O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
13.12.2018

BUYUK KELAJAK, FAROVON HAYOT VA TARAQQIYOT YOLI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi «Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq farovon hayotning, dostona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir» nomli ma’ruzasi xalqimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Maruzada Prezidentimiz tomonidan songgi yillarda barcha soha va tarmoqlarda olib borilayotgan islohotlar, ularning mazmun-mohiyati, samarasi haqida aniq fikrlar, mushohadalar bildirildiki, bu fikrlar oz Vatanini sevadigan, uning taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan qaraydigan har qanday odamni quvontiradi. Ayniqsa, maruzada Parlamentning saylovchilar oldidagi masuliyati, xalq vakillarining oz saylovchilari oldidagi vazifalari, shu jumladan, qonun ijodkorligi borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish zarurligiga alohida etibor qaratildi.

Oliy Majlis palatalarida qonunlar ijrosini korib chiqish, rahbarlar hisobotini eshitish bilan cheklanmasdan, bevosita joylardagi ahvolni tizimli ravishda organib, tegishli takliflar ishlab chiqish amaliyotini yolga qoyish zarurligi takidlandi. Shuningdek, qonunlar ijrosi ustidan parlament nazoratini tashkil etish masalasida ham senatorlar va deputatlar oz vakolatlaridan yetarlicha foydalana olmayotganligi qayd etildi. Eng asosiy kamchilik sifatida Prezidentimiz, Oliy Majlis hali-hanuz haqiqiy bahs-munozaralar maydoniga aylanmaganligini bildirdi.

Darhaqiqat, bugungi kunda parlament quyi palatasi tomonidan qonun ijodkorligi sohasida qator ishlar amalga oshirilmoqda, biroq ishlar bugungi kun talabi darajasida tashkil etilmoqdami? Parlamentda otirgan xalq vakillari yana qanday masalalarga etibor qaratishlari lozim?

Oliy Majlis palatalarining vakolatlaridan unumli foydalanish, parlament sorovlari, parlament eshituvlari qonun va qarorlar ijrosini muntazam organib borish zarur. Qonunosti hujjatlarini qabul qilish amaliyotidan voz kechib, togridan-togri ishlaydigan qonunlar qabul qilish lozim. Buning uchun birinchi navbatda Qonun qanday ishlaydi? degan savolni ozimizga berishimiz, kerak bolsa, hududlarda bolib har bir qonunni atroflicha muhokama qilishimiz, qabul qilingandan keyingi ishlash jarayonlarini tahlil qilish lozim.

Maruzada yana bir muhim jihat, xorijiy tajribalarni organgan holda, Konstitutsiyamiz talablari asosida Oliy Majlis palatalarida Korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha qomitalar tashkil qilish taklif etildi. Ushbu qomitalar barcha bogindagi davlat idoralarida korrupsiyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirishga vakillik organi sifatida munosib hissa qoshishi lozimligi takidlandi.

Davlatimiz rahbari maruzada xalqimizning farovon hayot kechirishi uchun munosib sharoit yaratish Konstitutsiyamizning bosh maqsadi ekanini alohida takidladi. Songgi yillarda barcha yonalishlarda olib borilayotgan islohotlar natijasida aholining turmush darajasi va real daromadlari oshib bormoqda. Shunday bolsa-da, bu borada hali hukumat, markaziy iqtisodiy idoralar hamda barcha darajadagi hokimliklar oldida koplab vazifalar borligi qayd etildi.

Maruzaning eng muhim jihatlaridan biri shundaki, kelgusi yilda ham faol tadbirkorlikni har tomonlama qollab-quvvatlash, investorlar uchun keng sharoitlar yaratish, ayniqsa, inflyatsiya darajasini pasaytirishga qaratilgan ishlar davom ettirilishiga alohida etibor qaratilib, bu borada amalga oshirish nazarda tutilayotgan ishlar tushunarli tarzda aytib otildi.

Masalan, asosiy turdagi oziq-ovqat va boshqa istemol tovarlar ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qollab-quvvatlash va bu orqali narxlar barqarorligini taminlash, qishloq xojaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga alohida etibor qaratiladi.

Aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy himoya qilish maqsadida elektr energiyasi, tabiiy gaz va kommunal xizmatlar uchun tolovlarning bir qismini davlat tomonidan kompensatsiya qilish choralarini korish lozimligi qayd etildi.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining maqsad va vazifalariga mushtarak bolgan bu kabi chora-tadbirlarni amaliyotga izchil tatbiq etishda partiya fraksiyasi azolari, joylardagi partiya faollari ham jonbozlik korsatishlari zarur. Zero, partiyaning maqsadi davlat hokimiyatining vakillik organlarida davlat va jamiyat tomonidan manzilli ijtimoiy himoya va ijtimoiy qollab-quvvatlashga ehtiyojmand aholi qatlamlari manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. Yakdillik va hamjihatlikda qilinayotgan bu ishlarimiz, Prezidentimiz tabiri bilan aytganda, buyuk kelajak, farovon hayot va taraqqiyot kafolati bolishi shubhasiz.

Bahrom OBIDJONOV,

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: