O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
26.06.2018

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI SIFATI BOYICHA JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILMOQDA

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining navbatdagi yigilishida qator qonun loyihalari muhokama qilindi.

Deputatlar «Ozbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 178-moddasiga ozgartirish kiritish togrisida»gi qonun loyihasiga alohida etibor qaratdi. Chunki bu ozgartirish aholi istemoli uchun moljallangan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

— Aytish kerakki, har bir meyoriy-huquqiy hujjat avvalo inson omiliga qaratilgan bolishi kerak, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Qahramon Mirzayev. Mazkur qonun loyihasi orqali tovarning sifati va istemol xususiyati togrisida istemolchilarni chalgitish bilan bogliq holatlarga javobgarlikni oshirish masalasi nazarda tutilgan. Yani, tovarlarni unga oxshash mahsulotlar bilan almashtirib qoyish, ongli ravishda mahsulotning xususiyati va sifati ozgarishiga yol qoyilganda javobgarlikni kuchaytirish masalasi ilgari surilmoqda. Fraksiyamiz fikricha, bu kabi holatlarga chek qoyish muhim sanaladi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, yurtimizga olib kirish va realizatsiya qilishda sodir etilgan huquqbuzarliklar yuzasidan ham choralar kuchaytirilishi kerak. Bu oz navbatida tadbirkorlarning masuliyatini oshirishga, bozorlarimizni sifatli oziq-ovqat bilan taminlashga xizmat qiladi.

Prezidentimizning 2018 yil 17 apreldagi Qishloq va suv xojaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni hamda 7 maydagi Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga asosan Bosh prokuratura huzurida inspeksiya tashkil etilib, uning vazifalari belgilandi.

Prezident qaroriga muvofiq joriy yil 1 avgustdan Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi oz faoliyatini boshlaydi. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don, Ozsuvnazorat respublika suv inspeksiyalari, Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish, Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyalari, Ozdavurugnazoratmarkaz qishloq xojaligi ekinlari urugini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi hamda Ozstandart agentligining Ozbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash Sifat markazi davlat korxonasi tugatilib, ushbu tashkilotlarning qonun hujjatlarida belgilangan vazifa va vakolatlari Inspeksiyaga otkazilmoqda.

Bu yangiliklar amaldagi ayrim qonun hujjatlariga ozgartirish va qoshimchalar kiritishni taqazo etmoqda. Yigilishda mazkur masala ham atroflicha muhokama qilindi. Fraksiya azolari loyiha yuzasidan oz fikr-mulohazalarini bildirdi. Loyihaning rus va ozbek tilidagi matnlari ozaro mutanosibligiga etibor qaratish, kamchiliklarni toldirish hamda yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar berildi.

Yigilishda korib chiqilgan barcha qonun loyihalari boyicha fraksiya oz pozitsiyasini belgilab oldi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.