O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
08.05.2018

EKSTREMIZMGA QARSHI KURASHISH QONUNAN TARTIBGA SOLINADI

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigilishida «Ekstremizmga qarshi kurashish togrisida»gi qonun loyihasi korib chiqildi.

Deputatlar loyihani partiya dasturiy maqsadlari va aholi manfaatlari hamda joylardagi organishlar natijalaridan kelib chiqib, atroflicha muhokama qilishdi.

Ta’kidlandiki, qonun loyihasi ekstremizmga qarshi kurashish borasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan. Uning asosiy vazifasi shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taminlashdan iborat. Konstitutsiyaviy tuzumni hamda davlatning hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolarning tinchligi, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni saqlash masalalari ham ustuvor hisoblanadi.

— Yangi qonunda ekstremistik faoliyat (ekstremizm), ekstremist, ekstremizmni moliyalashtirish, ekstremistik material tushunchalariga alohida tarif berilgan, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Zulayho Akramova. Shuningdek, ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari va yonalishlari belgilangan. Mazkur illatga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchi hamda amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning vakolatlari ham belgilab berilmoqda.

Ekstremistik faoliyatni, shuningdek, yuridik shaxslarni tashkil etish vaqtida nomlashda, ekstremistik tashkilot bilan bogliq nomdan foydalanishni taqiqlash nazarda tutilmoqda. Ekstremizmga qarshi kurashish choralarini belgilash, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish talab etiladi. Shuning uchun jamiyatda ushbu illatga nisbatan murosasizlikni shakllantirish masalalariga alohida etibor qaratilmoqda.

Oylaymizki, mazkur qonun loyihasining amaliyotga tatbiq etilishi tizimdagi qonunbuzilish holatlarini oz vaqtida aniqlash va oldini olishga xizmat qiladi. Loyihada ekstremizm va uning oqibatlarini bartaraf qilish, fuqarolarda javobgarlikni kuchaytirish tartib-qoidalari ham oz aksini topgan. Ushbu illatga qarshi kurashish va unga chek qoyishda muhim hujjat hisoblanadi.

Yurtimiz tinchligi, jamiyat farovonligi, odamlarning osuda hayotini, din va etiqod erkinligini taminlashda mazkur qonun dolzarb ahamiyat kasb etadi, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Sattor Rahmatov. Bugun jahonda sodir bolayotgan voqealar korsatmoqdaki, turli qarama-qarshiliklarning qasddan yuzaga keltirilishi, diniy va millatlararo keskinlikning suniy ravishda kuchaytirib yuborilishi oqibatida, begunoh insonlar, xususan, bolalar va ayollarga katta zulm, jabr yetkazilmoqda. Hali hayotning baland-pastini tushunib yetmagan yoshlar yot goyalar tasiriga tushib, ekstremistik faoliyat ishtirokchisiga aylanib qolmoqda. Talafotlar natijasida korilayotgan manaviy va iqtisodiy zararning esa ornini qoplashning imkoniyati ham yoq.

Shu orinda, Prezidentimiz tomonidan bu borada korsatilayotgan tashabbuslarni ham alohida takidlash lozim. Millatlararo totuvlik, din va etiqod erkinligi borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan etirof etilmoqda.

2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishlari boyicha Harakatlar strategiyasining V bolimi ham ayni mazkur masalalarga qaratilgan. Xavfsizlik, diniy bagrikenglik va millatlararo totuvlikni taminlash hamda chuqur oylangan, ozaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yonalishlar qamrab olingan. Tinchlikni taminlash bilan bogliq dolzarb masalalarga alohida etibor qaratilgan. Demak, mazkur qonun loyihasi olib borilayotgan chora-tadbirlarning uzviy davomi bolib xizmat qiladi.

Fraksiyamiz azolari ekstremistik tashkilot tushunchasiga berilgan tarifga yanada aniqlik kiritish kerak, deb hisoblaydi. Ekstremistik faoliyat profilaktikasi masalalarida ham tushunarsizliklar bor. Takrorlanayotgan, bir-biriga yaqin jumlalarni umumlashtirish kerak.

Yigilish yakunida bildirilgan takliflar, fikr-mulohazalar asosida fraksiya oz pozitsiyasini belgilab oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: