O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
02.04.2019

BARKAMOL AVLOD YURTNI YUKSALTIRADI

Hamma narsa insonning o‘ziga bogliq, ammo inson taqdiri onaga bogliq, degan gapda katta hikmat bor. Darhaqiqat, kelajak avlodni barkamol inson etib tarbiyalash, olmas milliy qadriyatlarimizni keyingi avlodlarga yetkazish onalarimiz, tarbiyachilarimiz hisoblangan ayollar zimmasida. Shu bois ham onani kelajakni yaratuvchi bunyodkor kuch, deb ta’riflaymiz.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari bolib ish boshlagan dastlabki kunlardayoq mamlakatda manaviyatni yuksaltirishga katta etibor berdi. U kishining ilk uchrashuvi ham ziyolilar, madaniyat va marifat tarqatuvchi ustozlar bilan otganini hammamiz yaxshi eslaymiz.

Yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, shubhasiz, bugun dolzarb masalalardan biridir. Bu masalani manaviyati yuksak onalarning ishtirokisiz yechib bolmaydi. Chunki farzandning ilk tarbiyachisi uning onasidir. Shuning uchun ham mamlakatimizda ayollarga munosib turmush sharoiti yaratish, ular haqida gamxorlik qilish, qonuniy manfaatlari, huquqlarini taminlash davlatimiz siyosatining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Keyingi ikki yil ichida qabul qilingan aksariyat qonun, farmon va qarorlar ayolni qadrlashga, ezozlashga, ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

2018 yilning 2 fevralida davlatimiz rahbarining «Xotin-qizlarni qollab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoni qabul qilindi. Mazkur hujjatga muvofiq, fuqarolar yiginlarida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda manaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boyicha mutaxassis lavozimi joriy etildi. Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bolimlarining tashkil etilishi oila instituti mustahkamlanishida amaliy qadam boldi. Shuningdek, FHDYo organlari tuman, shahar hokimliklariga boysundirildi. Ularning faoliyatini nazorat qilish hokim orinbosari – xotin-qizlar qomitasi raisi zimmasiga yuklatildi.

Shu bilan birga, 2018 yil 14 martda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Xotin-qizlarni va oilani qollab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etildi. Xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qollab- quvvatlash, ogir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, oilalarga, nogironligi bolgan ayollarga yordam korsatish, ularning bandligini taminlash fondning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda bandlik masalasi muhim hisoblanadi. Bandlik qator hayotiy muammolarning yechimi, jinoyatlarning, oiladagi ajrimlarning oldini oluvchi omillardan sanaladi. Ishli ayol rozgori but, dasturxoni tokin bolishiga hissa qoshadi. Shu manoda, bugun jamoat fondining mablaglari aynan ayollar bandligini taminlashga yonaltirilmoqda.

2019 yil 7 martda Prezidentimizning Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qollab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar togrisidagi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga sozsiz rioya etilishini taminlash, mehnat huquqini kafolatlash, ayollar tadbirkorligini qollab-quvvatlashga keng imkoniyatlar yaratadi.

Amaldagi Mehnat kodeksining 100-moddasida pensiya yoshiga yetgan fuqaro bilan mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan bekor qilinishi mumkin edi. Davlatimiz rahbarining mazkur qaroriga binoan esa ayol 60 yoshga tolgunicha ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish taqiqlandi. Shuningdek, ushbu hujjat asosida Ozbekiston Respublikasida xotin-qizlar gender tengligini himoya etish boyicha komissiya ham tuzildi.

Takidlash kerakki, mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun ijodkorligi ham qizgin davom etadi. Erkak va ayollar uchun teng huquqlar va imkoniyatlar kafolatlari togrisidagi, Xotin-qizlarni tazyiq va zoravonliklardan himoya qilish togrisidagi qonun loyihalari ishlab chiqilishi kozda tutilmoqda.

2019 yil 19 mart kuni otkazilgan videoselektor yigilishida bolalarimiz tarbiyasida etibor qaratishimiz zarur bolgan vazifalarni yana bir bor yodimizga soldi. Davlatimiz rahbari ushbu videoselektor yigilishida yoshlarga etiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, sanat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan togri foydalanish konikmasini shakllantirish, yoshlar ortasida kitobxonlikni targib qilish hamda xotin-qizlar bandligini taminlash masalalari yuzasidan beshta yonalishda tashabbus korsatib, muhim vazifani belgilab berdilar.

Mazkur vazifalar magzini chaqqan har kishi bir narsani aniq anglab yetadi: yurt va jamiyat rivojida goyat ahamiyatli bu tashabbus yoshlarni jismonan baquvvat, ruhan tetik etib tarbiyalash uchun ularni sport togaraklariga boshlab borishimiz, yuragida kitobga havas uygotib, ozimiz kitobxonlikda namuna bolishimiz talab etiladi. Axir, shu kozmunchoq bolalarimiz ertaga sportda, fanda, sanatda dunyoni zabt etsa, uning bilimi, odobiga dunyo havas qilsa, shu bizning baxtimiz, shu bizning faxrimiz…

Ana shunday dunyo tan oladigan, havas qiladigan ogil-qizlarni tarbiyalashga esa asosan biz ayollar masulmiz. Biz yana ayolni ezozlaydigan, yurtga tayanch boladigan mardi maydonlarni voyaga yetkazishga burchlimiz.

Bugun mamlakatimizda islohotlar shiddat bilan davom etayapti. Biz tarbiyalayotgan farzandlarimiz ham ana shunday shahd va shiddat bilan bunyodkorlik ishlariga kamarbasta boladi. Niyatimiz ham aslida shu.

Komila KAROMOVA,

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: