O'zb  
 
06.03.2018

KOMMUNAL SOHA XODIMLARI KUNI BELGILANADIMI?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston XDP yigilishida bir qator qonun loyihalari korib chiqildi.

Fraksiya a’zolari «Ozbekiston Respublikasi jinoyat protsessual kodeksiga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida»gi qonun loyihasiga alohida etibor qaratishdi.

Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat korsatish sohasi xodimlari kunini belgilash togrisidagi qonun loyihasi ham muhokama qilindi.

— Kasb bayramlarini nishonlash yaxshi ananaga aylanib boryapti, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Ahad Ahmedov. Turli soha xodimlarining mehnatini ragbatlantirishda buning ahamiyati katta. Kasb bayramlari tarixi va xalqaro tajribani organish shundan dalolat beradiki, qator xorijiy davlatlarda kommunal xizmat korsatish sohasi xodimlari kuni belgilangan. Shundan kelib chiqib, Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligi tashkil etilgan kun, yani 18 aprelni soha xodimlari kuni etib belgilash taklif qilinmoqda.

Malumki, partiyamiz dasturida aholiga kommunal xizmat korsatish sifatini yanada yaxshilash masalasi alohida orin olgan. Sadoqat bilan bajarilgan mehnatning ragbatlantirilishi soha xodimlarining kasbiga nisbatan masuliyati, mehrini oshiradi, deb oylaymiz. Shuning uchun fraksiyamiz ushbu taklifni qollab-quvvatlaydi.

Yigilishda Avtomobil yollari togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasining mohiyati hamda maqsadi xususida atroflicha malumot berildi. Qayd etilishicha, loyihada yurtimizda yol xojaligini boshqarish bilan bogliq vakolatlarni aniq belgilash, yollarni qurish, loyihalash sohasidagi meyor va standartlarga rioya etishni taminlash masalalari qamrab olinyapti. Yol qurilish ishlari sifatini nazorat qilish, avtomobil yollaridan foydalanish tartiblarini belgilash ham nazarda tutilmoqda.

Asosiy ozgarishlardan biri avtomobil yollari davlat qomitasi maxsus vakolatli davlat organ sifatida belgilanmoqda, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Akmal Umaraliyev. Uning zimmasiga 180 ming kilometrgacha bolgan avtomobil yollari va suniy inshootlarni loyihalashtirish vazifasi yuklatilmoqda. Shu bilan birga, qurish va foydalanish jarayoniga kompleks yondashish asosida yol xojaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, sohada tolaqonli buyurtmachi xizmatini yaratish nazarda tutilyapti. Maxsus vakolatli davlat organining asosiy vazifalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari aniqlashtirilmoqda.

Qonun loyihasi qator qoshimcha va ozgartirishlarni qamrab olmoqda, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Zulayxo Akromova. Vazirlar Mahkamasi huzurida Yol-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining vakolatlari kiritilmoqda. Fraksiyamiz fikricha, bu juda muhim. Hech birimizga sir emaski, mablaglarni ozlashtirib yuborish masalasi yol qurilish sohasiga begona emas. Buning oqibatida tamirlangan yoki yangi qurilgan yollar kop otmay yaroqsiz holga kelib qolayotgani kopchilikka ayon. Alohida nazorat organi tashkil etilishi ana shunday kongilsiz holatlarning kamayishiga xizmat qiladi, deb ishonamiz.

Fraksiya yigilishida boshqa qonun loyihalari ham korib chiqildi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.