O'zb  
 
29.12.2018

FAOL INVESTITSIYA IJTIMOIY RIVOJLANISHGA XIZMAT QILADI

Bahrom OBIDJONOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi:

— Bu yilgi Murojaatnoma ham avvalgisi kabi oldimizda turgan eng muhim va ustuvor vazifalarga urgu berilgani bilan goyat ahamiyatlidir. Murojaatnomani tinglash jarayonida, unda bildirilgan fikrlar, malumotlar, fakt va raqamlardan tegishli xulosa chiqarib, oldimizga bir qator asosiy yonalish va vazifalarni qatiy belgilab oldik.

«Biz yangi yildan boshlab siyosiy hayotimizda yangi bir amaliyot joriy etamiz. Kirib kelayotgan yilning bosh hujjati bolgan Murojaatnomada bayon qilingan har bir ustuvor yonalish boyicha amalga oshirilgan ishlar haqida Bosh vazir hukumat azolari bilan birga Senat va Qonunchilik palatasi oldida har oyda hisobot berib boradi», dedi davlatimiz rahbari.

Ana shu fikrlarning oziyoq mamlakatimiz rahbarining Parlamentimizga bolgan yuksak ishonchi va hurmatining yorqin ifodasi, deb oylayman. Murojaatnomaning eng ahamiyatli tomonlaridan bir shuki, Parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini jonlantirish lozimligi qayd etildi.

Aslida ham, Konstitutsiyaga muvofiq parlament Bosh vazirni tasdiqlaydi. Lekin, vazirlarni lavozimga qoyishda qatnashmaydi. Shuning uchun Hukumat azolari parlament oldida masuliyatni yetarli darajada his etayotgani yoq. Vazirlar Mahkamasi azolarini tasdiqlash Oliy Majlisning vakolatlarini kengaytirib, nufuzini oshirishga xizmat qiladi. Natijada xalq oldidagi masuliyat ham ortadi. Har bir partiya elektorati manfaatlarini ishonchli himoyalash yolida chinakam kurash olib boradi. Bu esa bora-bora mamlakatda haqiqiy demokratik muhitni yuzaga keltiradi.

Murojaatnomada, shuningdek, Parlament nazoratining tasirchan shakllaridan biri bolgan Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini korib chiqishga alohida ahamiyat berish zarurligi qayd etildi. Bu ishni yuqori professional darajada yolga qoyish uchun Oliy Majlis huzurida Davlat byudjeti boshqarmasini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Darhaqiqat, parlament nazorati instituti deputat hamda senatorlarning barcha soha va tarmoqlarni chuqur organishlari, uchrayotgan kamchiliklar, muammolarni hal etishda yetakchi kuch bolishlari zarur.

Murojaatnomada kelgusi 2019 yilni Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili, deb elon qilinishi eng kutilgan va quvonchli yangiliklardan boldi. Bu, avvalo, yangi yilda ham tadbirkorlik va ishbilarmonlik, innovatsion goya va texnologiyalar qollab-quvvatlanishidan dalolat beradi. Bundan tashqari, ijtimoiy sohani rivojlantirish, tibbiyot, talim yonalishlari, aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalari ham kelgusi yilda yanada yuqori bosqichga kotariladi.

Prezidentimiz yangi yilga bu tarzda nom berilishini izohlar ekan, investitsiya mamlakatda ishlab chiqarish raqobatbardoshliligi, barqaror rivojlanishga erishishning muhim sharti hisoblanishini, sarmoya mamlakatda munosib turmush sharoiti, odamlarning hayotdan rozi bolib yashashlarini taminlashga imkon yaratishini aytib otdi.

Endi oylab koraylik, faol investitsiya va ijtimoiy rivojlanish ozaro bogliq, ayni paytda biri boshqasini taqozo qiladigan tushunchalardir. Investitsiya bu moddiy asos, shuningdek, yangi goya va loyiha, yangi ish orinlari, degani. Ana shu muhim narsalar bor joyda oz-ozidan ijtimoiy rivojlanish ham boladi.

Joriy yilda bolgani kabi kelgusida ham aniqlangan muammolarni hal etish, xususan, 2019 yilda bolalarni maktabgacha talim bilan qamrab olish darajasini uzluksiz oshirish orqali bu korsatkichni 44 foizga yetkazish vazifasi qoyildi. Bu, avvalo, zamonaviy ijtimoiy-hammabop maktabgacha talim muassasalarini tashkil etishni davom ettirish, davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan keng foydalanish hisobiga amalga oshiriladi.

Murojaatnomada bildirilgan har bir fikr-mulohazani diqqat bilan tinglarkanmiz, 2019 yilda ham mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-marifiy hayotida ulkan ozgarishlar bolishiga ishonch hosil qildik. Bu jarayonda esa xalq vakili sifatida ishtirok etish, faollik korsatish eng oliy maqsadimizga aylandi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: