O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
24.05.2018

Zarafshon shahri: KAMCHILIKLARNI BARTARAF ETISH BOYICHA SESSIYA QARORI QABUL QILINDI

Zarafshon shahrida 85 mingdan ortiq kishi istiqomat qiladi. Hududda 12 maktab, 15 maktabgacha ta’lim muassasasi, 13 mahalla fuqarolar yig‘ini, tibbiyot birlashmasi, 3 kollej va bir litsey mavjud. Bu Zarafshon shahri bilan bogliq umumiy malumotlar.

Oliy Majlis Qonuchilik palatasi hamda Senati azolaridan iborat ishchi guruh yaqinda Zarafshon shahridagi haqiqiy ahvolni organdi.

Aholi xonadonlarida otkazilgan suhbatlar, uchrashuvlar, ijtimoiy soha obektlaridagi organishlar davomida 80 dan ortiq murojaat boldi. Ularning 20 dan ortigi tuman mutasaddilari ishtirokida ijobiy hal qilindi. Fuqarolar tomonidan kotarilgan 12 masalani tuman, 8 tasini viloyat, 4 tasini respublika miqyosida hal etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Kop qavatli uylarda yashovchilar issiqlik taminoti uchun tolovlar qimmatligidan arz qildi. Etirozlar mutaxassislar ishtirokida organib chiqildi.

Malum bolishicha, Zarafshon shahrida issiqlik taminoti uchun tolovlar Navoiy shahri bilan taqqoslanganda, ikki barobar yuqori ekan. Zarafshonda turar-joy maydonini isitish uchun sarflanadigan energiya Navoiy shahriga nisbatan 2 barobar yuqori ekani bunga asos qilib korsatilmoqda. Barcha malumotlar asosida viloyat hokimligiga tolovlarni qayta korib chiqish yuzasidan xat kiritildi.

Shahar aholisiga tibbiyot birlashmasi va 3-sonli tibbiy-sanitariya qismi xizmat korsatadi. Shaharda tibbiyotdagi asosiy muammolardan biri shahar markaziy shifoxonasi yoqligi bilan izohlanadi. Shuning uchun tibbiy xizmat sifati qoniqarli darajada, deyish qiyin.

Shahar kop tarmoqli markaziy poliklinikasida tibbiyot xodimlari samarali faoliyat yuritishi uchun sharoit yetarli emas. Ikki-uch vrach bitta xonaga joylashtirilgan. Ginekologiya bolimida bir xonada 3 ta korik stoli mavjud.

Pensionerlar yilda bir marta chuqurlashtirilgan tibbiy korikdan otkazilishi lozim. Lekin markaziy poliklinika mutaxassislari bunday korik otkazmagan.

On ikki nafar tor soha mutaxassisi haftada 5 kun tuman mudofaa ishlari bolimiga borib chaqiriluvchilarni va osmirlarni tibbiy korikdan otkazishi rejalashtirilgan. Ushbu jarayon aholiga tibbiy xizmat korsatishga jiddiy salbiy tasir korsatmoqda.

Hududda joriy yilda 2456 ish orni yaratilishi belgilangan. Malumotlarga kora, birinchi chorakda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hisobiga 45 yangi ish joyi tashkil etilgan. 3 oy davomida 230 ta yakka tartibdagi tadbirkor royxatdan otgan. Shahar hokimining qaroriga asosan korxona va tashkilotlarda 510 ta kvotalangan ish orni belgilangan bolib, birinchi chorak davomida 47 nafar fuqaroga yollanmalar berilgan.

Hukumat qarori asosida otgan 3 oy davomida 470 nafar fuqaro haq tolanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan. Bugungi kunda bandlikka komaklashish markazi tomonidan 650 nafar ishsiz fuqaro royxatga olingan bolib, ularning 510 nafari xotin-qizlar.

Shahardagi 4-sektor faoliyati organilganda, qator etiborsizliklar aniqlangan. Xususan, imtiyozli kredit olish istagi bolgan 37 nafar fuqaroga sektor rahbari va mahalla raislari tomonidan tavsiyanomalar berilgan. Tijorat banklari xodimlarining masuliyatsizligi tufayli bor-yogi 3-4 nafar odamga imtiyozli kreditlar ajratilgan.

Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida organilgan va yuqorida qayd etilgan holatlar mutasaddi rahbarlar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. Sessiya ishtirokchilari parlament vakillari tayyorlagan tahliliy-tanqidiy axborot bilan tanishdi.

Takidlanganidek, shaharda keng kolamli ishlar olib borilgan. Bu aholining kundalik hayotida oz natijalarini bermoqda. Lekin yol qoyilayotgan kamchiliklar hamda etiborsizliklardan koz yumib bolmaydi. Sogliqni saqlash, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, uy-joy kommunal va transport xizmati bilan bogliq dolzarb masalalar toplanib qolgani qayd etildi. Talim, obodonlashtirish, pul-kredit sohasida yechimini kutayotgan muammolar ham oz emas.

— Shahardagi jami 3-7 yoshli 5836 nafar bolaning 4761 nafari yoki 82 foizi maktabgacha talim muassasalariga qamrab olingan, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Aksaule Tumishova. Bolalar bogchalarining 13 tasi zamonaviy, 2 tasi moslashtirilgan binolarda joylashgan. 13 muassasa markaziy isitish tizimiga ulangan, 2 tasi komir bilan isitiladi.

Aholidan bolayotgan murojaatlarning aksariyati uy-joy bilan taminlash masalasi bilan bogliq. Bugungi kunda shaharda 1500 dan ortiq oila uy-joyga muhtoj sifatida navbatda turibdi. Fuqarolarning taklif va ehtiyojlaridan kelib chiqib, hudud viloyat markazidan 200 kilometr masofada joylashgani hisobga olinib, shahar hududida kop qavatli arzonlashtirilgan uy-joylar qurish zaruriyati mavjud.

Tomorqa yerlarni sugorish masalasida qator murojaatlar boldi. Sugorish uchun ajratilgan suv meyorining yetishmasligi aytildi. Shahar hududini sugorish uchun 2014 yilning aprel oyida 130.14 metr kub suv ajratilgan bolsa, shahar hududining kengayishi hamda kokalamzorlashtirish ishlarining oshishiga qaramasdan, bugungi kunga kelib suv miqdori ortacha 50 metr kubga kamaygan.

Sessiyada Oliy Majlis Konunchilik palatasi deputatlari sozga chiqdi. Organilgan masalalarni hal etishda bor imkoniyatni ishga solish, qoshimcha choralar oylab topish va ozaro hamkorlikni mustahkamlash kerakligi qayd etildi.

Sessiyada korilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Xususan, shahar kop tarmoqli markaziy poliklinika faoliyatini kengaytirish choralarini korish, korxona va tashkilotlar xodimlari, maktab oquvchilarini tibbiy korikdan otkazish tizimini qayta korib chiqib, tegishli muddatda reja-jadval tuzish va uni amalga oshirish ustidan qatiy nazorat ornatish belgilandi. Fertil yoshidagi ayollar, nuroniylar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini doimiy tibbiy korikdan otkazib borish vazifalari topshirildi.

Sessiyada kotarilgan har bir masala boyicha «yol xaritasi» asosida tizimli choralar korilishi belgilandi. Barcha masul tashkilot va idora vakillariga tegishli vazifalar yuklatildi.

Xalq deputatlari shahar Kengashining doimiy komissiyalari qaror ijrosini taminlash uchun masul bolgan mutasaddi tashkilotlarning hisobotlarini eshitib borishi korsatilgan. Sustkashlikka yol qoygan masul shaxslarga nisbatan tegishli intizomiy choralar qollash yoki vazifasiga loyiqlik masalasini korib chiqish boyicha shahar Kengashiga takliflar kiritib boriladi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: