O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
07.08.2018

DEPUTAT VA YOSHLAR

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Fargona viloyat kengashida deputat va yoshlar uchrashuvi otkazildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, partiyamiz fraksiyasi a’zosi Baxromjon Obidjonov, viloyat partiya kengashi xodimlari va yoshlar ishtirok etdi.

Davra suxbati davomida yigit-qizlar amalga oshirmoqchi bolgan loyihalari xususida gapirib, deputatdan maslahatlar sorashdi. Shuningdek, muloqot jarayonida «Yoshlar — kelajagimiz» Davlat dasturi mazmun-mohiyati, yangi qabul qilinayotgan qonunlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Bunday jonli tadbirlar biz yoshlar uchun juda foydali bolmoqda, deydi xalq deputatlari Rishton tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Shohrux Oktamov. Ozim ham deputatlik faoliyatim uchun juda zarur malumotlarga ega boldim. Kelgusida mahalliy Kengashlar deputatlarini yoshlar bilan yanada yaqinlashtirish, ularning ozaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida shunday uchrashuvlar otkazishni rejalashtirdim.

Ozbekiston yoshlar ittifoqi Fargona viloyat kengashi qoshidagi Yosh siyosatchilar klubi azosi Mohidil Qurbonova partiya faoliyati, unda yoshlarning ishtiroki haqida toxtaldi.

Partiyamiz faoliyatini targib qilish, azolari sonini oshirish va faol yoshlarning partiya saflarida bolishi masalasiga alohida etibor qaratishimiz zarur, deydi u. Biz Yosh siyosatchilar klubi azolari partiyaning Markaziy Kengashi nashri hisoblangan Ozbekiston ovozi gazetasini muntazam oqib boramiz. Unda oz maqolalarimiz bilan ishtirok etishni istaymiz. Gazetada yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslariga yanada kengroq orin berilishini juda xohlar edik.

Uchrashuvda soz olganlar istedodli yigit-qizlarni qollab-quvvatlash, band bolmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bolgan mutaxassisliklar va biznes yuritish konikmalariga oqitish yaxshi samara berishini takidlashdi. Shuningdek, uchrashuvda yoshlar ortasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, adashganlarni togri yolga qaytarish masalasida ham fikr almashinildi. Bunda asosan yigit-qizlar bandligi, vaqtini mazmunli otkazish zarurligi takidlandi.

Uchrashuv ozaro savol-javob, samimiy muloqot ruhida otdi.



Abduvosit SIDDIQOV



DB query error.
Please try later.