Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
12.05.2018

Ekstremistik faoliyat: PROFILAKTIK TADBIRLAR, QARSHI KURASH CHORALARI KUCHAYTIRILADI

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga daxldor bo‘lgan qator qonun loyihalari muhokama qilindi.

Qonun loyihalari O‘zbekiston XDP fraksiyasining majlisida ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Fraksiya a’zolari «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi. Ta’kidlandiki, loyiha Prezidentimizning «O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonidagi vazifalarni qonun hujjatlarida muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Qonun loyihasiga ko‘ra, bir qator qonunlar hamda kodekslarga o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda. Masalan, «Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga hisob palatasi zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida birja bitimi to‘g‘risidagi axborotlarning taqdim qilinishi bilan bog‘liq qoidani kiritish masalasi ilgari surilmoqda.

Deputatlar fikricha, taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar orqali Hisob palatasining faoliyati tartibga solinadi. Hujjatlarda belgilangan asosiy vazifalari va yo‘nalishlari boshqa qonunlarda ham aks ettirilishi ta’minlanadi.

Shuningdek, fraksiya a’zolari birinchi o‘qishda kiritilayotgan «Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini atroflicha muhokama qildi. Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida xalqaro terrorizm va ekstremizmning yangi tahdidlari paydo bo‘layotgan bir sharoitda bu boradagi profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirishni davrning o‘zi taqozo etayotgani ta’kidlandi.

 

Shuhrat MAMAJONOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Taklif etilayotgan qonun loyihasi konseptual jihatdan ma’qullanmoqda. Mazkur hujjat orqali bugun butun dunyoni tashvishga solayotgan illatga, odamlarning ongi va hayotini zaharlovchi g‘oyalar tarqatuvchilarga qarshi kurashish masalasining huquqiy asoslari yaratiladi. Ekstremistik guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish choralari ko‘riladi. Lekin loyiha ustida ishlash, uni yanada mukammallashtirish talab etiladi.

 Ekstremistik faoliyatga qarshi kurashishda profilaktika masalalari dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun qonunning nomini ham qayta ko‘rib chiqish kerak, deb o‘ylaymiz. Loyihada jumlalardagi o‘xshashliklar, noaniqliklar ko‘p uchraydi. Ular tushunarli va aniq so‘zlar bilan almashtirilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Muhimi, mazkur hujjat «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonunni takrorlamasligi kerak. Bular ikki xil masala bo‘lib, qarshi kurash chora-tadbirlari ham bir-biridan farqlanishi lozim, deb hisoblaymiz.

 

Aliya YUNUSOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— To‘g‘ri, mazkur qonunni qabul qilishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Ammo undagi me’yorlarni aniq, ravon, xalqaro standartlarga har tomonlama mos shaklga keltirish lozim. Ekstremizm global darajadagi masala bo‘lib, qonun qabul qilingach, dunyo hamjamiyatining ham e’tiborini tortadi, xalqaro ekspertlar muhokamasida bo‘ladi. Puxta va sifatli qonun yaratish anchagina vaqt talab etadi.

 Fraksiyamiz a’zolari qonun loyihasida ayrim jihatlar o‘zaro nomutanosib bo‘lgani uchun uni qayta ko‘rib chiqish kerak, deb hisoblaydi. Ekstremistik faoliyatni cheklash bilan bog‘liq me’yorlarni mantiqan mos keluvchi jumlalar bilan to‘ldirish lozim. Davlat idoralariga profilaktik tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan qator vazifalar yuklatilmoqda. Gap shu haqda ketganda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonunga murojaat qilish talab etiladi. Qonun loyihasida qaysi nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi aniq ko‘rsatib o‘tilishi zarur, deb o‘ylaymiz.

Shuningdek, ekstremistik guruhga aloqador shaxslar emas, guruhlar va tashkilotlar bilan bog‘liq me’yorlar ham belgilanishi lozim. Sud qaroriga ko‘ra ekstremistik guruh deb topilgan holatda qanday choralar ko‘rilishi haqida aniqlik kiritilishi kerak.

Fraksiya yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 511-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida»gi qonun loyihasi ham deputatlar diqqat markazida bo‘ldi. Loyihada nogironligi bo‘lgan shaxslarning injenerlik, transport va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlariga to‘siqsiz kirishini ta’minlash masalasi asos qilib olingan. Belgilangan talablarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik, shu orqali ularning huquq va erkinliklarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilmoqda. Bu boradagi qonun hujjatlari ma’muriy javobgarlikni tartibga solish sohasidagi xalqaro hujjatlarga muvofiqlashtirilmoqda.

 

Sattor RAHMATOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Nogironligi bo‘lgan shaxslarni faol hayotga qaytarish, ular uchun to‘siqsiz muhit yaratish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan qaraganda mazkur qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlaymiz. Lekin unga ayrim aniqliklar kiritilishi kerak. Masalan, panduslarning qanday bo‘lishi, qay yo‘sinda joylashtirilishi bilan bog‘liq me’yorlar ishlab chiqilishi, ana shu asosida javobgarlik turlarini belgilash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Fraksiyamiz vakillari qonunning qabul qilinishi nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun teng sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi, deb hisoblaydi. Ularni jamiyat hayotiga faol jalb etishga, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash sohasida tan olingan xalqaro me’yor va standartlarni milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilishga olib keladi. Loyihadagi noaniqliklarni bartaraf qilish va yanada takomillashtirish lozim.

Yig‘ilishda, shuningdek, «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi va qator qonun loyihalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muhokama qilingan qonun loyihalari bo‘yicha fraksiya o‘z pozitsiyasini belgilab oldi.



DB query error.
Please try later.