O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
14.05.2019

XALQIMIZ QAHRAMONLARNI UNUTMAYDI

Bahrom OBIDJONOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi:

— Yodga olish, eslash, ezozlash xalqimizning yuksak qadriyatlaridandir. Ayniqsa, Vatan himoyasi, el-yurt tinchligi yolida qurbon bolganlarni xotirlash, ularning oila azolari, yaqinlariga hurmat korsatish ananaga aylangan. Yaxshi insonlar, ayniqsa, tinchlik yolida qurbon bolgan qahramonlar xotirlanar ekan, demak, ularning ozi ham barhayotdir. Tinchlikni asrash yolida aziz jonini qurbon qilgan mard oglonlarning xotirasini yod etish, front ortida samarali mehnat qilib, nafaqaga chiqqan faxriylarni ezozlash muqaddas burch sanaladi.

Istiqlol yillarida Ikkinchi jahon urushida halok bolgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, front ortida ogir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli sinovlarda ozligini yoqotmagan, iymoni butun ajdodlarimizga mehr-oqibat korsatish tom manoda milliy ananaga aylandi.

Shu nuqtai nazardan, Prezidentimizning Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragbatlantirish togrisidagi farmoni hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik korish va uni otkazish chora-tadbirlari togrisidagi qarori muhim ahamiyat kasb etadi.

Ikkinchi jahon urushida qatnashgan 1,5 milliondan ortiq ozbekistonliklarning yarim milliondan ziyodi halok bolganini xalqimiz hech qachon yodidan chiqarmaydi. Osha yillarda olijanob va mehr-muruvvatli ajdodlarimiz urush ketayotgan hududlardan Ozbekistonga kochirilgan bir millionga yaqin oila va bolalarni qabul qilib, oxirgi bir burda nonini ham ular bilan baham korgan. Bu esa, chinakam jasorat va odamiylik namunasidir.

Ikkinchi jahon urushi va front ortida mehnat qilgan faxriylarga, xizmat burchini bajarish chogida halok bolgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila azolariga moddiy-manaviy yordam korsatilmoqda.

9 may – Xotira va qadrlash kuni Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinch-osuda hayotning qadriga yetishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, shuningdek, doimo ogoh va hushyor bolishga, yoshlarni tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda. Ayni paytda urushning tirik afsonasi bolgan va yil sayin safi kamayib borayotgan nuroniylar gamxorliklardan benihoyat xursand bolishmoqda.

Xalqimiz oz qahramonlarini aslo unutmaydi. Ularning porloq xotirasi bizning qalbimizda abadiy saqlanadi. Tiriklarni qadrlash, ularga mehr va etibor korsatish esa chin insoniy fazilatdir.

Prezidentimizning Xotira va qadrlash kuniga bagishlangan tantanali marosimdagi nutqini qayta-qayta oqib bu haqiqatni yanada chuqur angladik.



DB query error.
Please try later.