O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 1 2 3 4
28.12.2017

QONUNLAR IJROSI TALAB DARAJASIDAMI?

Sog‘liqni saqlash vazirligining axboroti eshitildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Mehnat va ijtimoiy masalalar qomitasining Ozbekiston XDP fraksiyasi bilan hamkorlikda «Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish togrisida»gi hamda Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar togrisidagi qonunlar ijrosi boyicha Sogliqni saqlash vazirligining axboroti eshitildi.

Yigilishda nogironlikni erta aniqlash va oldini olish, maxsus internat-uylarida istiqomat qiluvchilarning qonuniy manfaatlarini royobga chiqarish borasida Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan olib borilgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

— Andijon hamda Toshkent viloyatlarida nazorat-tahlil tadbirlari otkazildi, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Zulayxo Akramova. Bir qator masalalar vazirlik va idoralar mutasaddilari, sogliqni saqlash boshqarmalari masullari ishtirokida muhokama qilindi. Hududlarda qonun ijrosi boyicha amalga oshirilgan ishlar bilan birga, qator kamchiliklar yigilib qolganining guvohi boldik.

Xususan, Andijon viloyatidagi Chuvama ayollar muruvvat uyi binosiga joriy va kapital tamirlash uchun zarur mablaglarning oz vaqtida ajratilmagani tufayli muassasa bugungi kun talablariga mutlaqo javob bermaydi. U yerda yashovchilarning istaklari, ehtiyojlari organilib, takliflar tayyorlandi. Muassasa rahbariyati muruvvat uyida istiqomat qiluvchilar uchun alohida tibbiy bolim qurish taklifini bildirdi. Mazkur masalaning yechimi yuzasidan ham vazifalar belgilab olindi.

Partiya faollari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi Saxovat uyiga borganimizda qator muammolarga duch keldik, dedi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Ahad Ahmedov. Muassasaning 255 oringa ega ikkinchi bolimi kapital tamirlanib, shu yilning iyun oyida foydalanishga topshirilishi kerak bolgan. Ammo hanuzgacha tamirlash ishlari nihoyasiga yetmagan, turli sabablarga kora toxtab qolgan.

Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi Muruvvat uyi 350 oringa ega. 2013 yilda rekonstruksiya qilingan muassasa binosiga issiqlik quvvatini yetkazib beradigan quvurlar eskirgan. Kuz-qish mavsumida xonalar yaxshi isimaydi. Bundan tashqari, ruhshunos, nevropotolog kabi mutaxassislar yetishmaydi. Bemorlar yilda ikki marta tibbiy korikdan otkaziladi. Agar ular poytaxtdagi tibbiyot muassasalarida tekshiruvdan otadigan bolsa, transportdan qiynalishadi. Chunki maxsus avtotransport ajratilmagan, borlari esa tamirga muhtoj.

Fraksiyamiz fikricha, mana shu masalalarga yanada jiddiy etibor qaratish kerak. Maxsus dasturlar asosida olib borilayotgan qurilish-tamirlash ishlari oz vaqtida nihoyasiga yetkazilmagani mahalliy hokimiyatning etiboridan chetda qolmoqda. Masullarga intizomiy choralar qollanilsa, bu kabi noxush holatlarning oldi olinadi, deb oylaymiz. Fraksiyamiz azolari Mehnat va ijtimoiy masalalar qomitasining qoshma qaroriga bu borada oz takliflarini berdi.

Muruvvat hamda Saxovat uylarida ishlaydiganlarning manfaatini himoya qilish ham dolzarb masalalardan biridir, dedi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Sattor Rahmatov.

Saxovat hamda Muruvvat uylarida yashovchilar uchun sanitariya kiyim-kechaklar ajratish tartibini ham etiborga olish kerak. Bugungi kun talabi asosida qonunchilikka qoshimcha va ozgartishlar kiritilishini taklif qilamiz. Joylarda dori-darmon miqdori, protez-ortopediya mahsulotlari hamda reabilitatsiya vositalari ham talab darajasida emasligi haqida murojaatlar bolmoqda. Shundan kelib chiqib, fraksiyamiz tegishli vazirliklarga oz takliflarini berdi. Bugun dunyo tibbiyotida ekzoskelet atamasi keng qollanilmoqda. Yani mazkur bionik kostyum mustahkam korset asosida yaratilgan bolib, uni kiygan odam nafaqat tik turish, balki mustaqil otirish, yurish hattoki zinalardan kotarilish imkoniga ega boladi. Demak, bu tajribani yurtimizda ham joriy qilishni oylab korish kerak. Albatta, mavjud ehtiyoj va talablardan kelib chiqib.

Yigilishda nogironlikni keltirib chiqarayotgan omillarga qarshi kurashish masalasi ham muhokama qilindi. Xususan, yaqin qarindoshlar ortasidagi nikoh kopayib ketgani natijasida yuzaga kelayotgan kasalliklar soni osib borayotgani takidlandi. Yaqin qarindoshlar ortasidagi nikohlar oqibatida 60-80 foiz bolalar nogironlik bilan tugiladi. Shuning uchun tushuntirish-targibot tadbirlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Ozbekiston XDP fraksiyasi azolari tomonidan Oila kodeksining 16-moddasi ikkinchi qismiga ...nasl-nasab shajarasi boyicha togri tutashgan qarindoshlar va ularning farzandlari ortasida, tugishgan va ogay aka-ukalar bilan opa-singillar va ularning farzandlari ortasida niqoh tuzishga yol qoyilmaydi, degan qoshimcha kiritish tavsiya etildi. Bunda ham xalqaro normalar va inson huquqlariga oid meyoriy hujjatlarga murojaat qilish maqsadga muvofiqligi aytib otildi.

Shuningdek, nogiron bolalar tugilishining oldini olish uchun tugma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash maqsadida faoliyat olib borayotgan Ona va bola va hududiy skrining markazlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham tahlil etildi. Tizimdagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ortaga tashlandi. Prezidentimizning ?018-2022 yillar davrida bolalikdan nogironlar tugilishining oldini olish uchun tugma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash davlat dasturi togrisidagi qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturi sohadagi muammolar yechimiga xizmat qilishi takidlandi. Bundan buyon saotlab navbat kutishlarga barham berilib, homilador ayollarni skrining tekshiruvidan otkazish imkoni yuzaga kelishi etirof etildi.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Hotamjon Ketmonov kun tartibidagi masala yuzasidan sozga chiqib, kelgusida joylarda qonunlar ijrosini organish jarayonida deputatlarda talabchanlik va tashabbuskorlik ustuvor bolishi zarurligini takidladi.

Yigilish yakunida yol qoyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi hamda bu haqda qaror qabul qilindi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: