O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
22.05.2018

PSIXIATRIYA YORDAMI BOYICHA YANGI QONUN LOYIHASI ISHLAB CHIQILADI

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining navbatdagi yigilishida «Psixiatriya yordami korsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi Prezident qarorining ahamiyati haqida soz yuritildi.

Fraksiya a’zolari joylardagi haqiqiy holatni organish jarayonida aholining ruhiy sogligini tekshiruvdan otkazish bilan bogliq muammolar kuzatilayotganini takidlashdi. Ruhiy holati buzilgan shaxslarni profilaktika qilish, ularga tashxis qoyish, davolash, parvarishlash va tibbiy-ijtimoiy jihatdan tiklash yuzasidan qator kamchiliklar kozga tashlanmoqda.

— Psixiatriya yordami korsatish tizimining samarali faoliyatini taminlovchi huquqiy bazani takomillashtirishni zamon talab qilmoqda, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Aliya Yunusova. Chunki Psixiatriya yordami korsatish togrisidagi qonunning ayrim meyorlari eskirgan va qayta tahrirga muhtoj. Ruhiy hastalikka chalingan bemorlarga aniq tashxis qoyish, ularni davolash hamda parvarishlash uchun zamonaviy diagnostika asbob-uskunalari hamda tibbiy reabilitatsiya vositalari talab etiladi.

Fraksiyamiz fikricha, psixiatriya xizmati muassasalarining ayrim vazifalarini sogliqni saqlashning xususiy sektoriga otkazish kerak. Aholiga psixiatriya yordami korsatish sohasida davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish, korsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash uchun investitsiyalar jalb qilish lozim. Joylarda bolganimizda deputatlar tomonidan tizimli muammolar ham organilgan. Mazkur muammolar tibbiy xizmat sifatiga ham salbiy tasir korsatmoqda. Shuning uchun psixiatriya yordami korsatish boshqaruvini chuqur qayta korib chiqish zarur, deb hisoblaymiz.

Psixiatriya sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish uchun xususiy shifoxonalar faoliyatini kengaytirish kerak. Har bir hududda aholining barcha qatlami, xususan, bolalar va osmirlar uchun qulay sharoitlarda, sifatli psixiatriya xizmatidan foydalanishni yolga qoyish lozim. Bunda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, psixiatriya yordami korsatishni samarali boshqarish mexanizmini joriy etish ustuvor masala hisoblanadi. Sohadagi ilmiy tekshirish ishlarini yuqori pogonaga olib chiqish zarur.

Fraksiyamiz azolari tomonidan ikki yil davomida joylarda organilgan masalalar, psixiatriya yordami korsatish boyicha jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qonun loyihasi ham tayyorlanmoqda. Aholi murojaatlari sohada mutaxassislar yetishmasligi eng dolzarb masala ekanini korsatdi.

Psixiatriya yordami korsatish togrisidagi qonun loyihasini yangi tahrirda ishlab chiqish boyicha fraksiyaning ishchi guruhi shakllantirildi. Fraksiya tashabbusi bilan taklif etiladigan yangi tahrirdagi qonun tizimni tubdan takomillashtirishning asosiy yonalishlarini qamrab olishi lozimligi takidlandi.

Yigilishda, shuningdek, boshqa qonun loyihalari ham atroflicha muhokama qilindi.

Erosti boyliklari togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasiga ozgartishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi fraksiya azolarining diqqat markazida boldi.

Vazirlar Mahkamasining nomidan foydali qazilmalarni oz ichiga olgan yer qari uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish komissiyasi tugatilmoqda, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Aksaule Tumishova. Ushbu vakolat Respublika Davlat geologiya va mineral resurslar qomitasiga topshirilishi kozda tutilmoqda. Bunday tartib joriy etilishi tadbirkorlik subektlariga ruxsat berish, litsenziyalarni rasmiylashtirish, shuningdek, boshqa davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha xarajatlarni qisqartirishga va jarayonlarni soddalashtirishga imkon beradi.

Fraksiyamiz azolari yangi tartib orqali yerosti boyliklarining talon-taroj qilinishiga yol qoymaslik kerak, deb hisoblaydi. Yani amalda belgilangan meyorlar, talab va majburiyatlar litsenziyada oz aksini topishi lozim. Shuningdek, litsenziyaga ega bolgan tadbirkorlik subektlari faoliyati ustidan deputatlik nazorati ornatilishi talab etiladi. Qonunchilik talablari buzilgan holda litsenziya bekor qilinishi, lozim bolsa, javobgarlikka tortilishi kerak, deb oylaymiz. Ana shunda yerosti boyliklarini asrash, ulardan samarali va maqsadli foydalanish mumkin boladi.

Deputatlar Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun loyihasi boyicha ham oz fikr-mulohazalarini bildirdi. Loyihaga kora, mamuriy huquqbuzarlik togrisidagi bayonnoma tuzishga vakolatli organlarni aniq nazarda tutuvchi masala orin olgan. Xususan, nogironligi bolgan shaxslar huquqlari va erkinliklari bilan bogliq qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan monitoring tartibi hamda jamoatchilik nazoratini takomillashtirish nazarda tutilgan.

Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksining 255-moddasiga uchinchi va tortinchi qismi bilan qoshimchalar kiritilishi belgilanmoqda. Yani mazkur Kodeksning 511– moddasi talablari boyicha qonunbuzilish aniqlangan hollarda, mehnat boyicha davlat texnik inspektorlari va mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi mansabdor shaxslari mamuriy huquqbuzarlik togrisida bayonnoma tuzishi korsatilgan. Qonun loyihasi bilan bunday bayonnomani korib chiqish uchun tegishli tartibda sudga yuborish masalasi aniqlashtiriladi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: