O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
28.04.2018

TOSHLOQDAGI MUAMMOLAR OZ-OZIDAN HAL BOLMAYDI

Xabaringiz bor, har oyning dastlabki 10 kuni davomida Oliy Majlis Senati hamda Qonunuchilik palatasi a’zolari joylarda aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazmoqda. Uchrashuvlar davomida aniqlanayotgan katta-kichik muammolarni qogozga qayd etib qoyish emas, ularga amalda yechim topish dolzarb masaladir.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati azolaridan iborat ishchi guruh Fargona viloyati Toshloq tumanidagi haqiqiy ahvolni organdi.

Tumanda 196,2 ming kishi 51 MFYda istiqomat qiladi. Jami 48 maktab, 20 ta maktabgacha talim muassasasi, bir shifoxona, 3 qishloq vrachlik punkti, 6 qishloq oilaviy poliklinikasi va 6 kollej mavjud.

2018 yil uchun ham mintaqaviy investitsiya dasturi shakllantirilgan va unga 17 ta loyiha kiritilgan, 11 milliard 293 million som mablag sarflanishi kozda tutilgan (sanoat yonalishida 6 ta, xizmat korsatish yonalishida 7 ta va qishloq hojaligi yonalishida 4 ta). Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun tijorat banklari kreditlari hisobidan 5 milliard 730 million som, loyiha tashabbuskorlari hisobidan 5 milliard 563 million som miqdorida mablag sarflanishi belgilangan. Ularni amalga oshirish hisobiga 143 ta yangi ish orni yaratilishi kozda tutilgan.

Organishlar davomida ishchi guruhi azolari 483 xonadonda bolib, 330 masalani royxatga oldi. Kotarilgan muammolar chuqur tahlil qilinib, ularning 136 tasi joyida hal etildi. 14 masalani viloyat, 6 tasini respublika darajasida hal etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqildi.

50 ga yaqin fuqaro ish bilan taminlandi, 100 ga yaqin fuqaroni ishga joylashtirish boyicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan kelishib olindi.

Parlament vakillari tumandagi 28-umumtalim maktabi faoliyati, uning holati bilan yaqindan tanishdi. Maktabda oquvchilarga berilayotgan talimning sifat darajasi hamda davomat tahlil qilindi. Oqituvchi-pedagoglar bilan muloqotda talimni jahon andozalariga javob beradigan innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Bu borada oqituvchilarning tajriba almashinuvi hamda amaliy mashgulotlarni kopaytirish kerakligiga etibor qaratildi.

Tumandagi «Yakkavut» mahalla fuqarolar yiginida oilaviy ajrimlar hamda yoshlar tarbiyasi bilan bogliq masalalar tahlil qilindi. Hududdagi muammolar organildi. Ularning yechimi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik sorovlari yuborishga kelishib olindi.

Parlament vakillari Yoshlar ittifoqi tuman bolimida ham bolib, yaratilgan sharoit bilan yaqindan tanishdi. Muqim ish orniga ega bolmagan uyushmagan yoshlar bilan koproq ishlash borasida takliflar bildirildi.

Dehqon xojaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish masalasi bugungi kunda juda dolzarbdir. Shunga muvofiq, tumandagi chorva va dehqon xojaliklarida olib borilayotgan ishlar ham ishchi guruh azolari diqqat markazida boldi. Aholini gosht va sut mahsulotlari bilan taminlash darajasi tahlil qilindi.

Shundan song tumandagi Sirlimachit mahallasida joylashgan 8-umumtalim maktabiga borildi. Mazkur maktab binosi hamda unga yaqin joylashgan 4-maktabgacha talim muassasi binosi achinarli holga kelib qolgan. Har ikkala muassasa binosining devorlari zahlab, nuray boshlagan. Mahalla ahli hududdagi yaroqsiz holga kelib qolgan yer osti qudugi (skvajinasi) dan sizib chiqayotgan suv bunga asosiy sabab bolayotganini aytdi.

Tumandagi 19 va 44-umumtalim maktablarida esa oquvchilar ovqatlanishi uchun sharoit mavjud emas. Oshxona deb foydalanilayotgan joy sanitar-gigiyena talablariga javob bermaydi. Tozalikka rioya etish, bola salomatligi uchun xavfsiz tarzda ovqat tayyorlash, istemol qilish masalasi zudlik bilan yechim talab etadi.

2018 yil uchun tumanda eksport rejasi 10 million 566,7 ming AQSh dollari, joriy yil birinchi choragi uchun esa reja 966,4 ming dollar miqdorida belgilangan. Amalda 771,5 ming dollarlik yoki belgilangan rejaning 79,8 foizi bajarilgan.

Sanoat mahsulotlari eksport qiluvchi Merfen-Ko MChJ (poyabzal ishlab chiqarish) 2018 yil 1 yanvardan chetdan keltiriladigan xom ashyoga belgilanadigan soliq tolovlari miqdori oshishi evaziga ishlab chiqarish mahsulotlari narxi deyarli 3 barobarga ortib ketgan.

Tibbiyot birlashmasi rahbarining xalq deputalari tuman Kengashi sessiyasida hisobot berish jadvali ishlab chiqilgan, lekin 2018 yilning birinchi choragi boyicha hisoboti hali hanuz berilmagan.

2016-2017 yillar davomida 50835 nafar tugish yoshidagi ayollarning 50502 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy korikdan otkazilgan. Ammo 333 nafari sababsiz tibbiy korikdan otkazilmagan.

Tumandagi ichimlik suv tarmogi 243 kilometrni tashkil qilib, 141 kilometri tamirga muhtoj. Aholining markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan taminlanganligi atigi 4 foizni tashkil etadi. 149 ichimlik suv quduqlaridan 34 tasi tamirtalab holatda.

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida yuqoridagi holatlar va aniqlangan kamchiliklar tuman mutasaddi rahbarlari ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.

Sessiya ishtirokchilari parlament vakillari tayyorlagan tahliliy-tanqidiy axborot bilan tanishdi.

Qayd etilganidek, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha qator ishlar amalga oshirilgan. Lekin yol qoyilayotgan kamchiliklar hamda etiborsizliklardan ham koz yumib bolmaydi. Uy-joy kommunal va transport xizmati, yol qurilishi bilan bogliq dolzarb masalalar toplanib qolgani takidlandi. Talim, sogliqni saqlash, pul-kredit bilan bogliq yechimini kutayotgan muammolar ham oz emas.

— Tumanning markaziy kochalaridagi yonalishli, yonalishsiz taksilar uchun toxtash joylari tashkil qilish mutasaddi rahbarlarning etiboridan chetda qolgan, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyaisi azosi Nomon Akbarov. Har kim istalgan joyga avtomashinalarini qoyib ketishi tartibsizliklarni yuzaga keltirmoqda.

Bundan tashqari, tumandagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarida yechimini kutayotgan muammolar talaygina. Kop qavatli uylarning tom qismi, yolaklar tamirtalab holga kelib qolgan. Yertolalarni chiqindilardan tozalash ishlari ham kongildagidek emas. Kop qavatli uylarning fasad qismi otgan asrni yodingizga soladi. Ularni zamonaviy korinishga keltirish uchun katta mablag talab etiladi.

Istiqlol mahallasining Yuksalish kochasida yashovchi Muhammad Sodiq Tursunaliyev va Ilhomjon Rahmatjonov davolanishga muhtoj. Ularning qarovchisi bolgan onalariga esa nafaqa tayinlanmagan. Bu masalada sogliqni saqlash tizimi mutasaddilari etiborliroq bolishi talab etiladi.

Sessiyada Oliy Majlis Konunchilik palatasi spikeri orinbosari, parlament ishchi guruhi rahbari Hotamjon Ketmonov qatnashdi va sozga chiqdi. Muammolarni hal etish uchun imkoniyatlar qidirib topish va hamjihatlikda harakat qilish zarurligi takidlandi.

Sessiyada korilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Organishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boyicha tuman yol xaritasi ishlab chiqish belgilandi. Tuman hokimi orinbosarlariga mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda qator vazifalar yuklatildi.

Unda tumanga viloyat mahalliy byudjetidan ajratiladigan subvensiya miqdorini kamaytirish borasida tegishli choralar korish nazarda tutilgan. Belgilangan eksport rejalarini tuman iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bolimi bilan birgalikda bajarish talab etiladi.

Aholining ichimlik suvi hamda gaz balonlariga bolgan ehtiyojini har bir mahalla kesimida qaytadan organib chiqish va toplangan malumotlar asosida masalaga yechim topish belgilandi. Eski tipdagi yogoch ustunlari, kam quvvatli transformatorlar hamda havo uzatmalarini yangilash bilan bogliq manzilli takliflar ishlab chiqilishi qayd etildi.

Pudratchi tashkilotlar tomonidan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilayotgan uy-joylarni qurishda sifatsiz mahsulotlardan foydalanish holatlariga chek qoyish boyicha topshiriq berildi.

Shuningdek, sektorlar bilan fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, kommunal xizmat korsatuvchi tashkilotlarning ozaro hamkorlikda tizimli faoliyatini yolga qoyishga oid masalalar ham qarorda oz aksini topdi.

Sessiya qarorida belgilangan har bir vazifa ustidan qatiy deputatlik hamda jamoatchilik nazoratini ornatish kerakligi alohida takidlandi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: