O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
17.04.2018

ORIN KAM, NAVBAT KOP

Hududiy sog‘lomlashtirish markazlarining faoliyatini kengaytirish nogironligi bolgan shaxslarni faol hayotga qaytarishga xizmat qiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Mehnat va ijtimoiy masalalar qomitasi hamda Ozbekiston XDP fraksiyasi bilan hamkorligida Sogliqni saqlash vazirligi Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi rahbarining eshituvi tashkil etildi. Inspeksiya rahbari Umarali Nazarmatov qonun hujjatlariga muvofiq nogironlikni belgilash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar togrisida axborot berdi.

Shuningdek, qomita tomonidan nazorat-tahlil tartibida Qashqadaryo viloyatida otkazilgan organish yakunlari atroflicha muhokama qilindi.

Bugungi kunda Respublikamizda 107 tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyat yuritmoqda. «Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish togrisida»gi qonunga kora, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari 16 yoshdan yuqori bolgan shaxslarning nogironlik guruhi, sababi, muddati va kasbiy mehnat layoqati yoqotilishi darajasi hamda reabilitatsiya chora-tadbirlarini belgilashda qatnashadi. Shuningdek, uning ijrosini nazorat qiladi.

Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi esa nogironligi bolgan shaxslar uchun ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini belgilash hamda ularni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqadi. Nogironlikning holati, ozgarishi va unga sabab bolgan omillarni tizimli tahlil qilish, nogironlikning oldini olish vazifalarini amalga oshiradi.

Parlamentga taqdim etilgan ma’lumotlarga kora, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi tomonidan 2017 yilda 47 ming nafardan ortiq fuqaroga birlamchi nogironlik belgilangan (2016 yilga nisbatan 17,1 ming nafarga kop). Qashqadaryo viloyatida esa bu korsatkich 4200 ga yaqin (2016 yilda 2510 nafar).

Nogironligi belgilangan shaxslar orasida kasalliklar boyicha otkazilgan tahlil shuni korsatmoqdaki, qon aylanish tizimida 15.3, xavfli osmalar 12.7, ruhiy bemorlar 11.7, asab tizimi buzilishlari 9.7, jarohatlar 7.7, suyak-mushak tizimi xastaliklari 7.8, koz kasalliklari 6.6 foizni hamda boshqalar 28.6 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, hududiy TMEK tomonidan 18.4 ming fuqaro reabilitatsiya markazlariga yuborilib, 10.3 foizining sogligi yaxshilangan. 187 mingga yaqin nogironligi bolgan shaxslarga yakka tartibdagi dasturlar tuzilib, ularning sogligini yaxshilash va mehnat layoqatini tiklash ishlari olib borilgan. 19.2 mingga yaqin jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopedik mahsulotlarni olish yuzasidan tegishli xulosalar berilgan.

Nogironlikni aniqlash uchun tibbiy-ijtimoiy ekspertiza otkazish, protez-ortopediya va reabilitatsiya texnika vositalari bilan taminlash masalalarida tibbiy-maslahat komissiyalari hamda tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyatida ayrim muammo va kamchiliklar mavjudligi alohida qayd etildi.

— Hududlarga borib, aholi vakillari bilan uchrashganimizda ulardan turli takliflar, murojaatlar bolmoqda, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Nomon Akbarov. Sogliqni saqlash sohasida olib borilayotgan islohotlarga qaramasdan, joylarda patronaj xizmati korsatishda kamchiliklar hamon uchramoqda. Hamshiralar uyma-uy yurib, bemorlar, xususan, nogironligi bolgan shaxslar, keksa kishilar holidan xabar olish bilan birga, ularning holatini tekshirish vazifasini ham bajarishi kozda tutilgan. Lekin buning uchun zarur tibbiyot anjomlarining yetarli emasligi oqibatida ogzaki hol-ahvol sorash bilan cheklanib qolinmoqda. Fraksiyamiz azolari mazkur yonalishdagi muammolarni bartaraf etish choralarini korish kerak, deb hisoblaydi. Chunki kasallikning oldini olish va uni davolash uchun aniq tibbiy xulosa zarur. Bunda patronaj hamshiralar xizmati samarali bolishi kerak.

Shu bilan birga, ayrim shahar, tumanlardagi tibbiy mehnat ekspertizasi komissiyalari binolari ayanchli ahvolda. Ularni tamirlash, bugungi kun talablariga mos ravishda faoliyat yuritish uchun sharoit yaratish ish unumdorligi va sifatiga tasir qiladi.

Sogliqni saqlash tizimidagi chora-tadbirlar nogironlikning oldini olishga ham bevosita xizmat qilishi kerak, deb oylayman, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Shuhrat Tursunboyev. Malumki, har 6 oy yoki bir yilda bir marta nogironligi bolgan shaxslarni 10 kun muddatda soglomlashtirish tartibi joriy etilgan. Jahon amaliyoti shuni korsatmoqdaki, 10 kun bir insonning davolanishi yoki sogligida ijobiy ozgarish yuz berishi uchun yetarli vaqt emas. Soglomlashtirish muddati uzaytirilsa, 2-guruh nogironi bolgan shaxslarni faol hayotga qaytarish, nogironlikdan chiqarish imkoni ortadi.

Fraksiyamiz fikricha, avvalo soglomlashtirish maskanlarini kopaytirish, ularning ishlash quvvatini oshirish kerak. Aytaylik, 100 orinlik soglomlashtirish markazlariga minglab navbat kutuvchilar royxati tuziladi. Bu aholiga qiyinchiliklar tugdirishi tabiiy, albatta. Nogironlikdan chiqarish choralarini korish dolzarb masala hisoblanadi.

Shu bilan birga, yigilishda tibbiy-maslahat komissiyalari va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyatini tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boyicha takliflar ham muhokama qilindi.

Nogironlikni aniqlash tizimini soddalashtirish, ochiqlik va shaffoflikni taminlash muhim vazifa ekani takidlandi. Sarsongarchiliklarning oldini olish, mutaxassislar malakasini oshirish bilan bogliq fikr-mulohazalar bildirildi.

Eshituv yakuniga kora qomita qarori qabul qilindi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: