O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31.07.2018

HECH KIM JINOYATCHI BOLIB TUGILMAYDI

Abdug‘affor QIRGIZBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi a’zosi, Fan, talim, madaniyat va sport masalalari qomitasi raisi:

— Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 iyul kuni otkazgan videoselektor yigilishida jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlarning bugungi holati, jinoyatchilikning ayrim turlari kopayib borayotgani, jinoyatlarning 30 foizi yoshlar tomonidan sodir etilayotgani, ichki ishlar tizimi, hokimliklar, jamoat tashkilotlarining bu boradagi masuliyatini jiddiy kuchaytirish zarurligi togrisida qator takliflarni bildirdi.

Prezident takidladiki, 2017 yilda mamlakatimizda jinoyatlar 2016 yilga nisbatan 16 foizga, joriy yilning 6 oyida esa otgan yilning shu davridagiga nisbatan 39 foizga kamaygan bolsa-da, jinoyatchilikning ayrim turlari, jumladan, qasddan odam oldirish, ogir tan jarohati yetkazish, talonchilik, bosqinchilik, ogrilik va firibgarlik kabi jinoyatlar soni hamon yuqoriligicha qolmoqda, bu holat barchani tashvish va xavotirga soladi.

Hech kim jinoyatchi bolib tugilmaydi, hech bir jinoyat oz-ozidan sodir bolmaydi. Har bir jinoyat malum bir muhitda yuzaga keladi. Shuning uchun ham jinoyatchilikning oqibatlari bilan emas, balki uning kelib chiqish sabablari bilan koproq shugullanish talab etilishi alohida takidlab otildi. Bu jarayonda asosiy etiborni mahalla, ichki ishlar, talim muassasalari, jamoat tashkilotlari va oilalar ortasidagi ozaro hamkorlikni qogozda emas, balki amalda tubdan yaxshilashimiz lozim. Ozibolarchilik va beparvolik ogir oqibatlarga olib kelishini hayotning ozi korsatmoqda. Tushuntirish va targibot ishlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tasirchan qilib olib borish talab etiladi.

Eng asosiysi, shu jinoyatlarning kelib chiqish sabablarini chuqur organib, tahlil etishimiz, jinoyat uchun jazo muqarrarligini odamlar ongiga yetkazishimiz lozim. Malumki, jazosiz qolgan har bir jinoyat yangi jinoyat kelib chiqishiga xizmat qiladi. Prezidentimizning «Jinoyat haqiqati va adolat» ruknini tashkil etish togrisidagi taklifi zamirida katta mano va maqsad bor. Jinoyat haqiqati deganda har bir jinoyatning tub ildizini bilishimiz kerak. Adolat esa jinoyat jazosiz qolmasin, oziga yarasha jazosini olsin degani.

Biz yana bir masala ustida jiddiy oylamogimiz kerak. Jinoyatlarning katta qismi yoshlar tomonidan sodir etilayotganini hisobga olib, yangi tadbirlar dasturini ishlab chiqishimiz kerak. Ayniqsa, yoshlar ortasida jinoyatchilikning oldini olish, oqimayotgan, ishlamayotgan, uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tubdan takomillashtirib borish lozim. Biz, deputatlar ham joylarda aholi bilan otkazayotgan turli tadbirlar davomida chuqur tahlilga asoslangan hayotiy misollardan foydalanishimiz talab etiladi.

Bugun ichki ishlar tizimida eskicha ishlash qolipidan chiqolmayotgan ayrim xodimlar ham uchrab turganligi, odamlarning dardu tashvishini his qilmaslik, yuzaga kelishi mumkin bolgan oqibatlarni oldindan kora olmaslik kabi illatlar tizim ishining borishiga salbiy tasir otkazmoqda. Shuningdek, tezkor va xolis qaror qabul qilish borasida soha xodimlarining malaka va tajribalari, bilimlari har doim ham kozlangan natijani bermayotgani takidlab otildi.

Qomitamiz azolari davlatimiz rahbarining mazkur yigilishda bildirgan fikrlaridan kelib chiqqan holda, yoshlar ortasida jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarning bosh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish borasida talim muassasalari, ichki ishlar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi kerak bolgan vazifalarni belgilab oldik. Bu masala boyicha qonuniy asoslarni mustahkamlash yuzasidan takliflar tayyorlashga ham kelishib olindi.



DB query error.
Please try later.