujjatlar talabiga rioya etilishi ustidan qattiq nazorat olib borishi lozim boladi. Bu bajarilayotgan ishlarning sifati hamda samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Akmal UMARALIYEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: