O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
17.05.2018

MILLIARDLAB SAMARASIZ XARAJATLAR...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi Hisob palatasining 2017 yildagi faoliyati togrisidagi hisobotini tingladi

Otgan yili Hisob palatasining huquq va vakolatlari kengaytirilib, hududlardagi faoliyati samarali tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilgan edi.

2017 yilda palataga yuklatilgan vazifalar ijrosi boyicha otkazilgan tekshirish va organishlar (audit) natijalari yuzasidan Prezidentga 66, Vazirlar Mahkamasiga 3 malumotnoma va tahliliy materiallar kiritilgan. 2145 holatda 36,5 milliard som va 7 million AQSh dollari noqonuniy va samarasiz xarajatlar, 38 holatda 268,3 milliard somlik byudjet tizimidagi qoshimcha daromad summasi aniqlangan. 75 holatda meyoriy hujjatlarni takomillashtirish hamda tizimli muammolarni bartaraf etish boyicha taklif va etirozlar bildirilgan. 3442 holatda amaliy yordam va korsatmalar berilgan. Hisobot davrida malumotnoma hamda tahliliy materiallar natijasida 10 ta meyoriy-huquqiy hujjat va bayonnomalar qabul qilingan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Davlat maslahatchisi tasdiqlagan royxat asosidagi ishchi guruhlar Hisob palatasi vakillari bilan birga sogliqni saqlash sohasidagi islohotlar ijrosini taminlash hamda amaliy yordam korsatish maqsadida joylarda organishlar otkazgan. Unga kora, qishloq oilaviy poliklinikalari hududida aholi uchun arzon va sifatli dori vositalari hamda tibbiy buyumlar sotuvini yolga qoyadigan «Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasining dorixonalarini joylashtirish hamda hududlarda tez tibbiy yordam shoxobchalarini tashkil etish ishlari qoniqarsiz darajada ekani malum bolgan. Birlamchi tibbiy muassasalarda umumiy amaliyot shifokorlari, tor mutaxassisliklar shtat birligi toldirilmagani (vakant) takidlandi.

Tez tibbiy yordam brigadalarining chaqiruvlar uchun dori-darmon vositalariga sarflanayotgan byudjet mablaglari organilganda bir martalik chaqiruv dori-darmon xarajati uchun ajratilayotgan mablaglar respublika hududlari boyicha nomutanosibligi qayd etilgan. Sohaga ajratilayotgan mablaglar avvalgi yillarga nisbatan kopligiga qaramay, onalik va bolalikni muhofaza qilish holatida sezilarli ozgarishlar yoqligi organilgan. Barcha malumotlar Sogliqni saqlash vazirligi hamda hukumatga yuborilgan.

Shuningdek, siyosiy partiyalar hisobiga moliyaviy hamda boshqa mablaglarning toliq tushishi, ustav faoliyatini moliyalashtirishga byudjetdan ajratilgan mablaglarning maqsadli va samarali sarflanishiga qaratilgan organishlarga ham toxtalib otildi. Hisob palatasining korsatmalari asosida moliyaviy xato va kamchiliklarni bartaraf etish choralari korilgani qayd etildi. Jumladan, tekshirish natijalarining samaradorligi va siyosiy partiyalar apparat xodimlarining salohiyati hamda malakasini yanada oshirish maqsadida seminarlar otkazilgan.

Deputatlar tomonidan kommunal sohadagi tekshirishlar natijalariga ham alohida etibor qaratildi. Takidlanishicha, Toshissiqquvvati davlat unitar korxonasi ishlab chiqarish birlashmasining moliyaviy-xojalik faoliyatini tekshirish tadbirlarida 516 milliard somlik kamchiliklar aniqlangan. Bunga isitish mavsumiga togri kelmaydigan davrlarda issiq suv belgilangan meyordan ortiq sarflanishiga yol qoyilgani, markazlashgan issiqlik tizimiga ulangan kop qavatli xonadonlarga yetkazib berilgan issiqlik manbai uchun tolov yashash maydoniga nisbatan kam qilib belgilangani va yana qator masalalar sabab bolgan.

Hisob palatasi joylarda 4 sektor rahbarlari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosiga asosiy etibor qaratgan. Aholi bilan muloqot uchun yaratilgan qulayliklar, muammolarni aniqlash va bartaraf etish choralari tizimli yolga qoyilgani palata azolari diqqat markazida bolgan.

Xususan, shahar va tumanlardagi kop qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari tahlil qilingan. Dastur asosida belgilangan tamirlash-tiklash ishlarining toliq bajarilmagani, manzilli dasturdagi uylar tom qismini mukammal tamirlash, oldi va kirish yolaklarini tamirlash, temir eshik, kodli qulf ornatish ishlari nihoyasiga yetkazilmagan. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida uy-joy mulkdorlar shirkatlariga tijorat banklari tomonidan 4,8 milliard som kredit mablaglari ajratilishi taminlangan.

Ozbekiston XDP fraksiyasi azolari muhokama jarayonida ozlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi. Ularga Hisob palatasi raisining birinchi orinbosari Olimxon Rustamov javob berdi.

Savol:

— 2017 yilda amalga oshirilgan ishlar xususida Parlamentga taqdim etilayotgan malumotlarni atroflicha organib, tahlil qilishimiz uchun fraksiyalar yigilishi hamda yalpi majlis orasida juda kam vaqt qolmoqda. Axborotni mart, aprel oylarida eshitishning imkoni bormi?

Javob:

Ikkita yangi yonalish bolgani uchun zimmamizda vazifalar juda kop. 17 mingta topshiriq bor, ularning har biri boyicha alohida ishlash kerak. 12 kishi vaqt hamda jismoniy jihatdan barcha malumotlarni umumlashtirishga ulgurishi qiyin kechmoqda. Shuning uchun maxsus qaror asosida safimiz kengaytirilishi hamda qoshimcha vakolatlar berilishi rejalashtirilgan.

Savol:

Hisob palatasi faoliyati bilan bogliq nizomga muvofiq xorijiy mamlakatlarning oliy moliyaviy organlari va ularning tuzilmalari bilan hamkorlik ornatilishi belgilangan. Bu borada qanday amaliy ishlar olib borilmoqda?

Javob:

Bu yil noyabr oyiga qadar Hisob palatasining faoliyati togrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Loyihani tayyorlashda jahon standartlariga mos bolgan meyorlar kiritilishiga etibor qaratamiz. Shuning uchun ayni paytda xalqaro mutaxassislar, xususan, Jahon banki, KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Palatamiz vakillari Koreya davlatiga borib, tajriba orttirib kelmoqda. Avvalgi yillarda Yaponiyaning JICA tashkiloti bilan ham hamkorlik qilganmiz, mutaxassislar Yaponiyaga borib, u yerdagi tajribani organib kelishgan. Oylaymanki, bu chora-tadbirlar natijasida qonun loyihasini puxta tayyorlashga imkon yaratiladi.

Dunyodagi barcha Hisob palatalari assotsiatsiyasi INTOCAI xalqaro tashkiloti yonalishlariga qarab xalqaro hamkorlik ishlari olib boriladi. Yani, hech qanday mablag talab qilinmaydi. Ozaro tajriba almashish, malaka oshirish vazifalari belgilangan. Joriy yilda ushbu tashkilotga azo bolish kozda tutilmoqda. Shuning uchun assotsiatsiya talablariga javob beradigan meyoriy-huquqiy hujjatga ega bolishimiz kerak. Ana shunda hamkorlik masalalari oz-ozidan yolga qoyiladi. Ayni paytda bu ishlar kelishilgan holda, tor doirada olib borilmoqda.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: