O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
14.04.2018

QUDUQ CHORASIZLIKDAN QAZILADI

Yer osti suvlaridan noo‘rin foydalanish masalasida ma’muriy javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi qollab-quvvatlanmadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Ozbekiston XDP fraksiyasi hamda «Adolat» SDP fraksiyasining qoshma yigilishida Ozbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksiga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun loyihasi qizgin muhokama qilindi.

Aytish kerakki, Ozbekiston XDP va Adolat SDP fraksiyasi azolari tomonidan mazkur qonun loyihasi qollab-quvvatlanmagan va joriy yil 15 mart kuni Qonunchilik palatasining yalpi majlisi kun tartibidan chiqarilgan edi. Sababi, aholi manfaatlari hamda joylardagi organishlar davomida bildirilgan muammolardan kelib chiqib, deputatlar tomonidan qator masalalar kotarilgan. Savollarga qoniqarli, asosli javob olinmagani uchun loyiha qaytarilgan. Bu gal ham fraksiyalar azolari oz pozitsiyalarini bildirdi.

Qonun loyihasida yer osti suvlaridan ruxsatsiz suv olish masalasi boyicha javobgarlikni kuchaytirish kozda tutilgan, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Bunyod Eshonqulov. Yani suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalari va texnologiyasini buzganlik, quduqlarni ruxsatsiz qaziganlik uchun fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solish nazarda tutilmoqda. Ushbu huquqbuzarlik qayta sodir etilsa, jarima miqdori yanada oshirilishi taklif etilyapti. Fikrimizcha, mavjud quduqlarni yopib tashlash yoki jarimaga tortish masalaning yechimi bola olmaydi. Aholini suv bilan taminlamasdan turib, turli javobgarlik belgilanishi noroziliklarga sabab boladi.

Fikrimizcha, avvalo, yer osti suvlaridan samarali va togri foydalanish haqida jamoatchilikka tushuntirish, targibot ishlarini olib borish zarur. Bu orqali chuchuk suv zaxirasini tejash imkoni ortadi.

Qayerda suv kop, qaysi hududlarda kamroq ekani boyicha aniq malumotga ega bolish va ana shu asosda suvdan foydalanish meyorlarini belgilash maqsadga muvofiq boladi. Kimdir aholiga yordam berish maqsadida oz mablaglari hisobiga quduq kavlasa, uni javobgarlikka tortish emas, uning ishini qonuniylashtirish, huquq va majburiyatlarini tushuntirish, suvdan tejab, oqilona foydalanish borasida yol-yoriq korsatilishi kerak, deb hisoblaymiz.

Qonun qabul qilinishi xalqqa qoshimcha qulaylik hamda imkoniyat yaratib berishi kerak, yani davlatimiz rahbari takidlaganidek, qonunning ijodkori ham, muallifi ham xalq bolishi kerak, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Tursunpolat Norboyev. Qonun loyihasida nazarda tutilgani kabi jarima belgilansa, muammo yechim topishiga kafolat bormi? Qolaversa, bundan aholi qanday manfaat koradi?..

Fraksiyamiz fikricha, yer osti chuchuk suvlari quduqlarini qazishning emas, burgulashning belgilangan qoidalari va texnologiyasini buzish, suv uchun quduqlarni ruxsatsiz burgulash uchun jarima belgilash togri boladi. Chunki qazish tushunchasi bilan burgulash tushunchasi ortasida katta farq bor. Bundan tashqari, qonun loyihasidagi taklif Vazirlar Mahkamasining Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga hamda shu asosda tasdiqlangan Yer osti suvlariga quduqlarni burgulash uchun ruxsatnoma berish tartibi togrisidagi nizomga togri kelmaydi.

Nizomga kora, yer osti chuchuk suvlaridan noqonuniy foydalanishga yol qoymaslik ruxsatnoma berishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Yani bu orqali suvga burgulash ishlarining amalga oshirilishini hisobga olish, yer osti suvlariga quduqlarni burgulash faoliyati va ularni nazorat qilishni tartibga solish hamda yer osti suv qatlamlarini saqlash nazarda tutilgan. Qonun loyihasi bu masalada nomutanosiblikni yuzaga keltirmoqda. Fraksiyamiz azolari avvalo shu vaqtga qadar burgulangan suv quduqlarini tartibga solish, shundan song ulardan noqonuniy foydalanganlik uchun jarima belgilash kerak, deb hisoblaydi.

Fikrimizcha, qonun loyihasidagi meyorlarga aniqlik kiritish lozim. Quduq havasga emas, chorasizlikdan qaziladi. Odamlarni ichimlik suvi bilan taminlamasdan turib, ular foydalanayotgan quduqqa taqiq qoyish, yopish mantiqqa ham, insonparvarlik tamoyiliga ham zid, deb hisoblaymiz. Shuning uchun masalani har tomonlama puxta oylab, fuqarolarga toza va istemolga yaroqli suv yetkazib berish muammosini oqilona hal qilish talab etiladi.

Yigilishda deputatlar tomonidan qonun loyihasini takomillashtirish boyicha takliflar bildirildi.

Muhokamalar yakunida har ikki partiya fraksiyalari azolarining aksariyat qismi ushbu qonun loyihasini birinchi oqishda qollab-quvvatlamadi.



Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: