O'zb  
 
25.12.2018

SAVOL va JAVOB

— Nafaqa yoshidaman. Shuning uchun pensiya ta’minoti bilan bog‘liq ozgarishlardan xabardor bolib borishga harakat qilaman. Eshitishimcha, 2019 yil 1 yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar toliq miqdorda berilar ekan. Shu haqda batafsil malumot bersangiz.

Ogiloy NAZAROVA,

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani.

Avaz ORINBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Joriy yil 12 dekabrdagi Prezident farmoniga asosan kelasi yil 1 yanvardan boshlab barcha toifadagi ishlovchi pensionerlarga pensiyalari toliq miqdorda tolanadi. Bundan tashqari, pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining yuqori miqdori eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigachaoshirilishi ham belgilangan. Malumot ornida: bugungi kungacha bunday ish haqi oluvchi fuqarolarga pensiya hisoblashda faqat eng kam oylik ish haqining 8 barobarigacha bolgan daromadi inobatga olingan. Undan yuqorisi esa hisobga olinmasdi.

Shuni ham alohida takidlash kerakki, mazkur Farmon nafaqat2019 yil 1 yanvardan keyin pensiyaga chiquvchilarga, balki ushbu toifaga tushuvchi hozirgi kunda pensiya olib turgan pensionerlarga ham tatbiq etiladi hamda ularning pensiyalari qayta hisoblab chiqiladi.

Farmonda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchunkelgusi yilda jami 1,8 trillion som miqdorida mablag talab etiladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: