O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
20.12.2018

XALQARO MIGRANTLAR KUNI MUNOSABATI BILAN SEMINAR OTKAZILDI

Aytishlaricha, yer yuzi aholisining har yettinchisi migrant hisoblanadi. Rasmiy ravishda 2 million, norasmiy ma’lumotga qaraganda 6 millionga yaqin yurtdoshimiz chet elda ishlaydi. Birgina Rossiya Federatsiyasi banklaridan olingan malumotga ko‘ra, u yerda ushbu mamlakatda ishlovchi mehnatkashlar tomonidan Ozbekistonga joriy yilning 9 oyida 3 milliard AQSh dollari yuborilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Mehnat va ijtimoiy masalalar qomitasi hamda Ozbekiston XDP fraksiyasi tomonidan otkazilgan seminarda shu va boshqa raqamlarga toxtalib otildi. Unda partiya Markaziy Kengashi masullari, tegishli vazirlik va idoralar xodimlari, Migratsiya boyicha xalqaro tashkilotning Ozbekiston boyicha vakili va talabalar qatnashdi.

Takidlandiki, migratsiya jarayoni ozgarib turadi. Ushbu holat malum hudud, mamlakat, mintaqa ijtimoiy hayotiga ozining ijobiy, salbiy, kezi kelganda, siyosiy tasirini otkazishi mumkin. Migratsiya jarayonini huquqiy tartibga solish, uni boshqarish masalalari alohida etibor talab qiladi.

— Songgi yillarda tashqi mehnat migratsiyasining samarali tizimini taminlash borasida katta ishlar qilinyapti, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Shuhrat Tursunboyev. Bunda albatta, yurtimiz fuqarolarining huquq va manfaatlarini taminlash masalasi ustuvor ahamiyat kasb etyapti. Joriy yil noyabr oyida Ozbekiston Xalqaro migratsiya tashkilotiga azo boldi. Yaqinda «Xalqaro migratsiya tashkiloti Konstitutsiyasini ratifikatsiya qilish togrisida»gi qonun qabul qilindi. Bu nimani anglatadi? Avvalo, har bir shaxsning mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli sharoitlarda ishlash va qonunda korsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqlarini royobga chiqarishda muhim omil sanaladi.

Shuni ham aytish kerakki, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini taminlash chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga asosan, mamlakatimizning har bir hududida xorijga ishga chiqayotganlarga imtiyoz berish va maslahat markazlari tashkil etilgan. Chet elda ishlayotgan fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, zarur hollarda ularga amaliy yordam korsatish maqsadida Koreya Respublikasida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasi ochilgan. Rossiya Federatsiyasi va yana bir nechta davlatda vakolatxonalarni ochish yuzasidan tashkiliy ishlar yakuniga yetkazilgan.

Muhimi, mehnat migratsiyasi masalalarini tartibga solish, sohaning huquqiy asosini yanada takomillashtirishga qaratilgan Xususiy bandlik agentliklari togrisidagi qonun qabul qilindi. Muammolarni bartaraf etish, xorijda faoliyat olib borayotgan yurtimiz fuqarolarining huquqlari kafolatlarini taminlash, chet elga ketishdan oldin ularning kasbiy mahoratini oshirish masalalari agentliklarning bevosita vazifasiga kiradi.

Seminarda, shuningdek, 18 dekabr sanasi Xalqaro migrantlar kuni, deb nomlanishining sababi va mohiyati haqida ham soz bordi. Qayd etildiki, bu sana 1990 yilda qabul qilingan Xalqaro konvensiya bilan bevosita bogliq bolib, shu asosda BMT Bosh Assambleyasining 2000 yil 4 dekabrdagi rezolyutsiyasi qabul qilingan.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: