O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
10.07.2018

TRANSPLANTATSIYA: 10 YIL AVVAL TOXTAB QOLGAN QONUN LOYIHASI MUHOKAMADA

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi yigilishida Inson a’zolari, toqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish haqidagi qonun loyihasi qizgin muhokama etildi.

Takidlanishicha, mamlakatimizda transplantatsiya orqali bemorlarga yordam berish bilan bogliq amaliyotlarning kengayishiga bir nechta tosiq mavjud. Eng asosiy muammo bu haqda qonun yoqligidir. Bu transplantologiyaning klinik fan sifatida toxtatilishi va koplab bemorlar hayotini saqlab qolishning imkoniyati yoqolishiga olib keladi. Ozbekistonda inson azolari va toqimalari transplantatsiya qilinishi shart bolgan on minglab bemorlar bor. Bazi fuqarolar bu xil amaliyotni chet elda juda qimmat narxga otkazishga majbur bolmoqda. Ammo aksariyat bemorlar va ularning yaqinlari bunday imkoniyatga ega emas.

— 2008 yilda bir guruh deputatlar bilan birga transplantatsiya haqidagi qonun loyihasi tashabbusi bilan chiqqan edik, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Aliya Yunusova. Biz bilgan va bilmagan sabablar bilan oshanda tashabbusimiz rad etilgan. Ammo hayot ozgaruvchan va yangiliklar talab qiladi. Taklif etilayotgan qonun loyihasini oqib chiqqanimizda, biz ishlagan loyihaning kochirmasi ekanini kordik. Shuning uchun uni konseptual jihatdan qollab-quvvatlaymiz. Lekin loyihada ozgartirilishi va aniqlik kiritilishi kerak bolgan orinlar bor.

Masalan, donor bolgan odam va jonsiz tanadagi donor azosi ortasida katta farq bor. Har bir organ oziga xos sharoitda saqlanadi, kochiriladi. Donor va bemorning ozaro mutanosibligi, qanchalar soglom va yaroqliligi esa eng muhim jihatlardir. Shuning uchun loyihada bir-birini inkor etuvchi meyorlar qayta korib chiqilishi lozim. Vafot etgan shaxsning tana azolarini kochirib otkazish uchun qoyiladigan talablar aniq belgilanishi kerak.

18 yoshga tolmaganlarning donorlik qilishi bilan bogliq masalaga yanada oydinlik kiritilishi shart. Masalan, ota-onasi kasal bolgan bola ularning sogayib ketishi uchun joniga qasd qilishi yoki oziga shikast yetkazishi mumkin. Bu kabi holatlar ham roy berish mumkinligini inobatga olish talab etiladi.

Loyihada umumiy gaplar kop. Bazi hollarda ilmiy tekshiruv va organishlar maqsadida tana azolariga ehtiyoj seziladi. Ilm-fan rivojlanar ekan, bu masala ham qonunchilikda aks etishi kerak. Jasaddagi qaysi organlardan donor sifatida foydalanish mumkinligi va uning tartib-qoidalari yaxshi ochib berilmagan. Barchaga tushunarli bolishi uchun bu masalalar kengroq yoritilishi kerak, deb oylayman.

Bu qonun loyihasini xalqimiz uzoq muddatdan beri kutayotgan edi, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Tursunpolat Norboyev. Chunki kopchilik bemorlar va ularning yaqinlari bor-budini sarflab, xorijda operatsiya qildirishga majbur bolayotgandi. Lekin masalaning yana boshqa jihatlari ham borki, mulohaza qilishga undaydi.

Avvalo, qonunning qabul qilinishi natijasida shifo topadigan bemorlar soni mana shu amaliyotga muhtoj aholining necha foizini tashkil qiladi? Odamlarni rozi qilish uchun masalaning bu jihatiga ham alohida etibor qaratish talab etiladi. Yurtimiz tibbiyoti mazkur qonun talablariga qay darajada javob berishi haqida ham chuqur oylab korish lozim. Viloyatlar miqyosida ham transplantatsiya meyorlariga javob beradigan shifoxonalar tashkil etilishi kerak, deb oylayman. Faqatgina poytaxtdagi sanoqli kasalxonalarda amaliyot yolga qoyilgani bilan muammo hal bolmaydi.

Yana bir muhim masala. Tibbiyotda ekspertiza, degan tushuncha bor. Ushbu jarayon tibbiyot xodimlari tomonidan doimo yopiq holda, hech qanday yaqin qarindoshlar ishtirokisiz otkaziladi. Qonun kuchga kirgach, tibbiyot xodimlari inson organlarini sotish bilan shugullanmaydi, deb hech kim kafolat bera olmaydi. Chunki guvohlarsiz yorib korilgan jasadning hamma organi joyidami-yoqmi hech kim bilmaydi. Ushbu masala haligacha yechimsiz qolmoqda. Demak, bu qonunan tartibga solinishi kerak.

Ehtiyojmand aholi vakillari bolgan bemorlar uchun ajratiladigan mablag yoki yordamni amalga oshirish tartibi loyihada korsatilishi zarur. Ijtimoiy himoya mexanizmlari ham ishlab chiqilishi, adolat mezonlarining buzilishiga yol qoymaslik kerak. Aks holda, odamlar orasida noroziliklar yuzaga keladi. Qonun loyihasini barchaga bir xil manfaatli bolgan meyorlar bilan takomillashtirish lozim, deb hisoblayman.

Muhimi, bemorlarga qoyiladigan shartlar, suniy tosiqlarga barham berilishi lozim. Otgan yili yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar bolagini transplantatsiya qilish tartibi haqida hukumatning vaqtincha nizomi tasdiqlangan edi. Shunga qaramay, bu jarayonni amalga oshirish juda ham murakkablik tugdirmoqda. Bu haqda aholi vakillari bilan suhbatlashganimizda qator misollarni aytib berishdi. Xulosa qilib aytganda, taklif etilayotgan qonun loyihasi kimnidir boyitish uchun emas, xalq manfaatiga xizmat qilishining tarafdorimiz.

Juda ham dolzarb masala kotarildi, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Shuhrat Tursunboyev. Loyiha bilan toliq tanishib chiqdim. Unda ijtimoiy himoya bilan bogliq biror soz aytilmagan. Agar ushbu masala qonunga kiritilmas ekan, u hamma uchun birdek ishlamaydi. Oddiygina misol, kam taminlangan oilalar davolanish uchun order ololmay yuradi. Bu yerda esa organ kochirish haqida gap ketmoqda. Shuning uchun mazkur masalaga jiddiy etibor qaratilishi talab etiladi.

Qonun kimga ishlaydi, degan savolga javob aniq ifoda etilishi kerak. Togrisi, tushuntirish xatini oqigan odam ertakka tushib qolgandek boladi. Goyoki ushbu qonun qabul qilinsa, hamma bemorning yuragi almashtirib yuborilib, hamma soglom bolib qoladi, degan xulosaga kelish mumkin. Ayni paytda yurtimizda yoq bolgan amaliyotga qol urilar ekan, uni shoshilib emas, puxta va atroflicha organib, keyin qonun ishlab chiqishimiz lozim.

Nogironligi bolgan shaxslar, kam taminlangan oilalardagi bemorlarga donorlik masalasi ochiq qolib ketishi ham togri emas. Kuzatishlarimizdan ayonki, tirikchilikka, bolalarini boqishga qiynalib turgan odam hamma narsaga tayyor boladi. Ertaga u oz azolarini sotishdan ham toymaydi. Shunga oxshash holatlar roy bermasligi uchun tana azolarini sotish qonunan taqiqlanishi kerak, deb hisoblayman.

Shuningdek, qonun loyihasida boshqa kamchiliklar ham kozga tashlandi. Masalan, falon kasallik bilan ogrigan bemor yoki murda degan jumlalar ham bor. Inson ogrishi mumkin, lekin murda ogrimaydi-ku. Shu kabi eng oddiy jihatlar ham etibordan chetda qolmasligi qonunning mukammalligiga xizmat qiladi.

Aytish kerakki, transplantatsiya oziga xos talablarga ega murakkab jarayon hisoblanadi. Vaholanki, bizda hali biopsiya, autopsiya masalalarida ham yechimini kutayotgan muammolar bisyor. Shu jihatdan juda katta ishga qol urilgan. Lekin qonunning natijalari, oqibatlari haqida bosh qotirish talab etiladi. Korrupsiyaning oldini olish masalasi ham ustuvor sanaladi. Qonun loyihasida chalkashliklar, tushunarsiz va ozaro zid jumlalar borligi, ayrim masalalar toliq ochib berilmagani bois uning maqullanishiga betarafman.

Davomli va qizgin muhokamalardan song qonun loyihasi kopchilik ovoz bilan konseptual jihatdan qollab-quvvatlandi.

Transplantatsiya juda nozik va murakkab masala. Qonun loyihasining dastlabki muhokamasida bildirilgan fikr-mulohazalar shuni korsatib turibdi. Loyihaning keyingi taqdiri nima boladi? Kuzatishda davom etamiz.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: