O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
12.12.2017

INSON HUQUQ VA MANFAATLARINI AMALDA TAMINLASH UCHUN

hali ko‘p ish qilishimiz kerak»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Ozbekiston XDP fraksiyasining yigilishi bolib otdi. Unda davlatimiz rahbarining Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi mazmun-mohiyati, oldinda turgan muhim vazifalar xususida atroflicha fikr almashildi.

— Maruza qisqa vaqt ichida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli ozgarishlarning tub mohiyati ochib berilgani, oldimizda turgan dolzarb vazifalar belgilangani bilan ahamiyatlidir, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi Abdugaffor Qirgizboyev. «Asosiy qonunimiz talablarini toliq amalga oshirish borasida hali oldimizda ulkan vazifalar turganini yaxshi tushunamiz. Yani, xalqimiz hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, inson huquq va manfaatlarini amalda taminlash boyicha hali kop ish qilishimiz kerak. Eng avvalo, odamlarimiz islohotlar samarasini kelajakda emas, balki bugun oz hayotida his etishlari zarur. Bu fikrlar partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalari zimmasiga katta masuliyat yuklaydi.

Harakatlar strategiyasi asosida shu yilning ozida 20 dan ortiq qonun va 700 dan ziyod qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Xosh, ularning hammasi kongildagidek ijro etilyaptimi? Agar bunday bolmasa, oddiy odamlar hayoti ozgarishi, turmush sharoiti yaxshilanishi qiyin. Demak, biz joylarda meyoriy hujjatlarning hayotga tatbiq etilishi ustidan parlament nazoratini olib borishimiz zarur. Bu ishni sozda emas, amalda taminlashimiz talab etiladi.

Mamlakatimizda davlat boshqaruvini demokratlashtirish jarayonlari tobora izchil tus olmoqda, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi Akmal Umaraliyev. Maruzada turli darajadagi ijro hokimiyati organlarining xalq vakillari parlament va mahalliy Kengashlar oldida hisobot berish amaliyotini keng joriy qilish lozimligi haqida ham muhim fikrlar bildirildi. Bu jarayonda partiyamiz, deputatlik birlashmalarimiz qanday ishtirok etadi? Ana shu qatiy savolga aniq javobimiz bolishi kerak.

Partiyaning har bir kengashida bu borada aniq rejalar ishlab chiqilishi va ijrosi taminlanishi maqsadga muvofiqdir. Odamlar davlat organlari, shuningdek, ozlari saylagan vakillar nima bilan shugullanayotganini bilishlari, ularning faoliyatiga xolisona baho bera olishi uchun imkoniyatlar yaratilishi oldimizga yanada masuliyatli vazifalar qoyadi.

Prezidentimiz maruzasini, togrisi, hayajon bilan tingladim, deydi OzXDP Toshkent viloyat kengashi raisi Mehrojiddin Darxonov. Keng qamrovli, tahliliy-tanqidiy ruhdagi ushbu maruzada siyosiy partiyalar uchun dolzarb bolgan masalalar xususida soz yuritildi. Etibor beraylik, joriy yilning ozida kam taminlangan, uy-joyga muhtoj, nogironligi bolgan shaxslardan 1200 nafardan koprogini uy-joy bilan taminlash boyicha shartnomalar imzolanib, boshlangich tolovlar uchun 22 milliard somdan ortiq mablag ajratildi. Bu minglab insonlarning hayotga, yashashga bolgan ishonchi ortdi deganidir. Shu masalada biz nima qildik? Qanday tashabbus bilan chiqdik? Ochigi, bu savolga javob berishga qiynalamiz.

Maruzadan kelib chiqib, tegishli vazifalarni belgilab olar ekanmiz, ijtimoiy qollab-quvvatlashga ehtiyojmand kishilar, doimiy ish joyiga ega bolmagan mehnatga layoqatli aholi qatlamlari manfaatlarini himoya qilishga alohida etibor qaratishimiz lozim. Partiyamiz guruhlari bu masalalarni sessiya va doimiy komissiyalarda korib chiqish boyicha tashabbus korsatishi, qonunlar va qarorlar bajarilishini deputatlik nazorati tartibida organishi, mansabdor shaxslarning hisobotlari eshituvini izchil yolga qoyishi zarur.

Tantanali marosimda takidlanganidek, 25 yil tarix uchun bir lahza xolos, deydi OzXDP Toshkent shahar kengashi raisi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi partiya guruhi rahbari Haydar Boboxonov. Ana shu mashaqqatli va sharafli yolda erishgan barcha yutuqlarimizni Konstitutsiyamiz bilan boglashimiz, albatta, bejiz emas.

Keyingi yillarda Konstitutsiyamizga kiritilgan ozgartishlar yurtimizda demokratiyaning mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda. Malumki, demokratiyaning yaqqol korinishi saylov jarayonlarida namoyon boladi. 24 dekabrda ilk bor poytaxtimiz tuman Kengashlariga saylovlar bolib otadi. Prezidentimiz mazkur saylovga toxtalib otar ekan, Toshkent shahri aholisi ham endi oz vakillari deputatlar orqali tumanlarni boshqarishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bolmoqda, deya alohida takidladilar. Saylovda muvaffaqiyatli qatnashib, har bir tuman Kengashida partiyamiz guruhlari tuzilishiga erishishimiz kerak. Shunda elektorat manfaatlarini himoya qilish boyicha tashabbus va harakatlarimizni kuchaytirish imkoniga ega bolamiz.

Fraksiya yigilishida barcha darajadagi deputatlik birlashmalarining ijro hokimiyati organlarining hisobot berish amaliyotini keng joriy qilish, parlament, vakillik va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini yanada rivojlantirish yuzasidan alohida rejalarini ishlab chiqish masalasi atroflicha muhokama qilindi. Ushbu jarayonda ijtimoiy himoya, aholi salomatligini saqlash yonalishlariga alohida etibor qaratish boyicha takliflar bildirildi.

Fikr-mulohazalar asosida fraksiyaning chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.