O'zb  
 
01.02.2018

YANGI QOMITA AZOLARI ASOSAN HUDUDLARDA ISHLAYDI

Sattor RAHMATOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘ligini saqlash masalalari qomitasi a’zosi, OzXDP fraksiyasi azosi:

— Sogliqni saqlash tizimidagi muammolarni chuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etish ishlarining samaradorligiga erishish, odamlar tibbiy xizmatdan rozi bolishi uchun tizimni mutlaqo ozgartirish, parlament va deputatlar nazoratining yangi mexanizmini joriy etish bugungi kunning muhim talabidir. Sohadagi islohotlardan aholi boxabar bolishi va buning natijasini albatta sezishi kerak.

Prezidentimizning parlamentga Murojaatnomasida sogliqni saqlash muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy-texnik vositalarning yetishmasligi, ular malakali kadrlar bilan taminlanmagani, binolarning talabga javob bermasligi kabi bir qator muammolar borligi qattiq tanqid ostiga olindi. Qonunchilik palatasida ana shu muammolarni joylarda hal etishga xizmat qiladigan alohida qomita tashkil etish maqsadga muvofiq ekani takidlandi.

Joriy yilning 4 yanvar kuni bolib otgan Qonunchilik palatasining yalpi majlisida deputatlar Fuqarolarning sogligini saqlash masalalari qomitasini tuzish togrisidagi masala korib chiqildi va yangi qomita tuzildi.

Tibbiy xizmat korsatishni, dori vositalari taminotini yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish hamda amaliyotga samarali tadbiq etish, shuningdek, mazkur sohada parlament va deputatlar nazoratini amalga oshirish qomitaning asosiy vazifalari etib belgilandi. Shu asosda joriy yil uchun ish rejasi tasdiqlandi.

Unga kora, qomita sogliqni saqlash tizimi, xususan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami korsatish yonalishidagi islohotlar samaradorligini oshirishga tasir korsatishi kozda tutilgan. Sohaga oid deputatlik, parlament va jamoatchilik nazoratining bugungi holati hamda natijalari tanqidiy tahlil etiladi. Shu bilan birga, yangi qomita fuqarolarni oylantirayotgan masalalar yuzasidan bevosita hududlarda faoliyat yuritib, tibbiyotni aholiga yaqinlashtirish boyicha aniq takliflar tayyorlashi kerak. Hozir biz shunga harakat qilyapmiz.

Qomitadagi fraksiyamiz azolari partiya dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, faollik hamda tashabbuskorlik korsatishi lozim. Xususan, birlamchi tibbiy yordam korsatish holati, QVPlarning moddiy-texnik bazasi va kadrlar bilan taminlanganlik darajasi, dorixonalar faoliyati kabi masalalar zamirida partiya elektorati manfaati turganini unutmasligimiz kerak.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: